Har qanday qurilma bilan ishlay oladigan Google geympadini tomosha qiling!

Unda Google tugmachalari, mikrofon, shuningdek, «Uyga» va «Menyu» tugmachalari ham bor! Mikrofon tugmachasi nafaqat mikrofonni o‘chirib-yoqish, balki Google Assistant’ni ishga tushirish uchun ham xizmat qiladi.

Microsoft kutilmaganda ommabop o‘yinlardan birini butkul bepul qildi va Xbox One uchun ham taqdim etdi! (+video)

Microsoft korporatsiyasi Crackdown 3 o‘yinini Xbox One va kompyuterlar uchun 15 fevralda taqdim etgandi. Dasturchilar uning oldingi qismi – Crackdown 2 o‘yini endi bepul ekanligini ham xabar qilishgan.

Xiaomi yangi geymerofonining taqdimot kunini aytdi, lekin u allaqachon AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi!

430 000 ball bu – Android-smartfonlar orasida mutlaq rekord, degani! Aftidan, «xitoycha Apple» Snapdragon 855 protsessorining barcha imkoniyatlaridan to‘laligicha foydalanishning o‘ziga xos yo‘lini topgan.

Kompyuterlar uchun beshta bepul «shohona jang» o‘yini

«Shohona jang» yoki «Battle Royale» o‘yin janrida oxirida bitta jangchi qolgunicha hamma geymerlar o‘zaro olishadi. Bugun biz kompyuterda bepul o‘ynaladigan eng yaxshi beshta «shohona jang» o‘yinini tavsiya etamiz.

Nintendo dasturchilarni ishga taklif qilyapti: maosh va sharoitlar hayratomuz!

Ushbu o‘yin kompaniyasi xodimlarining maoshi yiliga o‘rtacha 80 000 AQSh dollarini tashkil etar ekan. Ularda ish kuni 7 soatu 45 daqiqa davom etadi – hatto sakkiz soat ham emas!

«Momo» yana kuchaya boshladi, lekin YouTube unga qarshi kurashning zo‘r yo‘lini topdi!

2019 yilning fevraliga kelib, «Momo» qo‘g‘irchog‘i yana ommalasha boshladi, lekin bu gal endi YouTube’da. Bu qiziqishlar to‘lqiniga ota-onalarning shikoyatlari sabab bo‘ldi...

Mi 9 flagmanidagi «Game Booster» o‘yin rejimini Xiaomi endi boshqa smartfonlariga ham qo‘shyapti!

Xiaomi dasturchilari «Game Booster» rejimiga ega MIUI 10 Global Beta 9.2.28 proshivkasining global beta-versiyasini tayyorlashdi va u allaqachon tarqatila boshlagan.

Xiaomi Black Shark 3 o‘yinbop smartfonini ilk «jonli» suratda ko‘ramiz!

Uchinchi «Qora Akula» ham original Black Shark hamda Black Shark Helo kabi futuristik dizaynga ega. Lekin unda RGB-chiroqlar ko‘rinmaydi – aftidan, Xiaomi bu gal ularni korpusning yonlariga o‘rnatgan.

Xbox One o‘yinlarini endi Windows 10’da o‘ynash mumkin bo‘ladi

Xbox hamda Xbox One o‘z arxitekturasiga ko‘ra kompyuterlarga juda yaqin. Windows 10 tizimining keyingi jamlanmalarida Microsoft chindan ham geymerlarga shunday imkoniyatni taqdim etadigan ko‘rinadi.

Microsoft’ning eksklyuziv mahsuloti himoyasini xakerlar besh kundayoq buzishdi – endi uni bepul ko‘chirib olish mumkin!

Dasturchilar bu loyihaga besh yildan oshiq vaqt sarflab, mustahkam himoyalashgan edi...

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш