Eng kuchli protsessorli eng arzon flagman bir daqiqada 100 000 tadan ortiq sotildi!

  •   DiMaX
  •  3210
  •  02.11.2020 09:52

Eng kuchli protsessorli eng arzon flagman bir daqiqada 100 000 tadan ortiq sotildi!

Qualcomm kompaniyasining eng so‘nggi flagman protsessori Snapdragon 865 Plus 8 iyul kuni taqdim etilgan. O‘tgan yilgi Snapdragon 855 hamda Snapdragon 855+ modellarida bo‘lgani kabi, yangi chipsetning ham Snapdragon 865 bilan solishtirganda farqlari uncha ko‘p emas.

O‘QING: AnTuTu'da yangi rekord o‘rnatildi

Garchi amerikalik chipsoz Snapdragon 865+ o‘zining oldingi “ajdod”idan 10 foizga tezkor ekanini ta’kidlagan bo‘lsa-da, amalda undan oldingi – Snapdragon 865 asosidagi smrtfonlar kuchliroq bo‘lib chiqyapti. Jumladan, AnTuTu benchmarki o‘tgan oyda taqdim etgan eng qudratli Android-smartfonlarning yangi global reytingida Snapdragon 865 Plus protsessori bazasidagi modellar faqat beshinchi va oltinchi o‘rinlarnigina egallagan.

Shunday qilib, Snapdragon 865 eng kuchli Android-protsessor bo‘lib turibdi; uning bazasida ishlangan eng so‘nggi va eng arzon smartfonni esa Xiaomi kompaniyasining subbrendi taqdim etgan. Bu – Redmi K30S qurilmasi bo‘lib, u ham butkul yangi smartfon emas, balki avvalroq Yevropa bozoriga taqdim etgan flagman – Xiaomi Mi 10T modelining rebrending qilingan nusxasidir.

Redmi brendi kecha – 1 noyabr kuni o‘z yurtida mazkur flagmanini sotuvga chiqardi va xitoyliklar uni talashib sotib olishdi. Xiaomi vitse-prezidenti va smartfonlar bo‘linmasi rahbari Adam Szen Syuechjun (Adam Zeng Xuezhong) e’lon qilishicha, savdosi boshlanishi bilan – bir daqiqadayoq yuz ming donadan ortiq Redmi K30S sotilgan. Bunda flagmanning barcha sotuv kanallari – Xiaomi, JD.com, Tmall va Suning onlayn do‘konlaridagi xaridlar hisoblangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu flagman allaqachon global bozorga ham chiqqan, biroq boshqacharoq – Redmi K30S Ultra nomi bilan va Xitoydagisidan ancha qimmat narxda!

O‘QING: Redmi’ning yangi flagmani bu jihatiga ko‘ra iPhone 11’dan ham zo‘r chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!