Samsung eng arzon va ommabop smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Yangi proshivka hajmi 926 MB bo‘lib, may oyidagi xavfsizlik patchlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u smartfonlarga eng yangi One UI grafik interfeysini ham taqdim etadi.

Huawei allaqachon o‘z operatsion tizimini ro‘yxatdan o‘tkazdi: u Hongmeng emas, Ark OS ekan!

Bu operatsion tizim smartfonlar, planshet va kompyuterlardan tashqari televizor va avtomobil kabi turli-tuman qurilmalarga mo‘ljallangan. Tag‘in u Android-ilovalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

3 iyundagi «katta namoyish»ida Apple nimalarni taqdim etyapti?

Bu yilgi tadbir – sanoq bo‘yicha o‘ttizinchi WWDC konferensiyasi hisoblanadi. Apple uning birinchi kunida yirik taqdimot tadbirini o‘tkazishini e’lon qildi.

Huawei’ning qo‘rqadigan joyi yo‘q: Android o‘rniga o‘zining Hongmeng operatsion tizimi bor!

Xitoylik texnogigant, har ehtimolga qarshi, o‘z smartfonlarida Android o‘rniga qo‘llash uchun operatsion tizimni ham tayyorlab qo‘ygan. Manbalar ushbu operatsion tizimning Hongmeng deb atalishini aytishmoqda.

Rasmiy ro‘yxat: Android 10’gacha yangilanuvchi Huawei smartfonlari

Huawei birinchi to‘lqinda sakkizta flagman smartfoniga Android 10 asosida proshivka tarqatadi. Keyinchalik boshqa modellarga ham Android Q talqiniga asoslangan apdeyt kelishi mumkin.

iPhone va iPad’larning qaysilari iOS 13’gacha yangilanadi, qaysilari – yo‘q?

iOS 12 taqdim etilganida, o‘sha paytgacha iOS 11 talqinida ishlab kelayotgan barcha qurilmalar uchun yangilanish imkoni berilgan edi. Ammo iOS 13 versiyasini qabul qilish uchun qat’iyroq talablar qo‘yilmoqda.

Google ilk bor Fuchsia haqida so‘z ochdi: u Android «qotili»mi?

«Eksperimental Fuchsia’dan maqsad – turli form-faktorlar, «aqlli uy» gadjetlari, taqiluvchi devayslar va, ehtimol, to‘ldirilgan va virtual reallik qurilmalari bilan ishlay olish», degan u.

Xiaomi o‘z smartfonlariga o‘ta foydali funksiyani qaytaryapti

Yangilangan MIUI Home ilovasining «ichini ochib» o‘rgangan XDA Developers dasturchilari MIUI grafik qobig‘iga kiritilayotgan ikkita yangi funksiyani payqab qolishgan.

Google tugmachali telefonlar uchun ham Android operatsion tizimini tayyorlayapti!

Taxminlarga ko‘ra, Google tugmachali telefonlarga mo‘ljallangan yangicha Android tizimini KaiOS operatsion tizimiga raqobatchi sifatida maydonga tushiradi.

RASMIY RO‘YXAT: Android 9’gacha yangilanadigan va yangilangan Xiaomi smartfonlari

Insayderlar tarqatgan ro‘yxatdagi uchta ommabop model, afsuski, rasmiy ro‘yxatda yo‘q. Kompaniya yana allaqachon Android Pie’gacha va Android 8 Oreo talqinigacha yangilangan smartfonlar ro‘yxatini ham bergan.

Ekspertlar barcha iPhone’larning istalgan Android-smartfondan asosiy ustunligini ma’lum qilishdi

Xavfsizlik yo‘nalishidagi Mobile&SecurityLab kompaniyasi mutaxassislari isbotlashganidek, iPhone’lar bu borada har qanaqa Android-smartfondan ustun.

iOS tizimiga 2015 yildayoq joriy etilgan funksiya Android Q talqiniga endi qo‘shilyapti! (+video)

Android Q tizimining dasturchilarga mo‘ljallangan hujjatlarida qurilmani boshqarishga bag‘ishlangan «MotionEvent» bo‘limi mavjud. Shu yerda «chuqur teginish» degan yangi atama paydo bo‘lgan...

Android 9’gacha yangilangan Samsung flagman smartfonlarida yana bir muammo chiqdi

Android 9.0 Pie yangilanishini o‘rnatganlaridan keyin mazkur modellardagi smartfonlar 4G tarmoqlariga ulana olmay qolgan. Bunda 3G hamda Wi-Fi tarmoqlariga ulanishda muammo yo‘q.

Android Q ikkinchi beta-versiyada taqdim etildi – yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)

Android Q beta-talqinini sinab ko‘rish uchun tegishli havola orqali Android beta-test dasturiga qo‘shilish kerak. Bunda yangilanish Wi-Fi orqali yuklab olinadi hamda fayl va ilovalar saqlangan holda o‘rnatiladi.

Android 10 Q talqinida «Raqamli farovonlik» yanada mo‘l-ko‘l bo‘ladi. U qanday funksiya o‘zi?

«Raqamli farovonlik» funksiyasi yordamida endi fon rejimida ishlayotgan dasturlarni to‘xtatish va muhimi – ularning yana avtomatik ishga tushib ketishini taqiqlash ham mumkin.

Android Q oboylari va ringtonlarini hozirdanoq o‘rnatib olishingiz mumkin!

Android Q beta-talqini hozircha faqat Google Pixel smartfonlari egalariga taqdim etilgan. Lekin uning ayrim yangiliklaridan allaqachon siz ham foydalana olasiz.

Android Q ilk beta-versiyada taqdim etildi: video va suratlarda yangi imkoniyatlar bilan batafsil tanishamiz!

Google kompaniyasi 14 martga o‘tar tunda Android 10’ning ilk rasmiy beta-talqinini taqdim etdi. Uni o‘rnatib olgan Google Pixel egalari esa Android Q’ning bir qator yangi imkoniyatlarini ham kashf qilishdi.

Barcha Xiaomi smartfonlari uchun zo‘r xushxabar bor!

Xiaomi mahsulotlar bo‘yicha direktori hamda MIUI dasturchilar bo‘linmasining rahbarining Weibo tarmog‘ida va’da berishicha, kompaniya smartfonlarida reklama kamaytiriladi.

Qaysi smartfonlar egalari Android Q’ni birinchilar qatorida sinab ko‘rishadi?

Google kompaniyasi xodimi Ilian Malchev ma’lum qilishicha, qurilmalari Android Q beta-versiyasini qabul qiluvchi smartfonsozlar safi bu yil kengroq bo‘ladi.

Android Q’ning ilk jamlanmasi 7 martdayoq chiqyapti!

Arstechnica nashri mualliflaridan biri Android’ning yangi versiyasi taqdim etiladigan kunni ma’lum qildi. Unga ko‘ra, o‘ninchi Android ikki kundan keyinoq – 7 mart kuni e’lon qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш