Barcha xabarlar

Galaxy S10’dan ustun, Mi 9 «kushandasi» – Meizu 16s namoyish va savdoga chiqish kuni ma’lum

Meizu 16s ikki modulli bosh kamerasining asosiy sensori 48 MPlik, «elektron yuragi» ham eng zo‘ri – Snapdragon 855, tezkor xotirasi esa 8 gigabaytlikdir.

Payme nazorat paketini 5,5 million dollarga Gruziyaning TBC Bank’i xarid qildi

Aksiyalarning 51 foizi 5,5 million AQSh dollariga xarid qilinganiga ko‘ra, Payme kompaniyasi jami 10,8 million dollarga baholangan. TBC Bank ushbu xarid to‘lovini aprelning oxirigacha, naqd pulda to‘laydi.

Portalda endi davlat byudjetining ijrosini ham kuzata olasiz!

Davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalari ijrosi, vazirlik, idoralar byudjeti, hududlar kesimidagi byudjetlar, davlat organlarining barcha tanlov va tenderlari haqidagi ma’lumotlar Portalda e’lon qilinadi.

«Biznes-akselerator» o‘quv-amaliy markazida Bolalar innovatsion texnoparki tashkil qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Biznes-akselerator o‘quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Oppo Reno hamda Reno 10x Zoom taqdim etildi: Huawei P30 Pro kushandalari uning yarim narxida!

Xitoylik texnogigant mobil fotografiya qiroli bo‘lmish Huawei P30 hamda P30 Pro kamerofonlarini taqdim etgandi. Oppo esa kecha yangi – Reno turkumida ularga raqobatchi ikkita smartfon namoyish qildi.

Inha universitetidagi Security Trends Central Asia 2019 anjumaniga marhamat!

Mazkur tadbir bo‘lg‘usi mutaxassislarning axborot xavfsizligi sohasidagi trendlardan xabardorligini oshirish maqsadida ularni jalb etishga qaratiladi.

Eng qudratli smartfonlar (2019 yil 1-chorak): Galaxy S10+ ikkinchi o‘rinda, qolgan barchasi «xitoylik»!

Master Lu benchmarki reytingida «Osmon osti saltanati»ga mansub bo‘lmagan bittagina smartfon bor – Samsung Galaxy S10+ flagmani! Bu devays 402 259 ball bilan faxrli ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

iPhone va iPad’larning «ota»si – Apple ko‘rsatmagan W.A.L.T ilk «jonli» videoda!

Kupertinolik korporatsiya 2007 yili moddiy klaviaturasi bo‘lmagan birinchi smartfonni taqdim etgandi. Biroq ayni shunday texnologiyaga ega ilk qurilmasini u hali 1993 yildayoq ishlab chiqargan ekan!

INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Zamonaviy texnologiyalar fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida yaratilgan va bundan barchamiz unumli foydalanishimiz kerak. Bularni ishlarini Telegram’dagi bot orqali ham amalga oshirish mumkin.

Opera Reborn 3: tezkor va bepul VPN, blokcheyn va kriptohamyonga ega ilk brauzerni o‘rnatib oling!

Opera Reborn 3 yangicha – Web 3 texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlovchi ilk ommaviy brauzer bo‘ldi. Bu atama kriptovalyuta, blokcheyn kabi zamonaviy internet imkoniyatlarini kengaytiruvchi tizimlarni anglatadi.

Rentgenda ham ko‘rinmaydigan kariyesni aniqlovchi innovatsion texnologiyalar O‘zbekistonda qo‘llanmoqda!

Rivojlangan davlatlar aholisining bor-yo‘g‘i 30-35 foizida tish kariyesi uchrashi aniqlangan. Biroq hozirda O‘zbekiston aholisining 95 foizida, boshqacha aytganda, deyarli barcha yosh qatlamlarida bu kasallik bor.

Snapdragon 855 chipli arzon Redmi 855 (yoki Redmi Pro 2) ilk «jonli» videoda: daktiloskop va old kamerasi kutilganidan boshqacha!

Redmi rahbari bu flagmanning old kamerasi korpus ichidan chiqishi haqidagi xabarlarni inkor qilgandi. Kecha esa «Redmi 855» nomli yangi smartfonning «jonli» videosi internetga chiqarilgan.

Salonida Wi-Fi bo‘lgan Airbus A320 neo rusumli ikkinchi samolyot Toshkentga yetib keldi

Havo kemasi 150 nafar yo‘lovchi sig‘imiga ega bo‘lib, ikki klassli komponovkadan iborat. Yo‘lovchi salonining zamonaviy ko‘rinishi parvoz chog‘ida yuqori darajadagi qulayliklarni yaratib beradi.

Endi o‘z kredit tarixingizni onlayn olishingiz mumkin

Tizim to‘laqonli ishga tushgach, fuqarolar o‘z kredit hisobotini kredit byurosining rasmiy saytidagi shaxsiy kabineti orqali bilishlari mumkin. Bunda elektron raqamli imzo kerak bo‘ladi.

O‘zbekistonda OTMlar saytlari qay ahvolda?

OTMlarining 41 ta ilmiy jurnalini o‘zida birlashtirgan, mualliflar hamda taqrizchilar uchun qulay bo‘lgan erkin konfiguratsiyalar (double-blind peer review) qo‘llanilgan platforma yaratiladi.

Apple kelajak iPhone’lari uchun 5G-modemlarni AQShning dushmanidan olmoqchi!

Apple bilan sudlashib yurgan Qualcomm unga Snapdragon X55 chipini sotmasligi ma’lum, Samsung esa modemlarini o‘zining Galaxy S10 5G superflagmanidan orttira olmasligini aytgan.

O‘zbekistonda ilk bor: Surxondaryoda YPX xodimlari bodi-kamera bilan ishlay boshladi

Bodi-kameralar maxsus buyurtma asosida Xitoyda ishlab chiqarilgan bo‘lib, quvvati uzluksiz 12 soat ishlashga yetadi, jazirama va yog‘ingarchilik ob-havo sharoitlarida ham qo‘llash mumkin.

Telegram’dagi xatolik sababli o‘chirib yuborilgan xabarni tiklash yo‘li topildi!

Bu faqat usul messenjerning kompyuter va noutbuklar uchun taqdim etilgan Telegram Desktop dasturidagina ishlaydi.

Xiaomi Mi 9 yana bir jihat bo‘yicha Galaxy S10’ga yetib oldi!

Mi 9 sakkiz yadroli Snapdragon 855 chipiga, Adreno 640 grafik tezlatgichiga va 6 GBlik tezkor xotiraga ega. Shunday ekan, uning samaradorlik bo‘yicha Galaxy S10 smartfoniga yetib olgani ajablanarli emas.

XUShXABAR: O‘zbekistonda IMEI-kodi mos kelmagan smartfonlar hozircha bloklanmaydi!

Lekin mobil qurilmalarni IMEI-kodi bo‘yicha avtomatik ro‘yxatga olish jarayoni yakunlangach, IMEI-kodi devaysning haqiqiy modeliga muvofiq kelmaydigan gadjetlarni ham bloklash boshlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш