PlayStation Classic kutilmaganda butun dunyoda 40 foizgacha arzonlashdi!

Sotuvga chiqqaniga bir oy ham bo‘lmasidan, PlayStation Classic butun dunyo bo‘ylab rasmiy savdo nuqtalarida arzonlashtirildi. AQSh, Kanada va Avstraliyada ham uning narxi 100 dollardan 60 dollargacha tushgan.

Videoo‘yinlar miyani rivojlantirar ekan – olimlar buni Dota 2 misolida isbotlashdi!

Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, o‘yin malakalari darajasi yuqori bo‘lgan kishilarda miyadagi kul rang modda miqdori, shuningdek, miya faolligining sifati oshib borar ekan.

2018 yilda eng ommalashgan o‘yin va ilovalar: foydalanuvchilar ularga 76 milliard dollar sarflashgan!

2018 yilda o‘rtacha smartfon foydalanuvchisi kuniga uch soat vaqtini mobil ilovalarga bag‘ishlagan. Bu ko‘rsatkich 2017 yildagiga nisbatan 10 foizga, 2016 yilgiga qaraganda esa naq 20 foizga ko‘pdir.

Pokemon Go’da uzoq kutilgan yangilanish: endi unda o‘zaro jang qilish mumkin!

«Jonli» raqiblar bilan kurash geymerlarga o‘yin ichidagi mukofotlarni, jumladan, hozirda ommalashgan Sinnoh Stone’ni olish imkonini beradi.

Xiaomi yana bitta o‘yinbop smartfon – sirli Mi Play’ni taqdim etyapti!

Bu – jahon bozoriga mo‘ljallangan Pocophone F1’ning Xitoy uchun tayyorlangan modifikatsiyasi yoki Huawei’ning Honor Play smartfonlariga javob tariqasida – o‘sha narx toifasida tayyorlangan yangi model bo‘ladi.

Epic Games afsonaviy o‘yinlar turkumini App Store’dan butkul olib tashladi

App Store’da hozirda Infinity Blade o‘yinlarini izlasangiz, natija bermaydi. Ammo bu o‘yinni avval o‘rnatgan va o‘chirib tashlagan bo‘lsangiz, xaridlar tarixi orqali uni topib, qaytadan o‘rnatishingiz mumkin.

Xakerlar PlayStation Classic himoyasini buzishdi, endi unga har qanday o‘yinni yuklash mumkin! (+video)

Qurilma ichini ochishga ham hojat yo‘q – kompyuter orqali ayrim fayllar ustida bir nechta harakatni amalga oshirib, keyin o‘yinlarni fleshkaga yuklab, uni Sony PlayStation Classic’ning USB-portiga qo‘yiladi.

The Game Awards 2018: o‘yinlar olamida yilning eng zo‘rlari taqdirlandi

O‘yinlar sanoati va bozoriga bag‘ishlangan The Game Awards 2018 taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yildagi eng yaxshi o‘yinlar, geymerlar, o‘yin musiqalari hamda saundtreklari kabilar ma’lum qilindi.

Counter-Strike: Global Offensive o‘yini endi bepul bo‘lib, unga «Battle Royale» rejimi ham qo‘shildi!

Valve kompaniyasi ushbu yangiliklar bilan Counter-Strike: Global Offensive o‘yinini hozirda ancha ommalashgan Fortnite hamda PUBG kabi raqiblariga qarshi qo‘ymoqda.

«Yovuzlik makoni 2»: hali taqdim etilmagan Resident Evil 2 o‘yinining 20 daqiqalik geympleyini tomosha qiling!

Yangilangan «Yovuzlik makoni» avvalgi – original o‘yinning davomi, ikkinchi qismidek o‘ynaladi. Resident Evil 2 kelasi yilning 25 yanvarida PS4, XONE va kompyuterlar uchun rasman taqdim etiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш