Telegram Desktop’da yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Agar akkauntingiz parolini unutgan bo‘lsangiz va uni tiklash uchun qo‘llanuvchi elektron pochtangizga kirish imkoningiz bo‘lmasa, endi ikki bosqichli autentifikatsiya yordamida akkauntga kirishni tiklasa bo‘ladi.

Google foydalanuvchilarni aniqlashni osonlashtirdi (+video)

Yangi texnologiya yordamida foydalanuvchi bir talay parollarni eslab qolishi shart emas, shuningdek, unutilgan parol bo‘lsa uni qayta tiklashi mumkin.

Parollaringizni o‘g‘irlayotgan ushbu to‘qqizta Android-ilovani tezda o‘chiring!

Dr.Web allaqachon bundan Google’ni ogoh etishgan va ular Google Play katalogidan olib tashlangan. Biroq shu paytgacha o‘rnatib olingan smartfonlarda ushbu dasturlar o‘z faoliyatini davom ettira oladi.

Xakerlar tarixda eng yirik miqdorda – 8,4 milliard parolni o‘marishdi! (+tekshirish uchun havola)

CyberNews portali tekshirib ko‘rishingiz uchun maxsus sahifa ochgan: undagi maydonchaga o‘z parolingizni kiritib, «Check now» tugmachasini bossangiz, sahifa shu parolingiz o‘g‘irlangan yoki yo‘qligini ko‘rsatadi.

Markaziy bank plastik karta egalarini ogohlikka chaqirdi

Firibgarlar sizdan olgan ma’lumotlar (SMS-kod, login va parol va h.k) orqali bank kartangizdagi pul mablag‘larini ko‘chirib olish yoki sizning ruxsatingizsiz boshqarish imkonini qo‘lga kiritadi.

2020 yilning eng yomon parollari ikkita ro‘yxatda

Data Leakage & Breach Intelligence kompaniyasi 2020 yilda internetda keng tarqalgan parollarni o‘rgandi. Ekspertlar 30 mln akkauntdan iborat baza asosida eng ommalashgan parollar ro‘yxatini taqdim etishdi.

2020 yildagi eng yomon ELLIKTA parol: qarang-chi, sizniki yo‘qmikan bu ro‘yxatda?

Bulturgi reyting «yetakchisi» bo‘lgan parolni bu yil ham baribir 188000 mingdan oshiq kishi ishlatgan. Uni va bu yil eng ko‘p qo‘llangan parolni buzish uchun xakerlarga bir soniyadan ham kamroq vaqt yetarli ekan!

Ekspert Trampning Twitter-akkaunti parolini besh urinishdayoq topib, e’lon qildi!

2016 yili ham u AQSh prezidentining Twitter-akkaunti paroli «yourefired» ekanligini aniqlagan edi. Yaqinda aniqlangan parol – «maga2020!» esa «Make America Great Again» shiorining qisqartmasidir.

Ekspert eng oson buziladigan parol turlarini aytdi

Mutaxassisning ta’kidlashicha, aksariyat foydalanuvchilarning eng katta muammosi shundaki, ular «qwerty» turidagi yoki tug‘ilgan kuni sanasidan iborat bo‘lgan eng sodda parollarni qo‘llashadi.

Windows 10’da papkani parollashning ikkita bepul va oson yo‘li

Shaxsiy fayllaringizni begona ko‘zlardan asramoqchimisiz? Bepul va qulay ushbu ikkita usuldan birida ular nafaqat qulflanadi, balki hatto ko‘rinmay ham qoladi!

Turli gadjetlardagi eng zaif parollar: o‘zingiznikini tekshirib qo‘ying!

F-Secure kompaniyasining kiberxavfsizlik mutaxassislari eng ishonchsiz parollarni e’lon qilishdi. Bular – pochta yoki biror servisdagi akkaunt paroli emas, balki turli devayslarga qo‘yiladigan parollardir.

FBR jinoyatchining ayfonini Apple yordamisiz ham ocha oldi! Lekin terrorchiniki...

Grayshift kompaniyasi iPhone qulfini ochuvchi GrayKey nomli devaysni taqdim etgandi. Uni yasashda isroilliklarga sobiq Apple muhandislari va maxsus xizmatlar kiberxavfsizlik mutaxassislari ko‘maklashishgan.

2019 yilning eng yomon parollari reytingi: qarang-chi, unda sizniki yo‘qmikan?

Reyting 2019 yilda ommaviy sizib chiqqan naq yarim milliard login-parol asosida tuzilgan. Servisning saytida shulardan ikki yuzta eng sodda parollar ro‘yxati keltirilgan.

Saytlardagi parollaringizni iPhone’da ko‘rish usuli va buning xavfli tomoni bor

Apple smartfonlaridagi Safari brauzeri siz kirgan saytlardagi login va parollaringizni saqlab qola oladi. Shu boisdan ham, keyingi gal o‘sha saytni ochganingizda, u sizdan parol so‘rab o‘tirmaydi. Lekin...

Yandeks akkauntimizga begona joylarda ham parolsiz kiramiz

Vaziyat taqozosi bilan begona kompyuterda Yandeks akkauntingizga (pochta yo boshqa xizmatlaridan foydalanish uchun) kirishga to‘g‘ri kelib qolsa, login va parollarni kiritishga to‘g‘ri keladi...

Qo‘lga olingan xaker universitetning... qorovuli bo‘lib chiqdi!

Buzib kirilgan akkauntlar soni aniqmas, ammo 2018 yil iyundan 2019 yil yanvargacha uning bank hisobiga uch marta, jami 1,7 ming rubl miqdorida pul tushgan, so‘ng xaker ularni bank kartasiga o‘tkazib olgan.

Mail.ru pochtangiz bormi? Paroldan umidni uzavering!

Kelajakda kompaniya parolsiz elektron pochta qutilarini yaratishni yoki avvaldan mavjudlarida parolni qo‘llashdan voz kechishni ko‘zlamoqda.

TOP-20: Eng yomon parollar reytingi bilan tanishing! (2019 yil aprel)

Agarda sizning biror servisdagi parolingiz ushbu ro‘yxatdagilardan biri bo‘lsa, uni tezda o‘zgartirganingiz ma’qul.

Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni eslab qolish ham kerak

Reper Kane Uest AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashganida smartfonining parolini bildirib qo‘ydi. Xonandaning fantaziyasiga “qoyil” qolmasdan iloj yo‘q, arang «000000»ga yetibdi.

Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Parolni terish maydonchasining pastida, uni buzish uchun oddiy kompyuterda qancha vaqt kerak bo‘lishi aks ettiriladi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘n yildan kam bo‘lsa, ishonchliroq parol tanlashni maslahat beramiz.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш