Redmi 5 Plus va boshqa Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 17 fevral)

Yaqindagina taqdim etilgan Redmi 5 Plus va boshqa Xiaomi smartfonlarining so‘mdagi narxlari bilan tanishing.

Poytaxtimizda Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 15 fevral)

Bir yillik kafolat muddatiga ega Xiaomi smartfonlarining so‘mdagi narxlari bilan tanishing.

Xiaomi smartfonlarining kredit bo‘yicha narxlari (2018 yil 13 fevral)

Kreditga olish mumkin bo‘lgan Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing. Narxlar so‘mda, to‘lovlarni esa plastik karta yoki onlayn to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish imkoni ham mavjud.

Xiaomi smartfonlarining narxlari (2018 yil 9 fevral)

Ushbu smartfonlarning barchasiga bir yillik kafolat muddati beriladi. Mazkur xaridingizni O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatimiz ham mavjud.

Xiaomi smartfonlarida sifatli suratga olish uchun kamerani qanday sozlaymiz?

Rasm yaxshi chiqishi qurilma kamerasiga, texnik va dasturiy ta’minotiga, shuningdek, sozlamalariga ham bog‘liq. Ammo har qanday Xiaomi smartfonida ham sifatli suratga olish uchun kamerani to‘g‘ri sozlash muhim.

Xiaomi Huawei'ga qarshi urush ochdi!

«Biz Xitoyni "ishg‘ol qilsakkina", dunyoni ham "egallab olish"ga muvaffaq bo‘lamiz», — deydi janob Ley Szyun katta ishonch bilan.

Xiaomi: «MIUI 10 taqdirini siz hal etasiz!»

Xiaomi kompaniyasi Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z rasmiy sahifasida e’lon qilgan so‘rovnomaga qaraganda, u hali yangi proshivkani qanday nomlash borasida bir qarorga kelmagan ko‘rinadi.

Xiaomi «jonlanuvchi» rasmlar chop etadigan mo‘’jizakor cho‘ntak printerini chiqardi

XPRINT Pocket AR Photo Printer – fotorasmlarni «yo‘l-yo‘lakay» chop etishga imkon beruvchi cho‘ntak printeri bo‘lib, asosiy o‘ziga xosligi – to‘ldirilgan borliq texnologiyasiga ega fotosuratlar chop eta olishidir.

Apple, Samsung, Xiaomi va boshqa brendlarning telefonlariga qancha sarf qilsa arziydi?

Har bir buyum yoki mahsulotning, xizmatning insof doirasidagi narxi bo‘ladi. Uning bahosi bu narxdan oshib ketsa, mantiqsizlik va noinsoflik holati sodir bo‘ladi.

Ilg‘or MIUI X tizimiga ega bo‘ladigan Xiaomi'lar ma’lum bo‘ldi

Bir necha kun avval Xiaomi kompaniyasiga aloqador rasmiy manba kompaniyaning o‘z smartfonlariga mo‘ljallangan yangi operatsion tizim ustida ish olib borayotgani xususida ma’lumot bergan edi.

Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9’ning yangi versiyasidagi o‘zgarishlarning to‘liq ro‘yxati

Model raqami 8.1.18 bo‘lgan MIUI 9 proshivkasi hozircha beta-versiya tarzida bo‘lib, ayni damda uni beta-testerlar sinab ko‘rishmoqda. Lekin tez orada mazkur talqin barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etiladi.

Original Xiaomi quloqchinlarini qalbakilaridan qanday farqlaymiz?

Xiaomi quloqchinlaridan har birining simiga betakror QR-kod tushirilgan kichkina yorliq yopishtirilgan. Shu orqali mahsulotning originalligini Xiaomi rasmiy saytidan tekshirib olish mumkin.

MIUI 9’gacha yangilanadigan 40ta Xiaomi bitta ro‘yxatda!

«Xitoycha Apple»ning jami qirqta rusumdagi smartfon va plansheti egalari endi zamonaviy va tezkor MIUI 9 proshivkasidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Xiaomi o‘z smartfonlariga MIUI X tayyorlayotganini tasdiqladi

Shu yilning o‘zidayoq taqdim etiladigan MIUI X talqinida «sun’iy idrok»ka ko‘proq e’tibor qaratiladi. Unda Xiaomi’ning o‘z ovozli yordamchisi ham bo‘lishi, u ingliz va xitoy tillarida ishlashi mumkin.

Xiaomi smartfonlari uchun MIUI 9.2 Global Stable chiqdi – o‘zgarishlar bilan tanishing!

Ushbu proshivka talqinini Xiaomi’ning bir necha telefonlariga o‘rnatish mumkin; joriy oyning oxirigacha mazkur yangilanishni korporatsiyaning boshqa smartfonlari uchun ham taqdim etishmoqchi.

Xiaomi smartfonlariga yangi MIUI 9 chiqdi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Xiaomi smartfonlari egalari shu yaqin kunlar ichida o‘z qurilmasini MIUI 9 (8.1.4) proshivkasigacha yangilashlari mumkin. To‘laqonli xalqaro proshivka esa yanvarning so‘ngigacha taqdim etilishi kutilmoqda.

2018 yil boshida eng ommalashgan 10 smartfon

GSMArena resursi joriy yilning eng boshida ommabop bo‘lgan smartfon modellarining top-o‘ntaligini taqdim etdi. Ularning aksariyati O‘zbekiston smartfon bozorlarida ham sotilmoqda.

Xiaomi smartfonlarini AliExpress orqali «Malika»dagidan arzonroqqa oling!

Xiaomi Amazfit «aqlli» soati hamda turli rusumlardagi smartfonlarni mashhur AliExpress savdo platformasi orqali xarid qilib, sezilarli miqdorda mablag‘ tejash imkoni bor.

Eng tez rivojlanayotgan smartfon brendi ma’lum bo‘ldi

Shu bilan birga, smartfon yetkazib berish ko‘rsatkichlarining o‘sishi bo‘yicha bu brend yaqqol peshqadamlik qilmoqda.

Xiaomi displeyga joylanuvchi, tegmasdan barmoq izini taniydigan skanerni patentladi!

Yaqin kelajakda Xiaomi kompaniyasining yangi smartfonlari shu jihati bilan barchani lol qoldiradi. Zero, boshqa birorta ishlab chiqaruvchi bunday texnologiyaga ega qurilma taklif eta olmaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш