Endi boshqa tarifga o‘tishda megabaytlaringiz kuyib ketmaydi!

Tarifingiz boshqa qaysi tarif rejasiga o‘zgartirilganda megabaytlaringiz saqlanib qolishi haqidagi ma’lumot bilan xabardagi jadvalda tanishib chiqishingiz mumkin.

«Bonuslar mavsumi» ochildi: teppa-tekinga 1 GB internet, O‘zbekiston bo‘yicha mingtadan daqiqa va SMS oling!

Shunchaki yangi ulangani uchun abonentlarga bonus tarzida taqdim etiluvchi ushbu limitlarning amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi.

15 sentyabrda iPhone 12’larni kutib xomtama bo‘lmang!

O‘n ikkinchi avlod ayfonlarning taqdimot va oldindan buyurtma qilish sanalarini AQShdagi uyali aloqa operatorlaridan biri sotib qo‘ydi va, afsuski, bu – xushxabar emas...

SMSlaringiz siz istagan vaqtda manzilga yetib boradi!

Vaqtni belgilang, matnni yozing, va xabar manzilga kerakli vaqtda yetib boradi!

Oylik internet-to‘plamlar yangilandi – eski narxda 5 karra ko‘p trafik!

Oldin 8900 so‘mlik eng kichik internet-to‘plam hajmi 100 megabaytlik bo‘lgan bo‘lsa, endi ayni shu narxga naq besh baravar katta – 500 megabaytlik yangi to‘plam olish mumkin.

«DONOLARNING O‘YINI»da Chevrolet Trailblazer avtomobilini yutib olishingiz mumkin!

Viktorina g‘oliblariga quyidagi sovrinlar taqdim etiladi: har kuni 5 million, har haftada ellik million, har oyda yetmish million so‘m; har uch oyda esa Chevrolet Trailblazer avtomobili!

«MEGAbaytlar +25%» aksiyasining muddati yana uzaytirildi!

Mazkur aksiya doirasida internet-to‘plamga kiritilgan trafik hajmining chorak qismicha miqdorda bonus trafik beriladi va u 30 kun muddatga taqdim etiladi.

AKT vazirligi: «O‘zbekistonliklar hali-veri «mobil qullik»dan qutulmaydi»

Shavkat Mirziyoyev «mobil qullik»ni tezda bartaraf etish haqidagi qarorni 2018 yilning may oyidayoq imzolagan edi. Bu boradagi dastlabki xabarlar undan ham avval chiqqan, ammo amalda...

Mobil aloqa uchun «TA’LIM» tarif rejasi va maxsus internet-to‘plamlar joriy etildi!

«TA’LIM» tarif rejasi – bu eng hamyonbop mobil aloqa yechimini izlayotgan ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun qulay tarifdir.

Mobil ilovadan foydalanib, 3750 MBgacha bonuslar oling!

Mazkur universal ilovasini yuklab olganda va undan foydalanganda, sovg‘a sifatida 50 MBdan 3750 MBgacha bo‘lgan internet-to‘plamlarning egasiga aylanasiz!

Bugunning o‘zida 290 daqiqa, 290 SMS va 290 MBni bepul olishga ulguring!

Mazkur to‘plamlardan bugun – 2 sentyabrning oxirigacha foydalanish mumkin. Ular bir martalik bo‘lib, birortasiga qayta ulanish yoki bir vaqtning o‘zida bittadan ortiq to‘plamni faollashtirish imkoni yo‘q.

«Talaba» tarif rejasini qarshi oling!

Ushbu tarif rejasi O‘zbekiston Respublikasining oliy o‘quv yurtlari hamda ularning filiallari talabalariga mo‘ljallangan. Unga boshqa tarifdan o‘tib bo‘lmaydi, faqat yangidan ulanish mumkin.

Bitta operatordan ikkita xushxabar: 90% chegirma va...

Ulardan biri ayrim saytlarga bepul kirish muddatining uzaytirilishi bilan bog‘liq, ikkinchisi esa chiroyli raqamlar ishqibozlariga ma’qul keladi.

Operator eng oddiy va eng foydali tarifga bepul ulanish muddatini uzaytirdi!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan, aksiyani 2020 yilning 31 dekabriga qadar uzaytiramiz, deyiladi xabarda.

Qachondan mobil telefon raqamingizni o‘zgarishsiz boshqa kompaniyaga o‘tkazish mumkinligini bilasizmi?

Shavkat Mirziyoyev «mobil qullik»ni tezda bartaraf etish haqidagi qarorni 2018 yil may oyidayoq imzolagan edi. Bu boradagi ilk xabarlar undan ham avval chiqqan bo‘lsa-da, shu tartib hanuz amalga kiritilmagan.

Internetdan faol foydalanuvchilar uchun yangi tarif!

Mazkur tarif rejasida oyiga 17 000 megabaytlik limit beriladi. Bundan tashqari, har kuni soat 00.00 dan to 08.00 gacha bo‘lgan vaqt uchun alohida – oyiga 8 000 megabaytlik tungi internet ham mavjud.

Endi Telegram orqali «Qo‘ng‘iroqqa buyurtma berish» mumkin!

Uyali aloqa operatorining maxsus Telegram-bot yordamchisini ulab, endi uydan chiqmagan holda kompaniya mutaxassisiga o‘z savollaringizni berishingiz, kerakli tavsiyalar olishingiz imkoni bor.

«EXTRA balans» xizmati bilan doimo aloqada bo‘ling!

Abonentlar ushbu xizmatdan avvalgi qarzini to‘lamagan holda ham foydalanishlari mumkin. Xizmat belgilangan limitdan oshmagan holda taqdim etiladi.

Ucell rahbari Vladimir Kravchenkodan o‘zbek tilini o‘rganish, davlat tilida ishlash bo‘yicha master-klass

Qiyofasi va ism-sharifidan bu yigitning o‘zbek millatiga mansub emasligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ammo uni yaqindan taniydigan, biladiganlar o‘zbek tilini hatto ba’zi o‘zbeklardan yaxshiroq biladi, deyishadi.

25 foiz megabayt qo‘shib beriladigan aksiya muddati 6 sentyabrgacha uzaytirildi!

Endi abonentlar avval belgilanganidek 6 avgustgacha emas, balki yana bir oy – 6 sentyabrgacha ushbu aksiyadan foydalanishlari mumkin. To‘plamga kiritilgan trafik hajmi 30 kun muddatga taqdim etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш