Nokia 9 PureView flagmanining besh modulli kamerasi misli ko‘rilmagan funksiyalarga boy!

Nokia smartfonlari kameralari maxsus dasturiy ta’minot tufayli bir qator ilg‘or funksiyalarga ega bo‘ladi. Ulardan ayrimlarining faqat nomi ma’lum va avval umuman biror smartfonsoz tomonidan qo‘llanmagan.

ILK BOR: Xiaomi smartfoni uxlayotgan egasi yonida portlab ketdi!

Xiaomi forumida Mi A1 smartfoni batareyasining portlagani haqidagi ilk ma’lumot e’lon qilindi. Yaxshiyamki, bu holat yong‘inga sabab bo‘lmagan va shundoqqina ening yonida uxlab yotgan egasiga zarar yetmagan.

Terashop.uz’dan MDC smartfonlarini xarid qiling – O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 2 oktyabr)

MDC smartfonlariga endi O‘zbekistonning istalgan joyidan buyurtma berishingiz mumkin! To‘lovini esa tovar qo‘lingizga tekkanida, o‘zingiz istagan usulda amalga oshiraverasiz!

Eng kuchli protsessorli eng ilg‘or Android-smartfon ham tezkorlikda iPhone XS’ga bas kelolmadi!

Bu smartfonsoz yaqinda o‘zining yangi protsessori Apple A12 Bionic’dan, flagmani esa iPhone XS’lardan zo‘r ekanligini aytib maqtangan. Ammo Geekbench servisidagi test natijalari buning aksini ko‘rsatmoqda.

Galaxy A6s smartfonining «jonli» surat va xususiyatlarini TENAA oshkor etdi

Samsung Galaxy A6s smartfoni diagonaliga 5.99 dyuymlik LCD-displeyga ega. IPS matritsali ushbu ekranning tasvir sifati Full HD+ formatida, ya’ni 2160x1080 pikselli.

TERASHOP.UZ’da AKSIYa: MEIZU smartfonini xarid qilib, xotira kartasini sovg‘aga oling!

MEIZU smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konidan sotib olishda 32 GBgacha hajmli microSD xotira kartasini hadyaga olasiz!

EKSKLYuZIV VIDEO: Xiaomi’ning eng qimmat flagmanini bukib, tirnab, yondirib sinab ko‘rishdi!

Zak Nelson Xiaomi kompaniyasining eng qimmat, eng ilg‘or Mi 8 Explorer Edition flagmanini ishdan chiqarish uchun qanchalik harakat qilish kerakligini amalda ko‘rsatib berdi.

Galaxy A9s – Samsung’ning «to‘rtko‘z» kamerali ilk smartfoni!

Android 8.1 Oreo operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi Galaxy A9s modeliga Snapdragon 660 protsessori, 4/6 GB tezkor va 64/128 doimiy xotira hamda 3720 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatiladi.

17 oktyabrda namoyish etiladigan OnePlus 6T flagmanini MUTLAQO BEPUL olasizmi?

Agarda siz ham The Lab dasturi doirasida OnePlus 6T flagmanini mutlaqo tekinga olishni istasangiz va o‘zingizga ishonsangiz, maqoladagi havola orqali o‘tib, ariza to‘ldirib, tanlovda qatnashishingiz mumkin.

Lenovo ham xuddi Huawei Mate 20 Pro singari «to‘rt ko‘zli» kameraga ega smartfonini reklama qila boshladi!

Lenovo vitse-prezidenti yangi gadjetining reklama tizerini Weibo tarmog‘ida e’lon qildi. Tizer to‘rtta kamerali va «sun’iy idrok» funksiyalariga ega smartfonga ishora qilayotir.

Meizu’dan yana bitta yangi smartfon: M8 Note «jonli» rasmlarda!

Mazkur brendning Note turkumidagi smartfonlari keng ekrani, yaxshi texnik jihatlari va munosib narxi bilan e’tiborga tushgan. Ularning navbatdagisi M822Q model raqami ostida TENAA’da ro‘yxatga olindi.

Xiaomi’ning yana uchta ommabop smartfoniga MIUI 10 proshivkasi «qo‘sh kamerali» effektini baxsh etdi!

MIUI 10 Global Stable ROM proshivkasi asosida Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini yotadi. Xiaomi smartfonlariga ushbu proshivka bir qator yangi imkoniyatlar baxsh etadi.

Galaxy P30 smartfonining «jonli» rasmlari Samsung muxlislarining hafsalasini pir qildi!

Xitoyning telekommunikatsiya sohasida guvohnoma beruvchi TENAA tashkiloti saytida Samsung Galaxy P30 modelining har tomonlama olingan «jonli» suratlari paydo bo‘ldi. Lekin afsuski...

Xiaomi’ning yangi – sirli LEX hamda romsiz Mi Mix 3 smartfonlarida maxsus Xiao AI tugmachasi bo‘ladi!

Mi Mix 3 va sirli Xiaomi LEX smartfonlarida Xiao AI «aqlli» yordamchisi uchun maxsus tugmacha o‘rnatilmoqda, uni ikki marta bosish amaliga boshqa buyruqlarni ham belgilash imkoni bo‘ladi.

«Pentakamerali» Nokia 9 flagmanini ilk bor oldindan ko‘rsatishdi!

Insayderlar shu paytgacha Nokia 9 modelining bir necha «jonli» rasmlarini chiqarib yuborishgan, ammo biror marta bu flagmanning old yuzasini ko‘rsatishmagan edi.

MEIZU smartfonlarining originalligini va O‘zbekistonda sertifikatlanganligini aniqlaymiz

MEIZU smartfonining originalligini, shuningdek, O‘zbekiston hududida rasman savdoga chiqarilgani va unga bu yerda servis xizmati kafolatlanganligini aniqlash yo‘lini kompaniyaning o‘zi ma’lum qildi.

Terashop.uz’da allaqachon sotilayotgan Redmi Note 6 Pro, nihoyat, rasman taqdim etildi!

iPhone X dizaynli Redmi Note 6 Pro bosh va old kameralari qo‘shaloq, 4000 mA/soatlik batareyasi esa so‘zlashuv rejimida 19 soatga, Full HD-videoda 8,5, o‘yinlarda 6, musiqa tinglashda esa naq 34 soatga yetadi!

Lenovo oktyabrdagi taqdimotgacha sabri yetmay, romsiz Z5 Pro smartfonini ko‘rsatdi!

Lenovo Z5 Pro slayder form-faktoriga ega – kerakli paytda uning daktiloskopik skanerli ekrani asosiy korpusdan pastga suriladi hamda old kamera va boshqa datchiklar ko‘rinarli bo‘ladi.

Meizu 16X: skanerli displeyga ega arzon flagman videotavsifini tomosha qiling!

Ushbu model Meizu 16 flagmanining nisbatan arzonroq varianti sanalsa-da, dizayni va ko‘plab xususiyatlariga ko‘ra undan farq qilmaydi. Jumladan, unda ham barmoq izi skaneri displeyga joylangan.

Rekord hajmli «operativka»ga ega smartfon tayyor!

Oppo kompaniyasi o‘zining Find X flagmanini yangi modifikatsiyada tayyorlagan – uning tezkor xotirasi hajmi 10, doimiy xotirasi hajmi esa 256 gigabaytga teng.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш