Xitoyliklar smartfonda Wi-Fi-internetni tezlashtirishning zo‘r yo‘lini topishdi!

Ushbu funksiya kompaniyaning ilk 5G-smartfoni – MWC Shanghai 2019 ko‘rgazmasida namoyish etilgan iQOO 5G modelida qo‘llanadi.

Galaxy A10s arzon bo‘lsa-da, qo‘sh kamera, daktiloskop, 4000 mA/soatlik batareya va kuchli MediaTek chipiga ega!

Bu smartfonning akkumulyatori 4000 mA/soatlik, Samsung unga qo‘shaloq – 13 + 2 megapiksellik bosh kamera joriy etayotir, selfi uchun esa 8 MPlik datchik ajratilgan.

RASMIY VIDEO: Mi A3 namoyish etildi: Xiaomi CC9e’ning global talqini, ammo farqlari bor (ayniqsa narxi!)

Xiaomi CC9e modelidan farqli ravishda, MIUI grafik qobig‘isiz Android 9.0 Pie tizimli Mi A3 smartfonida microSD-karta uyachasi bor, lekin “operativka” atigi 4 GBlik. Tag‘in narxiyam...

Snapdragon 855 Plus chipli ilk smartfon Geekbench’da raqiblarini yakson qildi! (+«jonli» rasmlari va narxi)

Ikkinchi avlod ROG Phone’ning tezkor xotirasi 12 gigabaytlik, operatsion tizimi esa Android 9 bo‘lishini ham aytishgan. Hatto uning narxi ham ma’lum...

iPhone’da yaxlit sahifaning uzun skrinshoti qanday olinadi?

Ba’zida smartfonda biror veb-sahifadan yoki ilovaning interfeysidan surat – skrinshot olishga to‘g‘ri keladi. Lekin sahifa kattaroq bo‘lsa, uni yaxlit holida suratga olish uchun nima qilish kerak?

Yetti ming dollarga Redmi K20 Pro bor, olasizmi?

Xiaomi korporatsiyasi Redmi brendi ostidagi hamyonbop flagmaniga shu qadar ishonyaptiki, puldorlarga uni oltin korpusda taklif etyapti. Lekin hind boylari uni qanday qarshi olishlari hozircha noma’lum.

23 iyulda Honor 9X smartfonlari bilan birga yana nimalar taqdim etiladi?

Honor Band 5 fitnes-bilaguzugi qonning oksigenatsiyasi darajasini, ya’ni, kislorod bilan qanchalik to‘yinganligini ham o‘lchay oladi.

MediaTek allaqachon Snapdragon 855 Plus raqibi – Helio G90 flagmanini tayyorlamoqda!

MediaTek Helio G90 chipsetining ushbu reklamasida «O‘yin yadrosi, uyg‘onish» shiori qo‘llangan. Protsessorning nomidagi «G» harfi «Gaming»ga ishora ekanini ham anglash qiyin emas.

Galaxy A80 aylanma kamerasi sirini va sinov jarayonlarini Samsung videoda ko‘rsatib berdi

Kompaniya betakror Galaxy A80 aylanma kamerasi o‘zining maxsus laboratoriyasida puxta sinovdan o‘tkazilganligini ham ta’kidlagan va buning videosini ko‘rsatgan.

Qualcomm qudratli Snapdragon 855 Plus protsessorini taqdim etdi, uni qo‘llovchi ilk flagmanlar bilan tanishing!

SD 855+ protsessorida 2,96 GGs.gacha chastotali Kryo 485 Prime yadrolari qo‘llangan, Snapdragon 855’da esa ular chastotasi 2,84 GGs.ga teng. Shuningdek, yangi chipsetda Adreno 640 tezligi 15%ga oshirilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш