Nokia 9 taqdimoti oldidan kompaniyaning flagmani butun dunyoda arzonlashmoqda

Yevropada ushbu flagman dastlab 630-650 yevro narxida sotuvga chiqqan bo‘lsa, ayni damda uni 530 yevroga olish mumkin. Buyuk Britaniyada uning narxi 450 funt sterlinggacha, Hindistonda esa 500 dollargacha tushdi.

Eng yangi – Nokia 8.1 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

Ushbu bazada saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi gadjet ham Nokia X7 kabi Qualcomm Snapdragon 710 protsessoriga va Android 9 operatsion tizimiga ega.

245 dollarlik Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) taqdim etildi: Android 9.0 Pie tizimli va Snapdragon 710 chipli!

Nokia X7 – kompaniyaning Snapdragon 710 chipli ilk smartfoni bo‘lib, tezkor xotirasi 4 va 6, doimiy xotirasi esa 64 dan to 128 gigabaytgacha variantlarda taklif etiladi.

Hali taqdim etilmagan Nokia X7 smartfonini ilk rasmiy suratlarda tomosha qilamiz!

Nokia X7 diagonaliga 6,18 dyuymlik ekranga ega, uning tasvir aniqligi esa 2246x1080 pikselli. Snapdragon 710 chipsetli smartfon 4/64 hamda 6/128 gigabaytlik variantlarda taklif etiladi.

Nokia eng arzon qo‘sh kamerali smartfonini taqdim etdi

Atigi 150 dollarlik Nokia 3.1 Plus smartfoni Android 9 Pie tizimiga, sakkiz yadroli protsessorga, 2/16 yoki 3/32 GBlik xotiraga, 13+5 hamda 8 MPlik kameralarga, barmoq izi skaneriga ega.

Keyingi haftadayoq Nokia X turkumida yana bitta yangi smartfon chiqyapti!

Yangi smartfon qo‘sh ob’yektivli Zeiss kamerasiga ega, ammo uning texnik jihatlari va nomi ma’lum emas. Kompaniya xodimlari kuni kecha adashib e’lon qilib yuborgan «megadispley»li smartfon shumikan?

Nokia bilmasdan yangi – «megadispley»li smartfonini ko‘rsatib maqtandi (+rasmiy video)

Kompaniya xodimlari sal shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib, tizer videoroligini Twitter’ga chiqarishgan, ammo tezda o‘chirib tashlashgan. Shunga qaramasdan, chaqqon yuzerlar uni ko‘chirib olishga ulgurishgan.

Noyabrning oxirigacha beshta Nokia smartfoni Android 9 Pie’gacha yangilanadi

Nokia o‘z smartfonlarini hech bir grafik qobiqsiz, «toza» Android bilan chiqarayotgani bois ular operatsion tizimning yangi talqinlarini boshqa kompaniyalar mahsulotlaridan oldin, birinchilar qatorida oladi.

Nokia 9 PureView flagmanining besh modulli kamerasi misli ko‘rilmagan funksiyalarga boy!

Nokia smartfonlari kameralari maxsus dasturiy ta’minot tufayli bir qator ilg‘or funksiyalarga ega bo‘ladi. Ulardan ayrimlarining faqat nomi ma’lum va avval umuman biror smartfonsoz tomonidan qo‘llanmagan.

«Pentakamerali» Nokia 9 flagmanini ilk bor oldindan ko‘rsatishdi!

Insayderlar shu paytgacha Nokia 9 modelining bir necha «jonli» rasmlarini chiqarib yuborishgan, ammo biror marta bu flagmanning old yuzasini ko‘rsatishmagan edi.

Nokia 7.1 Plus: 360-darajada videorender

Tarmoqlarda paydo bo‘lgan yangi video Nokia taqdim etayotgan yangi smartfon dizayning barcha tafsilotlarini ochib beradi

Tayyor turing – Nokia yangi smartfon taqdimotiga taklif etmoqda

HMD Global bu tadbirda Nokia 7.1 Plus smartfonini taqdim etsa kerak. Mazkur model keng formatli, yuqori qismi «kemtik»li displeyga hamda Zeiss optikali qo‘shaloq kameraga ega.

Nokia 7.1 Plus displey: yaxshi tomonlari aytilmoqda

Yaqinda tarqalgan mish-mishlarga qaraganda, Nokia 7.1 Plus (Nokia X7, deb ham ataladi) 5,9 dyuymli ekran bilan ta’minlanadi.

Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung hali e’lon qilinmagan Nokia 9 flagmanini Galaxy smartfoniga almashtirib bermoqchi!

Janubiy koreyalik gigantning saytidagi e’longa ko‘ra, xaridorlar hali rasman taqdim etilmagan Nokia 9 flagmanini topshirib, yangi Samsung Galaxy xaridida 292 yevrogacha tejashlari mumkin ekan!

Nokia kutilmaganda X7 smartfonini namoyish etdi

Kompaniya xodimlari xatolikni tezda payqab qolib, bir necha soniyalar ichidayoq sahifani yana ko‘rinmas holga keltirishgan. Lekin xitoylik internet foydalanuvchilari chaqqonlik qilib, skrinshot olib ulgurishgan.

5 kamerali ekan: Nokia’ning eng qimmat smartfoni

Nokia monstruozli kamera, ya’ni bir yo‘la 5 ta ob’yektli smartfonini chiqarayotgani haqda internet tarmoqlarida anchadan buyon xabarlar yuribdi

Besh modulli inqilobiy kameraga ega Nokia smartfoni ilk «jonli» suratda!

Bu ishlanma uchun maxsus «penta-kamera» («beshtalik kamera»), shuningdek, «revolver kamera» atamalarini qo‘llashyapti.

Nokia yana bir afsonaviy brendni «tiriltirmoqchi»

Bugungi kunga kelib Android tizimli Nokia smartfonlari jamoatchilik tomonidan yaxshi qabul qilinmoqda. PureView brendi bilan ular yanada kuchayishi aniq.

«Eng kutilayotgan smartfon» Nokia 9 emas ekan, kompaniya unda olingan qoyilmaqom suratlarni tarqatdi!

Fotosuratlar Hindiston moda olamidagi eng yirik hodisa – «Lakmé moda haftasi» mobaynida olingan. Ularga qarab, qurilma kamerasining chindan ham ajoyib ekanini anglash mumkin.

Nokia eng kutilgan flagmanini keyingi haftada taqdim etyapti!

Uning reklama tasvirida silueti aks ettirilgan smartfonning Nokia 9 modeli ekani taxmin qilinmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш