2021 yili taqdim etishga Apple nimalarni tayyorlamoqda?

  •   DiMaX
  •  1142
  •  06.01.2021 13:32

2021 yili taqdim etishga Apple nimalarni tayyorlamoqda?

Ming-Chi Kuo (Ming-Chi Kuo) kupertinolik korporatsiya bu yil qanday gadjetlarni namoyish etishiga doir prognozini e’lon qildi. Tianfeng Securities tahlilchisi bo‘lgan bu kishi Apple’dan kutilayotgan devayslar borasida kamdan-kam adashadi.

O‘QING: Apple Car elektromobili ham iPhone 13 bilan birga namoyish etiladi!

AirTag (yoki AirTags) nomli geo-brelok Min-Chi Kuo prognoziga ko‘ra 2020 yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet ro‘yxatiga kirgandi. Bundan tashqari, sir tutib kelinayotgan ushbu aksessuarini kompaniya aprelda YouTube’dagi rasmiy kanalida tasodifan oshkor etib qo‘ygan ham edi. Kuo ishonch bilan aytishicha, bu treker 2021 yilda dunyo yuzini ko‘radi.

Tahlilchining ta’kidlashicha, kupertinoliklar bu yil to‘ldirilgan reallik texnologiyasiga ega bo‘lgan qandaydir qurilma ham chiqarishadi. Ming-Chi Kuo uning aynan qaysi gadjet ekaniga aniqlik kiritmagan, lekin uning Apple Glass rusumli to‘ldirilgan borliq ko‘zoynagi bo‘lishi ehtimoli yuqori. Darvoqe, uning Apple asoschisi va sobiq rahbari Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlangan hamda u hayotligida taqqan ko‘zoynak shaklidagi maxsus talqini ham tayyorlanmoqda. Kanadada yashovchi dizayner Iskandar Utebayev (Iskander Utebayev) esa o‘zining Instagram-sahifasida Apple aqlli ko‘zoynagining konsept-roliklarini e’lon qilgan edi.

Apple kompaniyasi 2021 yilda yana AirPods simsiz quloqchinining yangi avlodi, o‘zining ARM-protsessorlari bazasida yanada ko‘proq kompyuterlar hamda yangicha – mini-LED displeyli ilk gadjetlarini ham taqdim etadi. mish-mishlarga ko‘ra, bu diagonaliga 12,9 dyuymlik iPad Pro hamda MacBook noutbuklari bo‘ladi.

Tabiiyki, kuzga borib iPhone 13 turkumidagi flagman sartfonlar ham namoyish etilishi kerak, yana...

O‘QING: iPhone SE 3 nimalari bilan ideal hamyonbop ayfon bo‘ladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!