AnTuTu’ning yangi qiroli: «sharshara ekranli» ilk smartfon salkam 500 ming ball oldi! (+narxlari)

Black Shark 2 Pro tezkor xotirasi 12 GB bo‘lsa-da, «atigi» 8 GBlik «operativka» bilan ham Vivo NEX 3 5G uni ortda qoldirdi! Hali kim biladi – uning 12 gigabaytlik versiyasi qanday mo‘’jiza ko‘rsatar ekan.

«Roskachestvo» reytingi: 2019 yil kuzdagi eng zo‘r smartfonlar

ICRT (International Consumer Research & Testing Ltd) tashkiloti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida «Roskachestvo» ayni damgacha bozorga chiqqan eng zo‘r smartfonlar reytingini e’lon qildi.

Kirin 990'li Huawei smartfoni Geekbench'da

Katta ehtimol bilan bu qurilma Mate 30 yoki Mate 30 Pro bo‘lishi kerak, sababi ularning taqdimoti yaqin.

Har uchala iPhone 11 modeli AnTuTu’da: bor-yo‘g‘i shumi!?

Bu yilgi eng arzon ayfon atigi 4 GB tezkor xotiraga ega ekanligi ma’lum edi. AnTuTu testi natijalariga ko‘ra, uning har ikkala «aka»si ham shunaqa – bor-yo‘g‘i 4 gigabaytlik «operativka»ga ega ekan!

Geekbench’da yangi rekord: Kirin 980 va Snapdragon 855+ chipli barcha flagmanlar «damini olaversin»!

Eng yangi protsessori evaziga ushbu flagman mazkur benchmarkda rekord natija qayd etdi. U yakka yadroli testda 5472 ball, barcha yadrolari ishtirokidagi tekshiruvda esa salkam 14 000 ball to‘plagan!

Nokia 9 PureView'ning besh kamerali moduli DxOMark'da hammaning hafsalasini pir qildi

DxOMark PureView kamerasining tavsifini e’lon qildi. Natijalar esa ko‘ngildagidek emas. 85% lik ko‘rsatkichi bilan gadjet uch yil oldingi iPhone 7 qayd etgan natijani ko‘rsatgan bo‘lsa, Nokia 8 Sirocco'dan biroz yaxshiroq xolos.

Redmi K20 qanchalik chidamliligini ko‘rsatdi (+video)

JerryRigEverything nomi bilan tanilgan YouTube'chi Zek Nelson smartfonni o‘zining mashhur chidamlilik sinovidan o‘tkazdi.

Yangicha hisoblash modeliga ega Geekbench 5 rasman taqdim qilindi

Geekbench sintetik testi yaratuvchisi bo‘lgan PrimateLabs kompaniyasi platformaning yangi beshinchi versiyasi Geekbench 5'ni taqdim qildi.

TOP-10: Eng kuchli smartfonlar bilan tanishamiz! (AnTuTu, 2019 yil avgust)

Kuchli o‘nlikning naq to‘rtta pog‘onasini bitta kompaniya smartfonlari egallagan va birinchi marta uning hamyonbop brendi vakili qudratlilar reytingiga kirgan.

Bu yilgi eng arzon iPhone taqdimotdan avval Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi

Apple A13 protsessoriga va 4 gigabaytlik tezkor xotiraga ega ushbu ayfon iOS 13.1 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Aytib o‘tish kerakki, iPhone XR atigi 3 GBlik «operativka»ga ega.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш