iPhone’ingiz kamerasi va mikrofoni orqali qaysi ilovalar sizni kuzatayotganini bilasizmi?

Birorta ham ilova mikrofon yoki kameradan ruxsatsiz foydalana olmaydi. Hamma gap ayfon egalarida: biror ilovani o‘rnatayotganda, u ruxsat so‘ragan ro‘yxatni o‘qib ham o‘tirmasdan tasdiqlab yuboraverishadi.

ZTE biryo‘la ikkita «kemtik»li ekranga ega smartfon chiqaradi

iPhone X bilan kupertinoliklar boshlab bergan dizaynda ZTE korporatsiyasi yanada ilgarilab ketdi – uning navbatdagi smartfonlaridan biri biryo‘la ikkita «o‘yiq»qa ega displey bilan jihozlanadi!

O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 28 aprel)

Ushbu Xiaomi devayslari uchun to‘lov siz istagan usulda; bunda narxlar o‘zgarmaydi. Shuningdek, hamkorlarimiz xaridingizni butun O‘zbekiston bo‘yicha BEPUL yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘yishgan.

Oppo A3 – «kemtik»li romsiz ekranga va 4/128 GB xotiraga ega smartfon taqdim etildi

Oppo A3 diagonali 6,23 dyuymga teng bo‘lgan Full HD+ (2280x1080 pikselli) displey bilan jihozlangan. Tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatida bo‘lgan romsiz ekran qurilma old yuzasining 88 foizini egallagan.

Telegram orqali Suriyadan boshqarilgan terrorchilar qo‘lga olindi

Surishtiruv-tergov ishlari mobaynida yana bir necha gumonlanuvchi ushlangan, ekstremistik ruhdagi ko‘plab ta’qiqlangan adabiyotlar, xorijdagi hamkorlar bilan aloqa qiluvchi vositalar topilgan.

IUT talabalari AKT vazirligining stipendiyasiga sazovor bo‘lishdi

Vazirlik tomonidan o‘qishda, ijtimoiy hayotda, ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyatlarga erishayotgan yoshlar uchun maxsus stipendiyalar joriy etilib, iqtidorli talabalar e’tirof etildi.

Ucell yangi – «Kayfiyat» tarif rejalari tizimini joriy etdi

«Kayfiyat» yangi tarif rejalari tizimi 10 000 so‘mdan boshlangan oylik abonent to‘lovi evaziga abonentlarga muloqot uchun eng kerakli barchasi – butun bir oy uchun daqiqalar va megabaytlarni taqdim etadi.

Xiaomi’ning yana bir ommabop smartfoniga Face Unlock qo‘shilmoqda

Xiaomi kompaniyasining 2016 yili taqdim etilgan va hozirgacha ommabop smartfonlaridan biri – Mi 5 modeliga Face Unlock texnologiyasi bu smartfonga so‘nggi – MIUI 9 (8.4.25) beta talqini bilan keladi.

iPhone SE 2 smartfonini, nihoyat, «jonli» videoda ham ko‘rsatishdi!

Agar hozirgacha tarqalgan mish-mishlar rost bo‘lib chiqsa, iPhone SE 2 modelini Apple shu yilning may yoki iyun oyida – WWDC 2018 anjumanida taqdim etishi kutilmoqda.

Xiaomi Mi Pad 4 hech bir planshetda bo‘lmagan xususiyat bilan chiqariladi

Mi Pad 4 asosiy kamerasi 13 megapikselli bo‘lib, OmniVision OV13855 sensoriga ega. Selfilar uchun uning old paneliga Samsung S5K5E8 datchikli 5 megapikselli kamera o‘rnatilgan.

Samsung atigi 1 GB «operativka»li arzon smartfon chiqaryapti

Bunaqa texnik xususiyatlarga ega Galaxy J2 Core faqat «qirqilgan» Android Go operatsion tizimida yaxshi ishlay oladi. Shunga yarasha, u hamyonbop model bo‘lishi ehtimoli yuqori.

Nihoyat, iPhone SE 2’ning ilk «jonli» suratlari chiqdi!

Ushbu suratlarga qaraganda, «olmali» korporatsiya xarajatlarni kamaytirish maqsadida iPhone SE 2 modelida ham eski dizaynni qo‘llashda davom etmoqchi.

Qarshi oling: Opera Touch – bitta qo‘lda boshqarishga moslangan mobil brauzer!

Opera Touch mobil brauzeri bitta qo‘lda boshqarishga qulay qilib ishlangan va login-parol kiritishni talab qilmasdan desktop Opera bilan sinxronlasha oladi.

Xiaomi’ning turli gadjetlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 26 aprel)

Xiaomi kompaniyasining har xil gadjetlariga endi O‘zbekistonning istalgan joyidan buyurtma berishingiz mumkin! Ular tegishlicha rasmiy kafolatga ega, to‘lov esa siz istagan usulda!

To‘rt kamerali, «kemtik»siz va romsiz ekranli Galaxy S10 videosini tomosha qilamiz

Samsung Galaxy S10 hamda S10+ modellari «nihoyasiz» va «kemtik»siz ekranga ega bo‘ladi. Barmoq izi skaneri, nihoyat, bu modelda displeyning o‘ziga joriy etiladi.

Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)

Samsung smartfonlariga endi O‘zbekistonning istalgan joyidan buyurtma berishingiz mumkin! Plastik kartocha va onlayn to‘lov vositalari orqali ham ayni shu narxlarga xarid qila olasiz.

iPhone yaxshimi yoki Android-smartfon? (2ta video)

Apple mazkur reklama roliklarida iPhone’ga o‘tishning afzalliklarini ko‘rsatib bergan. Shuningdek, bu lavhalarda raqib tomonga nisbatan hazil ham mavjud.

Smartisan’ning mutlaqo romsiz, Snapdragon 845’li flagmani tayyor!

Smartisan R1 smartfoni yaqinda Xitoyning CCC regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tdi, bu esa uning taqdimot sanasigacha oz vaqt qolganligidan dalolatdir.

LG G7 ThinQ flagmani Geekbench’da yuqori ko‘rsatkich namoyon etdi

Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida LG G7 ThinQ ko‘rsatkichlari paydo bo‘ldi. Mazkur qurilmaning bazasi sifatida yakka kristalli Qualcomm Snapdragon 845 tizimi xizmat qiladi.

Hamyonbop smartfon haqida tavsif-blogpost yozing va MDC Uzbekistan’dan smartfon yutib oling!

«Hamyonbop smartfonlar haqidagi eng yaxshi tavsif-blogpost» nominatsiyasi g‘olibi Terabayt.uz tahririyati tomonidan aniqlanadi va qo‘sh kamerali, HD-ekranli MDC Prime Lite smartfoni bilan taqdirlanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш