Samsung'ning Galaxy qurilmalarini yangilash siyosati qanday?

Samsung kompaniyasi 2019 yilda qabul qilingan siyosatiga ko‘ra, o‘z Galaxy qurilmalarini oylik, choraklik va yarim yillik tizim yangilanishlari bilan ta’minlaydi. Quyida ularning to‘liq ro‘yxati bilan tanishamiz.

Samsung smartfonlari egalariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Windows 10 operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan Your Phone dasturi (o‘zbekchada «Telefoningiz» deb nomlangan) kompyuterni hamda Android-smartfonni yagona ekotizimga birlashtirish imkonini beradi.

Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Mazkur smartfonlar va planshetlarga Android 11 operatsion tizimi kompaniyaning yangi – One UI 3.0 grafik qobig‘i bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda.

Android 11’gacha yangilanuvchi 60 ga yaqin Samsung smartfonlari va planshetlari bitta ro‘yxatda!

Endi esa Samsung‘ning bu boradagi rasmiy xabarini va apdeyt kelishining aniq vaqtlarini kutish qoldi, xolos.

Nihoyat, bo‘lg‘usi bestseller – Galaxy M40 taqdim etildi: «gapiruvchi» ekran va uch modulli kamera!

Galaxy M40 savdosi 18 iyunda boshlanadi va u ikki xil – Midnight Blue hamda Seawater Blue ranglaridagi (har ikkalasi ham gradiyentli) korpuslarda taklif etiladi.

Galaxy M40: «ideal smartfon» kutilganidan arzon ekan – yangi jihatlari bilan tanishamiz!

Avvalroq uning taxminan 360 dollar turishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Lekin Ishan Agarvalning yozishicha, flagmancha xususiyatli bu smartfon kutilganidan arzonroq ekan!

Master Lu eng zo‘r smartfonlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2019 yil aprel)

Reytingning dastlabki to‘rtta pog‘onasidagi smartfonlar Snapdragon 855 protsessori bazasida ishlaydi. Yana bir qiziq tomoni – ushbu ro‘yxatda Xiaomi’ning birorta ham modeli yo‘q!

Samsung smartfonlar uchun «ko‘rinmas» kameralar, «gapiruvchi» va to‘liq daktiloskopli ekranlar tayyorlamoqda

Kelajakda Samsung smartfonlari ekranida ko‘rinmaydigan kameralar joylashadi. Shuningdek, displeyning hamma joyida barmoq izi skaneri ishlaydi va ovoz ham ekranning o‘zidan taraladi.

Yanada arzon Galaxy A10e smartfoni ham allaqachon tayyor!

Galaxy A10e eng so‘nggi – Android 9.0 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Shuningdek, arzon bo‘lsa-da, u ikki chastotali diapazondagi Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac interfeysiga ega.

Galaxy A40s ham namoyish etildi: 6,4 dyuymlik, «beli baquvvat» smartfon!

Infinity-U displeyi «kemtigi»da 16 megapiksellik, f/2,0 diafragmali selfi-kamera joylashgan. Orqa paneldagi bosh kamera esa 13+5+5 megapiksellik optik sensorlarni va fotochaqnoqni o‘zida birlashtiradi.

Galaxy A60 namoyish qilindi: NFC, «gapiruvchi» va «teshik» ekran, 32 MPlik ikkita kamera va o‘rtacha narx!

Galaxy A60 batareyasi 3500 mA/soatlik bo‘lib, 15 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfon kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli bilan ham ta’minlangan.

G‘ayrioddiy kamerali Galaxy A90 ilk videorolikda: u kutilganidan boshqacharoq ekan!

O‘rta narxli Samsung smartfonlarining yetakchisi – Galaxy A90 kamerasi «yig‘ilgan» holatida korpus ichiga yashirilmasdan, balki orqa panelda qoladi.

Yana bir arzon smartfon – Galaxy A20e ilk suratlarda: Infinity-U ekran va qo‘sh kamera!

10 aprel kuniga Samsung yirik taqdimot rejalashtirgan. Kompaniya unda birdaniga to‘rtta – Galaxy A20e, Galaxy A40, Galaxy A60 hamda Galaxy A90 smartfonlarini namoyish etishi kutilmoqda...

Galaxy A60 taqdimot arafasida TENAA’da: 6.3 dyuymlik Infinity-O displey, uchtalik kamera va 3410 mA/soatlik akkumulyator!

TENAA hujjatlariga ko‘ra, Samsung Galaxy A60 modelida diagonali 6.3 dyuymlik Full HD+ displey qo‘llangan. Uning protsessori sakkiz yadroli bo‘lib, maksimal 2.0 GGs takt chastotasida ishlashi ma’lum.

Galaxy A70 taqdim etildi: Snapdragon 670 va ikkita 32 MPlik kamera; 4500 mA/soatlik akkumulyatori esa Galaxy S10’dan tez quvvatlanadi!

Kompaniyaning ta’kidlashicha, bunday ensiz uzun displey video tomosha qilish uchun eng maqbul formatdir. Barmoq izi skaneri ham ekranning o‘ziga joylangan.

Galaxy A60 hamda Galaxy A70 xususiyatlari va «jonli» suratlarini TENAA fosh etdi!

Ikkalasi ham uchtalik bosh kameraga ega, ammo selfi-kameralari turlicha joylashgan. «Kichkina» modelning orqa qopqog‘ida barmoq izi skaneri ko‘zga tashlanadi, «katta»sida esa u ekranga integratsiyalangan.

Hamyonbop Galaxy A20e, Galaxy A40 va Galaxy A90 taqdimoti yaqin – ular allaqachon Samsung saytiga chiqdi!

Kompaniyaning inglizcha rasmiy saytida Galaxy A20e, Galaxy A40 hamda Galaxy A90 modellari haqida sahifalar paydo bo‘ldi, bulardan birinchisi haqida hozirgacha umuman biror ma’lumot yo‘q edi.

Daktiloskopli ekranga ega Galaxy A60 ham fosh bo‘ldi: flagman sifatli «o‘rtancha botir»!

Snapdragon 675 chipli Galaxy A60 akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soatga teng. U 6-8 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega, selfi uchun naq 32, bosh kamerada ham 32+5+8 MPlik modullar bor.

Samsung kutilmaganda «teshik» displeyli Galaxy A9 Pro (2019) smartfonini namoyish qildi!

Galaxy A8s xususiyatlarini saqlab qolgan smartfonning 6,4 dyuymlik ekrani 2340x1080 piksellik, tomonlari 19,5:9 nisbatda. Bosh kamera 24, 10 va 5 MPlik, old kamera esa 24 MPlik sensorga ega.

Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

Galaxy M10, M20 va M30 smartfonlarining narxlari 142-284 dollari orasida bo‘lishi aytilgan edi. Ammo insayderlar bergan yangi xabarlarga ko‘ra, ular bundan ham arzonroqqa narxlanar ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш