iPhone’dan Yangi yil tabrigi yozganlarni Huawei qattiq jazoladi!

Huawei rahbariyati tezda vaziyatdan xabar topgan va bunga yo‘l qo‘ygan xodimlarini chaqirib olib suhbat o‘tkazgan. Ular o‘z lavozimlaridan quyi tushirilgan, oylik maoshlari esa 728 dollarga pasaytirilgan.

Meizu g‘alati e’lon tarqatdi: yangi smartfon taqdimotimi?

Ushbu kompaniyaning noma’lum yangi smartfoni M923Q model raqami ostida sertifikatsiyadan o‘tgan edi. Manbalarga ko‘ra, uning taqdimoti 2019 yilning eng boshiga rejalashtirilgan.

KUTILMAGAN VIDEO: Ishlayotgan holdagi Xiaomi Mi Mix Flex buklama smartfonini «jonli» tomosha qiling!

Ushbu qurilma uchta qismdan iborat bo‘lib, ikki tomonidan ham «orqasiga» bukiladi. Shu tariqa, u yoyilgan holida planshet bo‘lsa, yig‘ilganida har ikki tomoni displeyli smartfonga aylanadi.

Galaxy S10 sifatli «jonli» suratda: yupqa romli, chetlari qayrilma displey «tirqish»idagi kamera!

Bundan tashqari, insayder Galaxy S10 modelining bitta xususiyatini tasdiqlagan. Ya’ni, xuddi Huawei Mate 20 Pro flagmanida bo‘lgani kabi, u ham smartfonlarni simsiz quvvatlay oladi.

RASMAN: Redmi mustaqil brend bo‘lyapti, ilk smartfon taqdimoti – 10 yanvarda!

Xiaomi kompaniyasi 10 yanvarda muhim tadbir o‘tkazishini ma’lum qildi. Unda «xitoycha Apple» o‘z faoliyatidagi tub burilish haqida so‘zlab beradi va yangi smartfon taqdim etadi.

Atigi 100 dollarlik Huawei Y5 Lite taqdim etildi – kompaniyaning Android Go tizimli ikkinchi smartfoni!

MediaTek MT6739 protsessoriga va 1/8 GBlik xotiraga ega Huawei Y5 Lite akkumulyatori 3020 mA/soatlik. Texnik xususiyatlarini hisobga olsak, bu quvvat bilan smartfon ikki kungacha bemalol ishlay oladi.

Yangi rekord: Sony Xperia XZ4 taqdimotdan avval AnTuTu’da salkam mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Eng yangi va kuchli Snapdragon 855 protsessori bilan qurollangan Sony Xperia XZ4 flagmani AnTuTu’da eng yuksak – 395 721 ball to‘plashga erishgan!

Redmi 7 yoki Redmi Pro 2: Xiaomi bu yilgi ilk taqdimotini bugunoq o‘tkazyapti!

Posterda «Forever believe that good things are about to happen» shiori bitilgan, buni esa quyidagicha o‘girish mumkin: «Biror yaxshi voqea hoziroq yuz berishiga hamisha ishoning».

2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

O‘tgan galgi ro‘yxatda eng yuksak to‘rtta o‘rinni birovga bermagan Huawei smartfonlari bu gal ham yuqori pog‘onalarda turishibdi. Lekin yetakchi flagman baribir boshqa kompaniyaniki.

2018 yilda Huawei ikkinchi rekordini ham o‘rnatdi!

Xitoylik korporatsiya o‘z oldiga jiddiy maqsadlar qo‘ygan va ularga birma-bir erishib kelayotir. Yana bir yildan so‘ng u smartfonlar bozorida Samsung’ni quvib o‘tib, yetakchiga aylansa ham ajab emas.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш