TAS-IX uchun to‘plamlar: narx o‘zgarmasdan, megabaytlar ko‘paydi!

30 oktyabrdan TAS-IX hududi uchun taqdim etilayotgan to‘plamlar narxi o‘zgarishsiz qolgani holda, ulardagi trafik hajmi oshirilmoqda. Mazkur internet-to‘plamlar 30 kun muddatda amal qiladi.

Operator birdaniga ikkita ommabop xizmatiga chegirma e’lon qildi!

Ularning biridan 16 noyabrgacha bo‘lgan davrda, ikkinchisidan esa 10 dekabrga qadar arzon narxlarda foydalanish mumkin.

Shavkat Mirziyoyev onlayn kinoteatrlarni tanqid qildi

Tegishli tashkilotlarga mamlakatimizda ro‘yxatga olingan ko‘ngilochar saytlar, radio va telekanallarni o‘rganib, mualliflar manfaatlarini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Megabaytlar o‘tkazish xizmatiga yangi cheklovlar kiritilyapti!

Uyali aloqa operatori o‘z abonentlari uchun o‘zaro internet-trafik o‘tkazish xizmatini ishga tushirgan edi. Kompaniya rasmiy saytidagi xabarga ko‘ra, 22 oktyabrdan uning shartlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Uyali aloqa operatori yana bitta arzon tarifini yopyapti

Lekin abonentlar mazkur tarif shartlari bilan tegishli havola orqali tanishib chiqib, agar ma’qul kelsa, yopilmasidan oldin – 16 oktyabrgacha unga o‘tib olishlari mumkin.

Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

TikTok’da deyarli 10 million obunachiga ega bo‘lgan vloger 2019 yil 1 iyuldan 2020 yil 30 iyungacha 10,47 million rubl ishlab topgan. Uning Fendi qo‘shig‘i tarmoqning rus segmentidagi mutlaq rekord o‘rnatgan.

Kunlik va oylik maxsus internet-to‘plamlar chiqdi!

«4G Kun» hamda «4G Oy» internet-to‘plamlari bo‘yicha taqdim etiladigan megabaytlarni Wi-Fi tarmog‘i orqali tarqatish imkoni ham mavjud.

Biometrik pasport o‘rniga olinadigan ID-karta haqida batafsil ma’lumot

ID-karta qancha muddatda beriladi? Uning blankasiga qanday ma’lumotlar kiritiladi? ID-kartani qachon olish mumkin, yo‘qolsa nima qilamiz? Kimlarga qanday imtiyozlar bor?.. – bariga bittada javob oling!

Yana bir viloyatda TATU filiali tashkil etiladi

Shuningdek, joriy yilda mazkur yo‘nalishda 14 ta tayanch maktab, 2021-2023 yillarda esa respublika bo‘yicha jami 205 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilishi belgilangan.

O‘qishga imtihonsiz kirish imkonini beruvchi yana bir tanlov joriy etildi

Tanlovda 1-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar birinchi o‘quv yili uchun to‘lov OTMning mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan holda imtihonsiz o‘qishga qabul qilinadi.

Pulingiz qaytarib ham beriladigan «Kunlik» tarif rejasini qarshi oling!

«Kunlik» tarif rejasida abonent to‘lovi kuniga 600 so‘mga teng bo‘lib, yana 10 foizlik keshbek (abonent raqamining hisobiga pul mablag‘larini qaytarish) tizimi ham joriy etilgan.

Prezident farmoni: Har bir aholi punkti kamida 10 Mbit/s.lik internetga ulanadi!

«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–6079-son, 05.10.2020 y.) qabul qilindi.

O‘zbekistonda ham Alibaba Group rasmiy vakili ish boshladi

O‘zbekistonda rasman ish boshlashidan hech qancha o‘tmay, u mahalliy qandolatchi korxona bilan 3 million AQSh dollariga teng shartnomani imzolagan.

Mobil operator ommabop tarifini va cheksiz internetli to‘plamlarini bekor qilyapti

Lekin hali tarifning ham, internet-to‘plamning ham yopilishigacha ozroq vaqt bor – shungacha ulanib ulgursangiz bo‘ladi!

O‘zbekistonda elektr energiyasini hisoblashning yangicha prinsipiga o‘tiladi

Loyiha doirasida 2020 yilning oktyabr oyida respublika bo‘yicha jami 850 ming 204 ta 1 fazali va 88 ming 312 ta 3 fazali elektr energiyasi hisoblagichlari yetkazib beriladi.

Bu operator yana biryo‘la ikkita xushxabar tarqatdi!

Kuni kechagina biz uyali aloqa operatorining ikkita – yangi tarif rejasi haqidagi va aksiya xususidagi xabarlarini e’lon qilgan edik. Lekin o‘z abonentlarini xursand qilishdan to‘xtamayapti!

Hokimning o‘g‘li 150 km/soat tezlikda avtomobil haydab, TikTok’da jarimalari bilan maqtandi (video)

«Potensial qotil, Dilshod ismli 01K550XA raqamli avtomashina haydovchisi, jarimalarni yig‘adi va ularni TikTok'da g‘urur bilan namoyish etadi. Qiziq, u kimning farzandi ekan-a?» – deya izoh yozgan Makarenko.

Yana bir operatordan ikkita xushxabar: yangi tarif rejasi va aksiya!

Ushbu aloqa operatori yaqinda oyiga 20 ming megabaytlik tarif rejasini chiqargan edi. 30 sentyabr kuni esa u o‘z abonentlari uchun birdaniga ikkita yoqimli xabarni e’lon qildi.

IMEI-kodni ro‘yxatga olish joriy etilgani kimlarga yaxshi bo‘ldi? (+video)

Telefon sotib olayotganda uning IMEI-kodi bir oydan so‘ng ro‘yxatga olinishini aytishadi. Shunda «Nega bir oydan so‘ng?» deya savol berishingiz kerak. Tabiiyki, bu noqonuniy olib kirilgan telefon bo‘lib chiqadi.

Bepul kiriladigan saytlar ro‘yxatini kengayib, muddati ham uzaydi!

Uyali aloqa operatori internet-resurslarga bepul kirish imkoniyati bo‘yicha xushxabar e’lon qildi. Endi naq 32 ta saytga to 2021 yilning 11 yanvarigacha (shu kuni ham) bepul kira olasiz!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш