Bill Geyts: «Koronavirus vaksinasi samarasiz bo‘lishi mumkin»

Microsoft asoschisi AQShdagi yuqumli kasalliklarning asosiy mutaxassisi Entoni Fauchining bashoratini qo‘llab-quvvatladi, unga ko‘ra koronavirus vaksinasi 2020 yil oxiri yoki 2021 yil boshida ixtiro qilinadi.

72 yoshli bu boboy nega o‘z velosipediga 64 ta smartfon o‘rnatib olgan?

Chen San Yuan o‘z shahrida shunchalik mashhurki, ASUS kompaniyasi uni ZenFone Max Pro taqdimotida so‘zga chiqishga taklif etib, bir necha smartfon sovg‘a qilgan.

PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

Uning uchun eng serdaromad oy 2019 yilning oktyabri bo‘lgan – dasturchilar unda 55 million dollar ishlab olishgan. Keyin esa, 2020 yilning may oyida ham bu o‘yin yaxshigina – 53 million dollar foyda keltirgan.

Ekspert maslahati: Smartfonda Bluetooth’ni nega o‘chirib qo‘yishingiz kerak?

Bluetooth hamisha yoqiq turishi akkumulyator quvvatining tezroq sarflanishiga olib keladi. Lekin ushbu moduli yoqiq qolishining eng katta xavfi bu emas, deydi mutaxassis...

TOP-10: Koronavirusdan foyda olayotgan IT-kompaniyalar

Financial Times nashri 2020 yil boshidan buyon kapitallashuv o‘sishi bo‘yicha eng yaxshi 100 ta kompaniya ro‘yxatini tashkil etdi va undagi eng yaxshi o‘ntasining bahosi 1,45 trln. dollarga o‘sgan.

Xitoyda sotuvga chiqayotgan Redmi 9 modeli ayni shu smartfonning global versiyasidan qanday farq qiladi?

Agar chindan ham shunaqa bo‘lib chiqsa, Redmi 9 olmoqchi bo‘lganlar unga AliExpress orqali Xitoydan buyurtma berganlari yaxshi.

Eng kichik iPhone 12 naq 128 GB xotirali bo‘lib, 64 GBlik iPhone 11 narxida sotiladi!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlarning boshlang‘ich versiyasi olti xil – sariq, oq, qizil, moviy, ko‘k va och yashil ranglardagi, polikarbonatdan ishlangan korpuslarda taklif etiladi.

Assassin’s Creed Origins uch kunga bepul bo‘ldi: Kleopatra bilan yonma-yon jangga tayyormisiz? (+video)

Assassin’s Creed Origins voqealari Qadimgi Misrda bo‘lib o‘tadi – bosh qahramon unda Kleopatraga fuqarolar urushida yordam beradi. Ptolemeya XIII’ga qarshi jangda u ilk assasinlar jamoasini tuzishga intiladi.

Huawei tarixda ilk bor Samsung’ni quvib o‘tib, 1-raqamli smartfonsozga aylandi!

Ushbu yutuqqa bir nechta omillar sabab bo‘lgan; birinchisi koronavirus pandemiyasi bo‘lsa, ikkinchisi – boshqalar voz kechsa ham xitoyliklar mahalliy ishlab chiqaruvchini yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlaganidir.

Eng serdaromad mobil o‘yinlar: bittasining o‘zi bir oydayoq 226 million dollardan oshiq foyda keltirdi!

Sensor Tower kompaniyasi 2020 yilning may oyi holatiga ko‘ra mobil o‘yinlarning qancha daromad keltirgani borasidagi tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi.

Inha universitetiga kirish imtihonlari ilk bor onlayn rejimida o‘tkaziladi

Imtihon paytida xonada abituriyentdan tashqari hech kim bo‘lmasligi zarur. Boshqa taraflarga — tepaga, pastga qarash man etiladi ushbu talablarni bajarmagan abituriyent imtihondan chetlatiladi.

OGOH BO‘LING: pandemiya pallasida mobil firibgarlik!

Firibgarlarning bunday harakatlariga UZTELECOM’ning aloqasi yo‘qligini va kompaniya shunday hodisalarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rayotganligini ma’lum qilamiz, deyiladi xabarda.

YouTube’dan reklamalarni olib tashlashning o‘ta oson yo‘li topildi!

Mazkur usulda nafaqat kerakli videorolik boshlanmasidan oldin ko‘rsatiluvchi reklama lavhasi, balki rolik o‘rtasidagi reklamalar ham olib tashlanadi.

Bugun hech kimning tug‘ilgan kuni emas! Buni hammaga tarqating va «bonus»ga ega bo‘ling!

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi va dezinformatsiya haqida so‘z boradi.

Apple va Microsoft – narxi $1,5 trln.ga yetgan ilk kompaniyalar!

Boshqa texnogigantlarning ham bozor bahosi ortib bormoqda. Hozirda Amazon kompaniyasining kapitallashuvi $1,3 trln.ga, Google’ga egalik qiladigan Alphabet shirkati kapitallashuvi $1 trln.ga yetdi.

Xakerlar butun dunyoda Honda zavodlarini to‘xtatib qo‘yishdi!

Markaziy serverlarga tushib, keyin esa butun korporativ tarmoq bo‘ylab tarqalib ketgan Snake/EKANS nomli tovlamachi dastur xodimlarning kompyuterlarini bloklab qo‘yib, ochish kaliti uchun to‘lov talab qilgan.

Google va YouTube ishida uzilishlar bo‘lmoqda

Bugun Google va YouTube foydalanuvchilari muammolarga duch kelishmoqda. Downdetector sayti ma’lumotlariga ko‘ra, jiddiy uzilishlar Toshkent vaqti bilan soat 09:08 da boshlangan.

Koronavirus Apple’ga yordam berdi: uning qiymati oshib, tarixiy maksimumga yetdi!

Apple kompaniyasining narxi hozir 1,43 trillion dollardan oshgan. Bundan tashqari, tahlilchilar yana bir jihatni ta’kidlashmoqda: koronavirus pandemiyasi endi industriyaga zarar yetkazmay qo‘ygan.

«Bill Geyts koronavirus bahonasida insoniyatni chiplashtirmoqchi» – bunga o‘zi nima deydi?

Microsoft asoschisi kelajakka oid bashoratlari bilan ham tanilgan. Jumladan, 2017 yilda u dunyoni bioterror xavfi kutayotganini aytgan, koronavirusdan esa bundan 5 yil avval ogohlantirgan edi!

Redmi 9 taqdim etilmay turib sotila boshladi: xususiyatlari, rasmiy suratlari va narxi!

Kompaniyaning o‘zi uni allaqachon AliExpress onlayn bozoridagi o‘z rasmiy do‘konida sotuvga chiqardi. Lekin uning narxi avval kutilganidek past emas, hatto ishonib bo‘lmas darajada yuqori!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш