The Division o‘yinini 8 sentyabrgacha olib qo‘ying va bir umr bepul o‘ynang!

Bu o‘yin syujeti qiziq: epidemiya oqibatida hamma yoq ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketgan, ko‘chalarda jinoyatchilar bilganini qilib yuribdi. Siz esa maxsus agent rolida o‘ynab, ularga qarshi jang olib borasiz.

Shvarseneggerning yoshligi ijrosidagi Predator: Hunting Grounds jangovar o‘yinini 30 avgustgacha bepul o‘ynang!

Hozirgi qiyofasidagi «Temir Arni» obrazi bu o‘yinga may oyidanoq qo‘shilgan edi. Yangi qo‘shilgan Datch esa Shvarseneggerning ayni kuchga to‘lgan yoshlik davridan olingan.

Mashhur strategiya o‘yini iPhone va Android-smartfonlarga chiqyapti: videosi va qo‘llovchi modellar ro‘yxati

Agar sizning smartfoningiz modeli bu ro‘yxatga kirmagan bo‘lsa ham, ilovalar do‘konida Company of Heroes ko‘rinsa, qurilmangizga o‘rnatish va unda o‘ynash imkoni bo‘lishi mumkin, deyishyapti o‘yin ijodkorlari.

«Chirigan olma»: Apple’ga qarshi Fortnite turnirida sovrinlar yutib oling! (+video)

Epic Games eng ko‘p «olma yegan» geymerlarga jami 1200 ta o‘yin qurilmalari sovg‘a qiladi. Ular orasida Alienware, Samsung, OnePlus, Sony, Microsoft va Nintendo kabilarning konsol va smartfonlari bor.

Eng yirik nashrlar Apple komissiyasiga qarshi kurashga qo‘shildi

Telegram asoschisi avvalroq Apple va Google gegemonligini tanqid qilib, bundan qutulish yo‘llarini ham ko‘rsatgan edi. Shu masala bilan bog‘liq mojarolar Apple’ga qarshi boshqalarning birlashuviga olib keldi.

Bu ikkita jangovar o‘yinni 27 avgustgacha olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang! (+videolar)

Epic Games Store onlayn do‘koni geymerlar uchun navbatdagi hadyasini taqdim etdi. Endi undan ikkita ommabop o‘yinni tekinga va butunlay olib qo‘yish mumkin.

Fortnite, Minecraft, PUBG, Dota 2 va boshqa o‘yinlar bir soatda qancha megabaytingizni «yeb qo‘yadi»?

Ro‘yxatda eng ommabop bo‘lgan 22 ta o‘yinning trafik sarflash ko‘rsatkichlari keltirilgan. Ular orasida eng ochofati esa soatiga 300 megabaytgacha trafikni «g‘ajib tashlar» ekan!

Tetris o‘ynab, har kuni 5 ming dollar yutib olish mumkin! (+video)

Endi smartfonda Tetris o‘ynab, mashhurlikka va besh ming dollarlik yutuqqa ega bo‘lish imkoni tug‘ildi. N3TWORK uning mobil versiyasi bo‘yicha sovrin jamg‘armasi naq bir million dollarlik musobaqa e’lon qildi!

Smartfon egalari yarim yilda qaysi o‘yin va ilovalarga eng ko‘p pul sarflashgan?

Joriy yilning birinchi yarmida smartfon foydalanuvchilar qaysi ilova hamda o‘yinlarga ko‘p pul xarjlashgani ma’lum bo‘ldi. Buni Sensor Tower tahlil kompaniyasi hisoblab chiqib e’lon qildi.

Ajrashmoqchi bo‘lganlar ishi bilan endi sun’iy intellekt shug‘ullanadi

Loyiha yil oxirigacha bepul taqdim etiladi, 2021 yil yanvardan servisdan foydalanish uchun juftlik pul to‘lashi kerak bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, ushbu pullar servisni takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

2 iyulgacha ikkita o‘yinni butkul olib qo‘yib, keyin ham bepul o‘ynang! (+videolar)

Epic Games do‘koni koronavirus pandemiyasi paytida zaruratsiz uydan chiqmasligingizga hissa qo‘shish maqsadida ikkita o‘yinni 2 iyulgacha tekinga olib qo‘yish imkonini berdi.

PUBG Mobile’dan 78 foizga, Fortnite Mobile’dan esa naq 83 foizga ko‘p daromad keltirgan o‘yinni bilasizmi?

Uning uchun eng serdaromad oy 2019 yilning oktyabri bo‘lgan – dasturchilar unda 55 million dollar ishlab olishgan. Keyin esa, 2020 yilning may oyida ham bu o‘yin yaxshigina – 53 million dollar foyda keltirgan.

PlayStation 5’ga tayyorlanayotgan oltmishdan oshiq o‘yin va chiqish vaqtlari uchta ro‘yxatda!

O‘ntasi PlayStation 5 uchun eksklyuziv o‘yinlar bo‘lib, boshqa pristavkalarga va kompyuterlarga umuman chiqmaydi. Ikkitasi vaqtinchalik eksklyuziv hisoblanadi, qolganlari esa boshqa platformalarga ham chiqadi.

90 yoshli geymer onaxon Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi! (+video)

Xamako Mori nafaqat sayyoramizdagi eng keksa geymer, balki shu bilan birga eng yoshi katta videobloger ham hisoblanadi. Onaxon o‘z o‘yinlarini e’lon qilish uchun YouTube servisida o‘ziga kanal ham ochib olgan.

Eng ommabop o‘yin Google Play’ga ham chiqdi – endi bemalol olib o‘ynang! (+video)

2018 yilgi ushbu o‘yinini Epic Games shu paytgacha Google Play rasmiy ilovalar katalogiga joylamasdan kelayotgan edi. Sababi – ishlab chiquvchi bunda Google’ga 30 foizlik komissiya haqi to‘lashi kerak...

O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

O‘yin yaratuvchilari qayerdan va qancha pul topadi?

PlayStation uchun eng ommabop o‘yinlar – uchta reytingda

Sony kompaniyasi 2019 yilning dekabrida PS Store o‘yin katalogidan eng ko‘p yuklab olingan o‘yinlar statistikasini e’lon qildi. PlayStation o‘yin konsollariga mo‘ljallangan o‘yinlar uchta reytingda aks ettirilgan.

Yilning eng zo‘r o‘yinlari taqdirlandi: The Game Awards 2019 (+videolar)

The Game Awards sovrini – videoo‘yinlar olamidagi o‘ziga xos «Oskar» hisoblanuvchi bo‘lib, quyida uning barcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarini va ulardan ayrimlarining videolarini e’lon qilmoqdamiz.

The Game Awards 2019’да кўрсатилган 31 та энг қизиқ видео

Лос-Анжелес шаҳрида 13 декабрь куни йиллик The Game Awards соврини тақдимоти бўлиб ўтди. Бу соврин видеоўйинлар оламидаги ўзига хос «Оскар» ҳисобланади.

Nihoyat, bu mashhur o‘yin Google Play’ga ham chiqishi mumkin!

Epic Games ushbu mahsulotini yaqin orada Google Play’ga yubormoqchi. Biroq uni ishlab chiqqanlar o‘yin ichidagi o‘z to‘lov tizimlaridan voz kechmoqchi emaslar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш