Galaxy A60 hamda Galaxy A70 xususiyatlari va «jonli» suratlarini TENAA fosh etdi!

Ikkalasi ham uchtalik bosh kameraga ega, ammo selfi-kameralari turlicha joylashgan. «Kichkina» modelning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ko‘zga tashlanadi, «katta»sida esa u ekranga integratsiyalangan.

Galaxy Fold buklama smartfoni ilk bor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi. Lekin afsus...

12 GBlik «operativka»li qurilma ancha yuqori natijalar namoyon etishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi. Aftidan, Geekbench’da uning yakuniy varianti emas, balki muhandislik namunasi tekshirib ko‘rilgan bo‘lsa kerak.

Samsung yana ikkita buklama smartfon tayyorlayapti, ulardan biri Huawei Mate X’ga o‘xshaydi

Bittasining displeyi tikkasiga buklanadi, ya’ni klassik «raskladushka» form-faktorida, ikkinchisi esa xuddi Galaxy Fold’ning asosiy raqibi – Huawei Mate X kabi mexanizmga ega bo‘ladi.

Galaxy S10+ tannarxi aniqlandi: Samsung uni ikki baravardan oshiqqa sotyapti!

Galaxy S10+ tarkibidagi eng qimmat qismlar AMOLED-displey (86,5 dollar), Exynos 9820 protsessori (70,5 dollar) hamda old ka orqa kameralarning beshta moduli (jami 56,5 dollar) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Apple shoshib qoldi: u allaqachon buklama iPhone uchun Samsung’dan qayishqoq displeylar olyapti!

Samsung kupertinolik korporatsiyaga allaqachon taqdim etgan egiluvchan displeyning diagonali 7,2 dyuymlik; bu esa Galaxy Fold ekranidan atigi 0,1 dyuymga kichkina.

«Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Android 9.0 Pie tizimli bu 5G-smartfon Snapdragon 855 chipi, 8/256 GB xotira, 48+12 MPlik bosh va 24 MPlik old kameraga ega. Akkumulyatori esa buklama gadjetlar uchun rekord darajada – 10 000 mA/soatlik!

Ham ayfon, ham aypad bo‘la oluvchi iPhone X Fold buklama smartfoni suratlarda!

iPhone X Fold ikkita ekranga ega: ichkaridagi qayishqoq displey 2:3, tashqisi esa 1:3 nisbatli. Uni yarim buklagan holda ham qo‘llash mumkin – bunda klaviaturali ekranga ega mitti «noutbuk» yuzaga keladi.

Oppo ham o‘z buklama smartfonini ko‘rsatdi!

Oppo ham Samsung va Huawei’dan qolishmasligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi, shekilli. Kecha uning vitse-prezidenti Brayan Shen o‘z kompaniyasi ishlab chiqqan buklama smartfon prototipini namoyish etdi.

Samsung «beli baquvvat» Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlarini taqdim qildi

Infinity-U displeyli ilk smartfonlar ekranlari bir xilda 6.4 dyuymlik Super AMOLED-displeylar bo‘lib, Full HD+ formatida. Ularning akkumulyatorlari 4000 mA/soatlik, bittasi daktiloskopli ekranga ega!

Huawei «har jihatdan eng zo‘r» Mate X buklama smartfonini taqdim etdi! Ayniqsa, narxi... (+«jonli» video)

Huawei Mate X avtonomligini 4500 mA/soatlik akkumulyator ta’minlaydi. Huawei ushbu batareyani rekord darajadagi tezkorlikda to‘ldiruvchi yangi texnologiyani ham taqdim etdi – naq 55 vattlik quvvatda!

Ertagayoq taqdim etilayotgan Huawei Mate X buklama 5G-smartfoni: «jonli» surat, ilg‘or jihatlar va narxi

Beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlovchi ushbu devaysning hali yana bir nechta «maxfiy syurpriz»lari ham bor.

Galaxy Buds simsiz quloqchini taqdim qilindi – u Galaxy S10 flagmanidan simsiz quvvatlana oladi!

Quloqchinning har bir bo‘lagi 58 mA/soatlik akkumulyatorga ega, bu esa Bluetooth orqali ulangancha 5 soatgacha telefonda suhbatlashishga yoki uzluksiz 6 soat mobaynida musiqa tinglashga yetadi.

Nihoyat, Samsung ikki ekran va olti kamerali Galaxy Fold buklama smartfonini taqdim qildi! (+video)

Samsung bu planshet-smartfonini tok bilan ta’minlab turish uchun ikkita akkumulyator o‘rnatgan, ularning umumiy sig‘imi 4380 mA/soatga teng.

Galaxy Watch Active, Galaxy Fit va Galaxy Buds’ni Samsung taqdimotdan avval «sotib» qo‘ydi

Kompaniya ushbu mahsulotlari Galaxy Watch Active smart-soati, Galaxy Fit fitnes-brasleti va Galaxy Buds simsiz quloqchinining tez orada taqdim etilishini g‘alati usulda tasdiqladi.

Nihoyat, Mi 9 taqdimot kuni rasman e’lon qilindi – Xiaomi uni «jangovar farishta» deyapti!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida bugun tongda e’lon qilingan tizerda qo‘shimcha ma’lumot ham bor: Xiaomi o‘zining navbatdagi flagmanini «jangovar farishta» deya tavsiflagan.

Huawei buklanuvchi 5G-smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

Xitoylik texnogigant shu oy oxirida Barselonada bo‘lib o‘tuvchi MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida buklama smartfoni rasman ko‘rsatmoqchi.

Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

Uchala modeldagi Galaxy S10 smartfonlarining barcha xotira variantlari, ularning aniq narxlari hamda korpusining ranglari, xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlar bilan bitta maqolada tanishing!

«Kichkina King-Kong» laqabli Redmi Note 7 bugun yangi rekord o‘rnatdi

Redmi Note 7 modelining navbatdagi partiyasini 12 fevralda sotuvga qo‘yishadi. Ungacha mazkur smartfonning Hindistonda ham rasman taqdim etilishi hamda global versiyada chiqish vaqti aytilishi kutilmoqda.

Samsung’ning 5G-modeli va Galaxy F buklama smartfoni ilk rasmiy reklama videosida!

Ushbu reklama nafaqat Galaxy F (yoki Galaxy Fold), balki biryo‘la Samsung’ning bir nechta yangi ishlanmalari – 5G-smartfon, to‘ldirilgan reallik texnologiyasi hamda yangi kamera kabilarga bag‘ishlangan.

«JONLI» VIDEO: Xiaomi prezidenti Mi Mix Flex (yoki Mi Dual Flex) buklama smartfonini ishlatib ko‘rsatdi!

Planshet va smartfon form-faktoriga almasha oluvchi devaysni shaxsan Xiaomi prezidentining o‘zi ishlatib ko‘rsatgan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш