Eng zo‘r o‘nta hamyonbop smartfon (AnTuTu global reytingi, 2020 yil aprel)

Nufuzli chipsoz – Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu ro‘yxatda ham kuchli uchlikka kira olmagan, ammo qolgan barcha o‘rinlar aynan uning chipsetlari bazasidagi qurilmalarga tegishli.

1200 dollarlik Samsung flagmani bu reytingda zo‘rg‘a 10-o‘rinni oldi!

Narxi 1400 dollarlik bo‘lishiga va kompaniya kamerasini maqtaganiga qaramasdan, kamerofonlar reytingida u atigi 122 ball olgan.

Redmi dunyodagi eng arzon 5G-flagmanni yap-yangi protsessorli «ekstremal» versiyada chiqardi

Redmi K30 5G Extreme Edition deb atalgan ushbu model Qualcomm endigina namoyish etgan Snapdragon 768G protsessorli ilk smartfondir.

Narzo 10A hamda Narzo 10 chiqdi – ulkan akkumulyatorli arzon smartfonlar!

Narzo 10 o‘yinbop Helio G80 chipsetiga, 6,5 dyuymlik HD+ displeyga, 4/128 GB xotiraga hamda 48 MPlik kvadrokameraga ega. Narzo 10A esa 12 + 2 + 2 MPlik kamera, Helio G70 chipi va 3/32 GBlik xotiralidir.

Android borasida Samsung’ning eng ulkan xatosini bilasizmi?

Android asoschisi nutqini tugatgach, oraga jimlik cho‘kadi – Samsung vakillari ma’noli nigohlar bilan bir-biriga qarab olishadi. Ularning bari bir xil fikrga kelgandi: «Bu yigitcha bizni ahmoq qilmoqchimi!?»

Microsoft barcha Android-smartfonlar uchun zo‘r ilova chiqardi

Bing Wallpapers’ning asosiy o‘ziga xosligi evaziga qurilmangiz ekrani sizga har kuni yangi hayratlar baxsh etadi va hech qachon joningizga tegmaydi.

RASMIY RO‘YXAT: MIUI 12’gacha yangilanuvchi 32 modeldagi smartfon

Ya’ni, mazkur Xiaomi va Redmi smartfonlari egalari yaqin orada mazkur grafik qobiqni sinab ko‘ra oladilar va vaqti kelib, shu modellar barqaror MIUI 12 proshivkasigacha yangilanishi aniq bo‘ldi.

Meizu o‘zining ilk 5G-flagmanini namoyish etdi

8 may kuni o‘tkazilgan onlayn konferensiyada Meizu 17 smartfoni rasman taqdim qilindi. Yaqinda o‘tkazilgan testda Xiaomi Mi 10, Huawei P40 Pro hamda Oppo Find X2 Pro flagmanlarini ortda qoldirgan edi.

Global versiyali MIUI 12 taqdimot kunini Xiaomi rebus yordamida e’lon qildi

MIUI 12 Global chiqishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Xiaomi kompaniyasi Twitter tarmog‘idagi MIUI rasmiy sahifasi orqali rebus e’lon qildi. Kompaniya bunda «ushbu muhim sanani eslab qolish»ni maslahat bergan.

Yangi reytingda iPhone 11’dan keyingi – ikkinchi o‘rinni atigi 140 dollarlik smartfon egalladi!

Ushbu ro‘yxatga yana iPhone 11 Pro va 11 Pro Max, Samsung Galaxy A51, Galaxy A10S, Redmi Note 8 Pro, Galaxy A20S, Galaxy A01, Redmi 8A kabi smartfonlar ham kirgan.

Rasmiy video kutilayotgan «beli baquvvat» va hamyonbop Galaxy A21s’ning ayrim jihatlarini ko‘rsatdi

Insayderlar taqdim etgan Galaxy A21s videosini 91mobiles nashri e’lon qildi va uni rasmiy reklama roligi, deyishmoqda. Bu esa mazkur smartfonning taqdimoti yaqin ekanligidan dalolatdir.

AnTuTu eng qudratli flagmanlar TOP-o‘ntaligini e’lon qildi (2020 yil aprel)

Ularning barchasi Snapdragon 865 platformasi bazasida ishlaydi. Jahondagi yetakchilardan biri bo‘lmish mahalliy smartfonsoz – Huawei’ning birorta ham modeli bu ro‘yxatga kirmagani g‘alati.

2014 yildan beri chiqqan barcha Samsung smartfonlari xavf ostida ekan! (+«jonli» video)

Mazkur himoya tuynugini topgan xavfsizlik mutaxassisi xakerlar undan qanday foydalanishlari mumkinligini ham ko‘rsatib bergan! Shundan so‘ng Samsung’ning paytavasiga qurt tushgan...

LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Smartfon MIL-STD-810G harbiy standartiga ega, ya’ni nafaqat suv va changdan, balki zarbalardan ham himoyalangan. Uning 4000 mA/soatlik akkumulyatori zamonaviy USB Type-C porti orqali quvvatlanadi.

TOP-10: Eng kuchli hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil aprel)

AnTuTu reytingini asta-sekin 5G-smartfonlar zabt etib boryapti: faqatgina so‘nggi uchta o‘rinda 4G-smartfon turibdi. Qualcomm protsessorlariga asoslangan smartfonlar bu gal kuchli uchlikka kira olmagan.

Yaponiyada atom bombasini «qayta portlatgani» uchun Xiaomi uzr so‘radi (+video)

Smartfonlaridagi 30 vattlik tezkor quvvatlanish funksiyasi maqtalgan reklama lavhasi Yaponiya reklama bozoriga xos bo‘lgan «tentakona» uslubda tayyorlangan. Lekin bunda Xiaomi ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ygan...

Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Ushbu reytingida u o‘zidan ancha qimmat bo‘lgan Honor V30 Pro, iPhone XS Max, Galaxy S9+ hamda Xiaomi Mi CC9 Pro Premium Edition kabi nomdor flagmanlardan yuqorida turibdi.

Huawei eng tejamkorlar uchun planshet va ikkita smartfon taqdim etdi

Ushbu devayslarning barchasi Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan EMUI 10 grafik qobig‘iga ega. Lekin ularda Google servislari va ilovalari mavjud emas.

Nokia: «Azizim, dunyoga bevaqt kelibmiz...»

Yilning 1-choragida dunyo bo‘ylab 300 milliontadan kam smartfon sotilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 13 foizga pastdir. Xitoyda esa ahvol yanada chatoq – pasayish 27 foizga yetgan!

Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Amerikalik chipsoz uni SM8350 kodli nomi ostida tayyorlamoqda. 5 nanometrlik texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqilayotgan mazkur chipsetning asosini Kryo 685 yadrolari tashkil etadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш