AnTuTu ikkita reyting chiqardi: eng kuchli flagmanlar va eng zo‘r o‘rta narxli smartfonlar (2019 yil, oktyabr)

Benchmark jamoasi bu gal yangicha yondashdi: flagmanlar va o‘rta narxli smartfonlar uchun alohida-alohida reytinglarni taqdim etdi. Qizig‘i – ikkala ro‘yxatda ham birorta Samsung Galaxy smartfoni yo‘q!

Xiaomi yana ikkita smartfoniga barqaror global MIUI 11 proshivkasini tarqatmoqda

Ushbu ikkala holatda ham MIUI 11 grafik qobig‘i Android 9 Pie operatsion tizim talqini bazasiga qurilgan. Hajmi 1.9 gigabayt keluvchi mazkur apdeyt oktyabr xavfsizlik patchlarini ham o‘z ichiga olgan.

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga global barqaror MIUI 11 kela boshladi!

Xitoydan tashqarida yangi talqindagi global proshivkagacha yangilanayotgan modellar soni yana to‘rttaga ko‘paydi.

Siz qiziqqan smartfonga MIUI 11 keldi

MIUI 11'da foydalanuvchi interfeysining qator jihatlari yangilangan, lekin bu proshivka baribir Android 9 asosida ishlaydi.

MIUI 11'ning barqaror global proshivkasiga o‘tuvchi smartfonlar ro‘yxati e’lon qilindi

Taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, MIUI 11'ni qabul qiluvchi smartfonlar ro‘yhati 28 ta mobil qurilmadan iborat.

«Xiaomi, chetroq tur!» – 367 dollarlik Realme X2 Pro flagmani taqdim etildi!

Realme X2 Pro o‘z texnik xususiyatlariga ko‘ra Mi 9T Pro flagmaniga raqobatchi bo‘la oladi, ammo Xiaomi’ning bu modelidan yangilanish chastotasi 90 gerslik ekrani bilan ustun keladi.

Redmi 8, Redmi Note 8 hamda Note 8 Pro ham yetib keldi – Terashop.uz’da Xiaomi smartfonlari narxlari! (2019 yil 12 oktyabr)

Onlayn do‘konimizda barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Realme X2 Pro chindan ham Geekbench testida Redmi Note 8 Pro’ni «yer tishlatdi»!

Realme X2 Pro eng yuqori versiyada 12 gigabaytlik, LPDDR4X turiga mnsub tezkor xotiraga hamda 256 gigabaytlik UFS 3.0 turidagi ichki xotiraga ega. Benchmarkda ayni shu ilg‘or flagman tekshirilgan.

Eng qudratli smartfonlar o‘ntaligi (AnTuTu, 2019 yil, sentyabr)

AnTuTu benchmarki Android-smartfonlarning samaradorlik testiga ko‘ra kuchli o‘nligini e’lon qildi. Unda joriy yilning sentyabrida mana shu servisda sinab ko‘rilgan modellarning eng qudratlilari aks etgan.

Xiaomi smartfonlaridan oltitasiga barqaror MIUI 11 proshivkasi tarqatilmoqda, orasida arzon modellar ham bor!

Kompaniya MIUI 11 grafik qobiq talqiniga asoslangan proshivkalarni turli smartfonlariga tezkorlik bilan tarqatmoqda. Ular orasida O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan hamyonbop modellar ham borligi quvonarlidir.

Realme smartfondan boshqa gadjetlar bozorida ham Xiaomi’ga hamla qilyapti!

Mazkur gadjet shu yilning dekabrida birinchi bo‘lib Hindiston bozoriga chiqariladi, bu yerda arzon modellar juda xaridorgir. Ammo uning texnik xususiyatlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Xiaomi va Redmi flagmanlarining «kushandasi» 15 oktyabrda ringga tushadi!

Kompaniya Realme X2 Pro’ni samurayga qiyoslagan. Chindan ham, u eng tezkor va kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus bazasiga qurilgan va ko‘p jihatdan Xiaomi smartfonlarining «kushandasi» bo‘ladi.

Uchta modeldagi Redmi smartfoni rasman arzonlashdi!

Xiaomi yangi smartfonlar taqdimoti arafasida eskilarining narxini pasaytirishiga ko‘nikib ham qoldik. 9 oktyabrda u o‘zining Redmi 8 rusumli arzon telefonini namoyish qilyapti, shuning uchunmi...

Rasman savdoga chiqmagan bu flagmanni allaqachon sotishyapti, lekin... naq 140 000 dollardan!

Shu paytgacha hech kim unga buyurtma bermagani nitushunsa bo‘ladi. Axir, o‘zining anchagina qimmat bo‘lgan rasmiy narxidan ham bir necha o‘n baravarga smartfon sotib olishga kimning ko‘zi uchib turibdi, deysiz!?

Redmi K20 Pro Premium ham «damini olaversin»: SD855+ chipli eng arzon flagman rekordlarga boy! (+video)

Eng kuchli protsessor, 64 MPlik datchikli va 20 karralik zumli to‘rt modulli kamera, tezkor quvvatlash, displeydagi daktiloskop, yana eng arzon narxda!

Terashop.uz’da ham Mi 9 flagmani va boshqa Xiaomi smartfonlari arzonlashdi! (2019 yil 3 oktyabr)

Onlayn do‘konimizda barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

RASMAN: MIUI 11 barqaror proshivkasi qaysi Xiaomi smartfonlariga qachon yetib keladi?

Kompaniya kechagi taqdimot tadbirida ma’lum qilishicha, naq 46 modeldagi Xiaomi smartfonlari uchun ushbu dasturiy ta’minot asosida proshivka tayyorlanmoqda.

Xiaomi Mi 9 Pro 5G – dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni qarshi oling!

Yangi flagman ham Mi 9 dizaynida, ammo texnik xususiyatlarida farqlar mavjud. Avvalo, u eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus chipseti bazasiga qurilgan.

Redmi Note 7 Pro ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Xiaomi smartfonlari narxlari bilan tanishing! (2019 yil 21 sentyabr)

Onlayn do‘konimizda barcha Xiaomi smartfonlariga tegishli muddatli rasmiy kafolat beriladi va O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlar markazlariga yetkazib berish bepul!

Redmi K20 Pro Premium taqdim etildi va AnTuTu’da kuchini ham ko‘rsatdi!

Premium versiyasi «oddiy» Redmi K20 Pro modelidan farqlari unchalik ham ko‘p emas. Asosiy afzalligi – unda Snapdragon 855 Plus protsessori qo‘llangan va AnTuTu testida 20 foiz ustunlikni ta’minlab bergan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш