AQSh Qurolli kuchlar safini geymerlar hisobiga to‘ldirmoqchi

Armiya saflariga yoshlarni aynan kibersport tadbirlari ishtirokchilari orasidan izlashmoqchi. Jumladan, shuterlar ishqibozlari Counter-Strike musobaqalaridayoq qurolli kuchlar saflariga yozilishlari mumkin bo‘ladi.

Xiaomi yashirgan «Qora Akula» – ikkinchi o‘yinbop smartfon TENAA’da fosh bo‘ldi!

Black Shark 2 qo‘shaloq kamerasi ob’yektivlari va fotochaqnog‘i tikka joylashgan (avvalgisida gorizontal edi). Shuningdek, barmoq izi skaneri ekranning ostidagi «Uyga» tugmachasidan orqa panelga ko‘chirilgan.

Nihoyat, o‘yinbop ASUS ROG Phone smartfoni sotuvga chiqyapti!

GearBest internet-do‘konida global versiyadagi Asus ROG Phone savdoga qo‘yildi, dastlabki xaridorlarga uni oktyabr oyining o‘rtalarida yetkazib berishadi. Narxi ham chakkimas – naq 1319 AQSh dollariga teng!

Afsonaviy Angry Birds o‘yini real hayotga o‘tmoqda

Angry Birds o‘yinini yaratgan Rovio kompaniyasi, Magic Leap garnitarasi uchun qo‘shimcha reallik beradigan yangi o‘yin demosini namoyish etdi.

Sony afsonaviy PlayStation konsolini savdoga qaytarmoqchi

Sony PlayStation Classic konsoli anonsiga start berdi. Yangilangan versiyasi haqiqiysidan qariyb ikki marotaba kichik, komplektida HDMI tirqish va ikkita o‘tkazuvchan geympad ham mavjud.

Ajrashishlarning asosiy sabablaridan biri – Fortnite va boshqa kompyuter o‘yinlari ekan!

Avvalroq Butunjahon sog‘likni saqlash tashkiloti o‘yinlarga berilishni ruhiy kasallikning ko‘rinishlaridan biri, deya e’tirof etgan edi.

Razer Phone 2: Ilk geymerofonning ikkinchi avlodi benchmarklarda fosh etildi

Snapdragon 845 chipli Razer Phone 2 xotirasi 8/512 GB, displeyi QHD formatida. Taxminlarga ko‘ra, uning ekranida yangilanish chastotasi 120 Gs.ga teng bo‘lgan sifatli IGZO panel qo‘llanadi.

Ilk o‘yinbop smartfon kutilmaganda naq 300 dollarga arzonlashdi!

Bu saxovatning sababi bor – ishlab chiqaruvchi allaqachon Razer Phone 2 modelini tayyorlagan va uni yaqin orada taqdim etmoqchi.

Acer geymerlar uchun g‘ayrioddiy noutbuk-transformer ishlab chiqdi (+video)

Klaviaturali asosini joyidan qo‘zg‘atmagan holda Predator Triton 900 ekranini foydalanuvchiga yaqin keltirish va unga qulay burchak ostida joylashtirish mumkin.

Eng qimmat o‘yin vaqtincha bepul bo‘ldi, o‘ynab ko‘rishga ulguring! (+video)

Star Citizen kosmik simulyatori uchun Gollivud yulduzlari jalb etilgan, olti yildan buyon (2017 yil dekabrgacha) geymerlarning o‘zlari unga 170 million dollardan oshiq mablag‘ ajratishgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш