Vladimir Putin atigi 10 dollarlik VR-shlem yordamida virtual olamga sayohat qildi (+video)

Moskva davlat universiteti talabalari ushbu o‘quv dargohining muzeyidagi eksponatlarning uch o‘lchamli modellarini yaratishgan va ularni VR – virtual reallik (virtual borliq) formatida tomosha qilish mumkin.

Faqat boylar uchun: Louis Vuitton High Snobiety – naq ming dollarlik quloqchin!

Tabiiyki, bu yerda Louis Vuitton faqat brendni bozorda ilgari suruvchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Quloqchinning ishlab chiqaruvchisi esa Master & Dynamic kompaniyasidir.

Microsoft nihoyat MWC ko‘rgazmasida qatnashib, inqilobiy gadjetini ko‘rsatmoqchi!

Windows Phone yopilganidan so‘ng Microsoft yillik MWC ko‘rgazmalarida qatnashmayotgandi. HoloLens loyihasi ustida bir necha yildan beri ishlab kelishmoqda, demak – inqilobiy biror nima kutish mumkin.

«Homilador» g‘iloflar: Apple ayfonlar uchun Smart Battery Case – g‘ilof-batareya sota boshladi!

Apple avval iPhone 7 va iPhone 6/6s uchun ham «ikkiqat» g‘iloflar chiqargan edi. Yangilari 2018 yilgi modellarga mos, Qi simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lib, ikki xil: oq va qora ranglarda.

CES 2019 ko‘rgazmasida SanDisk naq 4 terabaytlik USB-fleshka taqdim etdi!

Fleshka bozorga qachon chiqarilishi hozircha ma’lum emas, ammo u o‘ta qimmat bo‘lishi aniq. Avvalroq ayni shu SanDisk brendi ostida chiqarilgan 2 terabaytlik USB-fleshkalarning narxi 1000 dollardan ham oshiq.

Quloqchindan ehtiyot bo‘ling – Nukusda u o‘smirning o‘limiga olib keldi!

Kishi quloqchin orqali musiqa tinglab yoki telefonda gaplashib ketayotib, atrofdagi xatarni sezmay qolishi mumkin. Kuni kecha Nukus shahri temir yo‘l vokzali yonida bo‘lgan baxtsiz hodisa bunga yaqqol misoldir.

CES 2019: Padrone EasySMX Ring Mouse – innovatsion uzuk-sichqoncha! (+video)

Uzuk tegishli sensorlar yordamida ko‘rsatkich va o‘rta barmoq harakatlarini, stol yuzasiga chertishlarini seza oladi. Ularni Bluetooth orqali kompyuterga uzatib, sichqonchaning o‘rnini bemalol bosadi.

Egasini avariyadan saqlovchi Sgnl V70 quloqchini taqdim etildi! (+video)

Har yili atrofidagi ovozlarni eshitmagani uchungina xavfli vaziyatni payqamay qolgan 130 ming kishi halok bo‘ladi. Sgnl V70 quloqchini esa musiqa shaydolarini shunday holatlardan himoyalaydi.

Apple’ning 2018 yilgi eng ommabop mahsuloti e’lon qilindi – bu smartfon, planshet yo kompyuter emas...

Bu yil kupertinolik texnogigant o‘zining deyarli barcha turkumlardagi gadjetlarini yangiladi. Biroq eng ommalashgan Apple qurilmasi 2016 yilda taqdim etilgan mitti mahsuloti bo‘lib chiqdi.

Apple gadjetining «kushanda»si taqdimotidan avval Huawei uning ilovasini tarqatmoqda!

Ushbu innovatsion gadjetni xitoylik texnogigant kelasi yil boshida, Huawei P30 smartfoni bilan birga taqdim etishi kutilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш