Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan Xiaomi smartfonlarini topish imkonlari ko‘paymoqda (+video)

Smartfonni o‘g‘irlagan yoki topib olgan kishi endi grafik kalitni chizish orqali qurilmani o‘chira olmaydi. Grafik kalitni beshta urinishda buzish mumkinligini hisobga olsak, bu yaxshi yechimdir.

Xiaomi allaqachon ilovalarni MIUI 13’ga moslashtira boshladi

Internetda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, MIUI 13 anonsi shu iyun oyidayoq bo‘lib o‘tadi. Xiaomi rasmiy ilovalaridan biri – MIUI Cleaner yangi beta-talqinida ham dasturchilar u haqidagi qaydni payqab qolishdi.

iOS 15 hamda iPadOS 15 taqdim etildi: yangilanuvchi iPhone va iPad’lar ro‘yxatlari

Ilk beta-talqinlar allaqachon chiqarilgan, ularning ommaviy versiyalarini esa iyulda sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi. Yakuniy versiyalardagi iOS 15 hamda iPadOS 15 relizi esa kuzga rejalashtirilgan.

Huawei yuzga yaqin smartfon va planshetlariga HarmonyOS 2.0 tarqata boshladi (rasmiy ro‘yxat)

Xitoylik texnogigant 2 iyundagi taqdimotida HarmonyOS 2.0 tizimini yakuniy talqinida namoyish etdi. U o‘zining yuzga yaqin modeldagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeyt to‘rtta bosqichda tarqatadi.

iPhone egalari norozi: iOS yangilanishi akkumulyatorini «yeb» qo‘ymoqda!

«Qurbon»lardan biri tunda o‘zining «uyqudagi» iPhone 12 smartfoni zaryadining 30 foizini yo‘qotgani haqida xabar berdi.

Xiaomi fanatlari petitsiya tuzishdi: ular nimadan norozi?

Muxlislar kompaniyadan «yana yo‘nalishini o‘zgartirib, yana smartfonlar narxini va ularga xizmat ko‘rsatishni avvalgidek holatga qaytarish»ni so‘rashgan.

iOS 15 hamda iPadOS 15’ga yangilanuvchi 16 xil ayfon va 13 xil aypad ro‘yxati

WWDC 2021 konferensiyasida ayfonlar uchun iOS 15 hamda aypadlar uchun iPadOS 15 tizimlarining namoyishi kutilmoqda. Wccftech resursi ubu proshivkalarni oluvchi smartfon va planshetlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Huawei eski smartfonlari egalarini ham HarmonyOS testiga chaqiryapti! (ro‘yxat)

Ushbu mobil qurilmalar egalari beta-sinovlarda ishtirok etish uchun 17 mayga qadar ariza berishlari mumkin.

Eng zo‘r buklamafonda desktop rejimi paydo bo‘ldi: Windows’dan qolishmaydi! (+video)

Mi Mix Fold desktop rejimida xuddi Windows kabi interfeysga ega: unda tanlangan ilovalar va sozlamalarni tezkor ochish uchun «Pusk» menyusining analogi ham bor.

MIUI 13 proshivkasini oluvchi 80 xildagi Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlari ro‘yxati

Xiaomi Mi Community rasmiy forumining moderatori tasdiqlashicha, MIUI 13 grafik qobig‘i 2021 yilning ikkinchi choragida namoyish etiladi. Insayderlar mazkur anons 25 iyun kuni bo‘lib o‘tishini aytishgan.

To‘qqiz xil POCO smartfonlari uchun global MIUI 12.5 testi boshlanyapti (qo‘shilish uchun havola)

Yangi grafik qobiqning global talqini asosidagi proshivkani sinab ko‘rish dasturida qatnashish uchun shu smartfonlar egalari xabardagi havola orqali o‘tib, ariza to‘ldirishlari lozim.

iOS 14.5 proshivkasi iPhone 12’larning muhim imkoniyatini ochib berdi

Apple o‘z smartfonlari uchun iOS 14.5, planshetlariga iPadOS 14.5 va aqlli soatlariga watchOS 7.4 tizimlarini chiqardi. Yangi proshivka o‘n ikkinchi avlod iPhone’larning avval ochilmagan qirrasini namoyon etdi.

Xiaomi to‘rt xil smartfonida proshivka yangilanishini to‘xtatyapti

Kompaniya dasturchilarining ta’kidlashlaricha, 21.4.21 raqamli yakuniy MIUI 12.5 beta-versiyadagi apdeyt Xiaomi kompaniyasining ushbu telefonlari uchun oxirgisi bo‘ladi.

MIUI 12.5 yakuniy proshivkasi yettita Xiaomi smartfoniga muddatidan oldin kela boshladi!

Rasmiy grafikka ko‘ra, bu proshivkalarning birinchi to‘lqini 30 aprelda uzatila boshlashi kerak edi. Lekin Xiaomi beshta emas, balki yetti xil smartfonlariga ularni muddatidan bir hafta oldin tarqatyapti!

Xiaomi smartfonlariga oid muhim yangilik feyk bo‘lib chiqdi!

Xabarda asos qilib olingan – vidjetlar va Windows Mobile tizimidagi kabi «plitka»lar aks etgan surat Slashleaks saytidan olib tashlangan.

To‘rt yillik Samsung smartfonlariga ham endi Android 11 o‘rnatish mumkin!

Proshivkalarga Android 11’ning barcha asosiy o‘ziga xosliklari kiritilgan, ularda foydalanuvchi interfeysi sodda, yana turli qo‘shimcha sozlamalar ham joriy etilgan. Lekin...

Xiaomi ishqibozlari, MIUI 13’ni kutmay qo‘yavering – o‘rniga umuman yangisi chiqadi!

«Xitoycha Apple» 6 aprel kuni Mi Fan Open Day tadbirida MIUI 12.5 grafik qobig‘ining yakuniy versiyasi tarqatilish kunini aytgan. Keyinchalik MIUI 13 grafik qobig‘i chiqishi kerak edi, lekin...

Uch yillik Xiaomi smartfonlari egalariga xushxabar bor!

MIUI 12.5 grafik qobig‘i asosidagi proshivka tarqatilishi e’lon qilingach, Xiaomi ixlosmandlari uning eski smartfonlarga ham kelish-kelmasligiga qiziqishgan...

MIUI 12.5 relizi rasman e’lon qilindi: aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari

Yakuniy talqindagi yangi proshivkani shu oyning so‘nggi kuni – 30 aprel sanasida taqdim etishadi va birinchi partiyada beshta rusumdagi smartfonlarga yuborishadi.

Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlari egalariga xushxabar!

MIUI grafik qobig‘i har bir yangilanish bilan takomillashishda davom etmoqda. Jumladan, navbatdagi apdeyt bilan undagi standart videopleyer – Xiaomi Mi Video juda foydali funksiyaga ega bo‘ldi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш