Otishmali o‘yinlarning qirq yillik evolyusiyasini bitta qoyilmaqom videorolikda ko‘ring!

Rolik professional ishlangan – rejissura va montaj qilingan; unda jami 19 ta turli o‘yindan olingan lavhalar shunday mohirona ulab ketilganki, bir o‘yindan ikkinchisiga o‘tganingizni payqamay ham qolasiz!

The Game Awards 2020 finalistlari: yilning eng zo‘r o‘yini qaysi bo‘ladi?

The Last of Us Part II o‘yini naq o‘nta yo‘nalish bo‘yicha birinchilikka da’vogarligi bilan rekordchi bo‘lib turibdi. Hades o‘yini sakkizta, Ghost of Tsushima esa yettita nominatsiyada g‘oliblik uchun kurashadi.

Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

Epic Games Store hafta oxirida ikkita pulli o‘yinni bepul va butunlay bermoqda. Ularni 26 noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha olib qo‘yib, keyin istalgan paytda tekinga o‘ynayverish mumkin.

Jinquvar haqidagi jangovar o‘yinni bepul o‘ynash uchun olib qo‘yishga ulguring!

Mazkur ekshen o‘yin ekzorsist (jinlarni haydaydigan mutaxassis) sarguzashtlariga bag‘ishlangan. U iblislarning g‘alayonini bostirishga va o‘z o‘tmishining qorong‘u sirlarini ochishga harakat qiladi.

PUBG Mobile o‘yiniga Metro Exodus uslubidagi yangi xarita va rejim qo‘shilyapti! (+video)

O‘yinsozlar PUBG Mobile’ga yangi – «Erangel» xaritasini qo‘shishdi – uning o‘zi ham, bu yerda kechadigan match rejimi ham Metro Exodus uslubida ishlab chiqilgan.

PlayStation 4 egalariga xushxabar: endi PlayStation 5’ga havas qilmay qo‘yaverasiz!

Faqat yangi avlod pristavkasi uchungina chiqarilgan o‘yinlarni ham endi PS4 orqali o‘ynash mumkin bo‘ladi!

Apple bloklagan Fortnite o‘yinini iPhone va iPad’larga qaytarish yo‘li topildi!

Epic Games bilan oradagi mojarolar tufayli Apple o‘ta ommabop Fortnite o‘yinini App Store do‘konidan olib tashlagan. Lekin dasturchilar ayfon va aypadlar egalariga uni qaytarib berishning ilojini topishdi.

Activision yana ikkita jangovar o‘yinni smartfonlarga ham chiqaryapti! (+video)

Activision Blizzard kompaniyasi Call of Duty: Mobile o‘yinining katta daromad keltirayotganidan ilhomlanib, yana ikkita mahsulotini mobil talqinda ham chiqarishini e’lon qildi.

iPhone 12’lar geymerlarga yoqmaydi: o‘yin, internet va video uchun eng zo‘r smartfonlar (uchta reyting)

O‘yin uchun iPhone 12 olmoqchi bo‘lgan do‘stlaringizga ham buni yetkazib qo‘yganingiz ma’qul. Lekin har uchala testda ham reyting yetakchisi aynan bitta, tag‘in arzon flagman bo‘lib chiqqaniga nima deysiz?

Xellouin arafasida yana ikkita o‘yinni teppa-tekinga tarqatishyapti!

Bu gal ham Epic Games aksiyasi Xellouinga bag‘ishlangan – kompaniya yana ikkita qo‘rqinchli o‘yinin tekinga taqdim etmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш