5G tezligi testi: iPhone 12 barcha Android-flagmanlarga mag‘lub bo‘ldi!

Mutaxassislar ayfonlarning 4G tarmog‘idan 5G standartiga o‘tishi bilan internet tezligi 2,3 baravarga oshganini ta’kidlashgan, lekin Android-smartfonlar baribir ancha oldinda.

108MPlik Redmi Note 10 Pro kamerasi iPhone 12’nikidan zo‘rmi? («jonli» test videosi)

Redskull nomli YouTube-kanal muallifi har ikkala gadjetning kamera imkoniyatlarini o‘zaro taqqoslab ko‘rsatdi. Bloger ularning turli ssenariylar bo‘yicha tasvirga olish imkoniyatlarini sinab ko‘rgan.

Xitoyning bu «o‘lmas» smartfoni iPhone 12 va Xiaomi Mi 10 Ultra’ni mag‘lub etdi! («jonli» video)

Ulefone Armor 11 5G modeli Dimensity 800 5G chipi asosida tayyorlangan bo‘lib, korpusi IP68/IP69K standartlaridagi himoyadan tashqari, AQShning harbiy MIL-STD-810G standarti talablariga ham javob beradi.

Galaxy S21 hamda iPhone 12 benchmarkda o‘zaro «jang» qildi (video)

Speed Test G nomli YouTube-kanal muallifi esa Apple va Samsung kompaniyalarining so‘nggi flagmanlarini bevosita benchmarkda, bir vaqtning o‘zida sinab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

Huawei rahbari raqiblar flagmanini dunyodagi eng zo‘r smartfon, deb e’lon qildi!

«Huawei’ning o‘zida endi premium-klass telefonlari yo‘qligi sababli, Huawei taqdim etgan 5G texnologiyasi qanchalik zo‘r ekanligini isbotlashda bizga shu smartfonlar yordam berdi», degan Jen Chjenfey.

Dunyo bo‘yicha simsiz 5G-internet tezligi reytingi: Nyu-Yorkda o‘ta past...

Mazkur tadqiqot uchun iPhone 12 smartfonidan foydalanilgan – unga o‘rnatilgan Ookla Speedtest ilovasi orqali 15 ta yirik shaharda 5G-internet tezligi o‘lchangan.

Uncha-munchaga o‘z narxini yo‘qotmaydigan o‘nta smartfon

Ishlab chiqaruvchilar kesimida olganda, kuchli o‘ntalikka uchtagina kompaniyaning smartfonlari kirgan, xolos. Samsung’ning birortayam vakili bu ro‘yxatda yo‘q.

iPhone 12 hamda Huawei Mate 40 mustahkamligini tasodifan... kir yuvish mashinasida sinab ko‘rishdi!

Kir yuvish mashinasida «ishlov berilgani»da, birining ekranidagi himoya shishasi biroz darz ketibdi, ikkinchisiga esa umuman shikast yetmabdi! Lekin sizlarga bunaqa usulda sinab ko‘rishni tavsiya etmaymiz...

«Kichkina demang bizni...» – DxOMark eng ixcham 5G-smartfon kamerasiga hukm o‘qidi

iPhone 12 mini kamerasining bahosi standart talqindagi iPhone 12 modeliniki bilan bir xil. iPhone 12 Pro va 12 Pro Max flagmanlari esa kamerofonlarning kuchli o‘ntaligiga kirgan.

Mutaxassislar iPhone 12 turkumi smartfonlarining xavfini aniqlashdi!

E’tibor bering: bu yerda ushbu seriyadagi to‘rtta smartfon – standart iPhone 12, undan ilg‘orroq iPhone 12 Pro, eng katta iPhone 12 Pro Max hamda eng ixcham iPhone 12 mini modellari haqida gap ketyapti.

iPhone 12’lar haqida o‘nta qiziqarli fakt

Apple korporatsiyasining o‘n ikkinchi avlod smartfonlari juda yaxshi sotilmoqda va bunga bir necha sabablar bor...

iPhone 12’lar qadog‘idan aksessuarlarni olib qolish bilan Apple qancha pul tejadi?

Xo‘sh, tabiatni asrash bahonasida smartfon qutisidan ikkita muhim aksessuarini olib qolish orqali Apple qancha pulni tejaganiga qiziqyapsizmi? Counterpoint Research tadqiqot kompaniyasi buni hisoblab chiqdi.

Amerikaliklarning o‘zlari qaysi iPhone’larni ko‘proq olishyapti?

O‘tgan yilning uchinchi choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan smrtfonlar reytingida birinchi va ikkinchi o‘rinlarni Apple’ning ikkita modeli egallagan edi. Keyin esa...

Apple ustidan kulgan Xiaomi’ning o‘zi ham Mi 11 qadog‘idan zaryadnikni olib tashlayapti! («jonli» suratlar)

Odatda Apple biror yangilikni amalga oshirganida, boshqa smartfonsozlar buni tanqid qilishadi, ustidan kulishadi, lekin ko‘p o‘tmay o‘zlari unga ergashishadi...

TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

Ro‘yxatga o‘zi to‘rttagina kompaniyaning turli modellari kirgan. Lekin yil boshidan beri sotilib kelayotgan 5G-smartfonlar ko‘rsatkichlarini reyting yetakchisi ikki haftadayoq «sindirish»ga erishgan!

iPhone 12 mini sotib olish uchun to‘rtta sabab

iPhone 12 mini kamchiliklardan xoli emas, lekin o‘ziga yarasha ustunliklari ham mavjud. Bu – eng ilg‘or protsessor va OLED-displeyga ega, shu bilan birga kaftga bemalol o‘rnashadigan yagona 5G-smartfondir.

Apple iPhone 12'ning to‘liq texnik jihatlari bilan tanishamiz

iPhone 12 o‘tgan yilgi iPhone 11'dan nafaqat tez ishlashi, balki boshqa qator xususiyatlari, jumladan, oshirilgan chidamliligi, OLED ekrani va 5G aloqasi bilan farqlanadi.

iPhone 12 smartfonlaridagi muammoni Apple tan oldi

Bu holatda qurilmani o‘chirib-yoqish kerak bo‘ladi, ammo bu bilan ham muammo butkul yo‘q bo‘lmaydi – bir necha kundan so‘ng yana takrorlana boshlaydi.

iPhone 12’ning tannarxini hisoblashdi: Apple uni ikki baravardan oshiq narxda pullayapti!

Xo‘sh, bitta iPhone 12’ni ishlab chiqarish Apple’ga qanchaga tushishiga hech qiziqib ko‘rganmisiz? Fomalhaut Techno Solutions kompaniyasi esa qiziqib ko‘rdi va barcha butlovchi qismlari narxlarini hisoblab chiqdi.

Raqobatchilar tugul, iPhone ustidan hattoki ommabop o‘yin ijodkorlari ham kulishdi!

Twitter tarmog‘ida turbojedi nikli foydalanuvchining yozishicha, u Call of Duty: Warzone o‘yinida iPhone’ga shama qiluvchi «haqiqatga maksimal darajada yaqin surat»ga duch kelgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш