Xitoylik ikki talaba qalbaki iPhone’lar bilan Apple’ni salkam million dollarga tushirdi!

2017 yildan beri Apple servis markazlariga jami 1493 ta qalbaki iPhone’larni «o‘z-o‘zidan yonmay qoldi», deya topshirishgan. Kompaniya esa ularni original ayfonlarga bepul almashtirib beravergan.

Snapdragon 855 protsessorli Redmi Pro 2 flagmani «jonli» rasmlarda: Mi 9 kabi «uchko‘z», faqat old kamerasi korpusdan chiqadi!

Redmi Pro 2’ning hech qanday «tirqish» yoki «kemtik»siz va romsiz displeyiga barmoq izi datchigi ham joylangan. Old kamera korpus ichidan chiqadi, bosh kamera esa uch modulli!

AnTuTu narxiga munosib smartfonlar reytingini e’lon qildi

Smartfonlar to‘rtta narx toifasiga ko‘ra baholangan: 153 dollargacha, 153-305 dollarlik, 305-459 dollarlik hamda 460 dollardan qimmatlari. Har bir guruhda narxi samaradorligiga mos o‘nta model bor.

Diqqat: barcha Xiaomi smartfonlarida jiddiy xavf borligi aniqlandi!

Check Point mutaxassislarining yozishlaricha, Guard Provider dasturida ushbu xatolik hamisha mavjud bo‘lgan, lekin uni yaqindagina aniqlashgan.

Apple baribir iPhone SE davomchisi – iPhone XE’ni chiqaryapti: narx va jihatlari

iPhone XE modeli 4,8 dyuymlik AMOLED-displeyga va A12 Bionic protsessoriga ega. Unda «Uyga» tugmachasi ham, barmoq izi skaneri ham bo‘lmaydi: uning o‘rniga qiyofa skaneri – Face ID ko‘zda tutilgan.

Dunyodagi eng zo‘r Android-smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu reytingi, 2019 yil aprel)

Eng zo‘r Huawei flagmani uning avvalgi modellaridan ham pastda – to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, hatto Snapdragon 845 chipli Xiaomi Mi Mix 3 ham samaradorlikda unga yetay-yetay deb qolgan!

«Jonli» surat: iPhone XI asosiy kamerasi uch modulli bo‘lib, kvadrat blokda joylashadi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida keyingi avlod iPhone bosh kamerasining uchta moduli joylashuvini tasdiqlovchi «jonli» rasm paydo bo‘ldi. Uni nufuzli insayder Benjamin Geskin uchratib qolib, Tvitterda e’lon qildi.

Android Q ikkinchi beta-versiyada taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)

Android Q beta-talqinini sinab ko‘rish uchun tegishli havola orqali Android beta-test dasturiga qo‘shilish kerak. Bunda yangilanish Wi-Fi orqali yuklab olinadi hamda fayl va ilovalar saqlangan holda o‘rnatiladi.

Snapdragon 855 chipli Redmi Pro 2 suratda: daktiloskopli displey, uch modulli asosiy va korpusdan chiquvchi old kamera!

Redmi Pro 2 modeli «xitoycha Apple»ning korpusdan chiquvchi kameraga ega ilk smartfoni bo‘ladi, uning optik moduli 48 megapiksellik aniqlikda selfilar olishga imkon beradi.

G‘ayrioddiy kamerali Galaxy A90 ilk videorolikda: u kutilganidan boshqacharoq ekan!

O‘rta narxli Samsung smartfonlarining yetakchisi – Galaxy A90 kamerasi «yig‘ilgan» holatida korpus ichiga yashirilmasdan, balki orqa panelda qoladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш