MIUI 12.5 Enhanced Edition taqdim etildi: 13 avgustdan u 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga keladi

Xiaomi’ning ta’kidlashicha, bu apdeyt protsessorga yuklamani 15 foizga, quvvat sarfini 8 foizga pasaytiradi. Unga tizim darajasidagi 160 ta takomillashtirish joriy etilgan.

MIUI 13 proshivkasini birinchi to‘lqinda mana shu 12 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari oladi

Mazkur gadjetlarga keladigan MIUI 13 grafik qobig‘i smartfon modeliga bog‘liq holda Android 11 yoki Android 12 operatsion tizimi asosida ishlangan bo‘ladi.

MIUI 12.5’ga yangilamay turing – 5 xil Xiaomi hamda POCO smartfonlarini u ishdan chiqaryapti!

Uchta rusumdagi smartfonda o‘yinlarda muammolar yuzaga kelgan – PUBG Mobile hamda Call of Duty: Mobile o‘yinlarida samaradorlik o‘ta pasayib ketgan. Yana ikkitasida esa ekran sensori yaxshi ishlamay qolgan.

MIUI+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi 34 xil Xiaomi, Redmi va Poco smartfoni

MIUI 12.5 grafik qobig‘i yangi – MIUI+ texnologiyasini ham o‘z ichiga olgan. Ammo ushbu grafik qobiq bazasidagi proshivkani olgan (yoki oladigan) smartfonlarning hammasi ham uni qo‘llab-quvvatlamaydi.

MIUI 13 taqdimoti tezlashdi: ilk beta-testi 7–16 iyul kunlari o‘tkazilmoqda!

Bu grafik qobiq kompyuterlar, planshetlar va televizorlar bilan birga ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Dinamik effektlar va aks etish effektlari MIUI 12 talqinidagidan ko‘ra silliqroq va yorqinroq bo‘ladi.

Uch yillik eng arzon ikki xil Redmi smartfoni uchun ham MIUI 12 chiqdi!

Kompaniya bu proshivkalarni «havo orqali» tarqatmayapti – xohlovchilar Mi Flash Tool maxsus ilovasi orqali o‘rnatib olishlari mumkin.

MIUI 13 smartfonning tezkor xotirasini kengaytira oladi! (+video va skrinshotlar)

Xiaomi hozir Android 12 tizim talqini bazasidagi ushbu yangilanishning ichki testlarini o‘tkazmoqda – yaqindagina ushbu tizimda ishlayotgan ilk Xiaomi smartfoni ommabop GeekBench benchmarkida «qo‘lga tushgan».

MIUI 13 proshivkasini oluvchi to‘qqizta Xiaomi va Redmi smartfoni: to‘rt yillik flagman ham bor!

Bunga ajablanmasa bo‘ladi: Xiaomi hozir ham ommabop bo‘lgan uchta eski flagmanini e’lon qilgan va unga ko‘ra, 2017 yilgi yetakchi smartfondan bugungi kunda 2,15 mln kishi faol foydalanib kelayotgan ekan!

Yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan Xiaomi smartfonlarini topish imkonlari ko‘paymoqda (+video)

Smartfonni o‘g‘irlagan yoki topib olgan kishi endi grafik kalitni chizish orqali qurilmani o‘chira olmaydi. Grafik kalitni beshta urinishda buzish mumkinligini hisobga olsak, bu yaxshi yechimdir.

Xiaomi allaqachon ilovalarni MIUI 13’ga moslashtira boshladi

Internetda tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, MIUI 13 anonsi shu iyun oyidayoq bo‘lib o‘tadi. Xiaomi rasmiy ilovalaridan biri – MIUI Cleaner yangi beta-talqinida ham dasturchilar u haqidagi qaydni payqab qolishdi.

Xiaomi yana 16 xil smartfonida Android 11 proshivkasini sinab ko‘rmoqda

Yangi ro‘yxatda endi «tasdiqlangan modellar» ustuni yo‘q – undagi barcha smartfonlar «Android 11 ichki tekshiruvi ketayotgan qurilmalar» ustuniga ko‘chirilgan.

Android-smartfonlar uchun Apple dizayneri yaratgan grafik qobiq chiqyapti!

Origin OS grafik qobig‘i asosidagi yangicha proshivka ushbu kompaniyaning nafaqat yangi, balki allaqachon bozorga chiqqan smartfonlariga ham taqdim etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш