Eng kuchli Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu, 2018 yil noyabr): uchta yuksak o‘rin endi boshqa xitoylikka tegishli!

  •   DiMaX
  •  2770
  •  02.11.2018 12:23

Eng kuchli Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu, 2018 yil noyabr): uchta yuksak o‘rin endi boshqa xitoylikka tegishli!

Mobil aloqa qurilmalarining samaradorligini baholaydigan professional servislardan biri – AnTuTu har oyda tegishli reytingni e’lon qilib turishini bilamiz. Uning jamoasi 2018 yilning oktyabrigacha bozorga chiqqan Android-smartfonlarning TOP-o‘ntaligi ro‘yxatini taqdim etdi.

O‘QING: Eng zo‘r Android-smartfonlar TOP-o‘ntaligi (AnTuTu talqini, 2018 yil, oktyabr): xitoyliklar Samsung’ni siqib chiqarishdi!

Android-smartfonlar reytingida Qualcomm protsessorlariga ega flagmanlar eng yuqori o‘rinlarni egallashiga ko‘nikib qolganmiz. Ammo bu gal vaziyat umuman boshqacha – AnTuTu’ga ko‘ra, 2018 yilning oktyabr oyigacha bozorga taqdim etilgan smartfonlarning eng kuchli uchtasiyam Kirin 980 chipli Huawei mahsulotlaridir!

Ya’ni, g‘oliblik shohsupasiga 311 840 ball bilan standart Mate 20 modeli chiqqan, yanada ilg‘or Mate 20 Pro esa 307 693 ochko bilan ikkinchi o‘rinda. Uning o‘yinbop talqini – Mate 20X modeli bo‘lsa 303 112 ball bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan. Pro-versiyaning standart flagmandan orqada qolishini uning displeyi ko‘proq resurs talab etishi bilan izohlash mumkin, ammo maxsus sovitish tizimiga ega geymerofon ularning ikkalovidan ham past baho olgani baribir g‘alati.

Demak, eng yuqori uchta o‘rinni zabt etgan Huawei flagmanlaridan keyingi ikkita o‘rinni esa Xiaomi’ning Snapdragon 845 chipli geymerofonlari – Black Shark Helo va Black Shark (tegishlicha 301 757 hamda 293 544 ochko) egallagan. Shuningdek, kuchli o‘nlikka Meizu 16, OnePlus 6, ASUS ROG Phone, Smartisan R1 va Nubia Z18 modellari kirgan.

Aytish kerakki, amerikalik chipsozning keyingi avlod – Snapdragon 8150 flagman protsessorini Geekbench’da tekshirib ko‘rishgan. Shuningdek, umuman tanilmagan bir xitoylik kompaniya allaqachon ushbu chip bazasida dunyodagi ilk buklama smartfonni namoyish qilib, savdoga ham qo‘ygan.

O‘QING: Ilk buklama 5G-smartfon – FlexPai bugundan sotuvga chiqdi, lekin bu Samsung ham, Huawei ham emas! (+«jonli» videolar)

Oktyabrning oxirida taqdim etilgan Xiaomi Mi MIX 3, OnePlus 6T hamda Honor Magic 2 modellari AnTuTu’ning ushbu reytingiga kiritilmagan. Ular keyingi oy TOP-o‘ntaligiga kirsa kerak, ammo Snapdragon 845 protsessoriga tayangan smartfonlardan birortasi Huawei flagmanlaridan o‘zib, kuchli uchlikka kirishini kutish qiyin.

Aytish kerakki, oktyabrdagi eng kuchli smartfonlar o‘ntaligining naq yarmini egallab olgan Huawei hamda Xiaomi kompaniyalarining bir necha rusumlardagi  smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimiz orqali onlayn xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!