Galaxy A40s ham namoyish etildi: 6,4 dyuymlik, «beli baquvvat» smartfon!

Infinity-U displeyi «kemtigi»da 16 megapiksellik, f/2,0 diafragmali selfi-kamera joylashgan. Orqa paneldagi bosh kamera esa 13+5+5 megapiksellik optik sensorlarni va fotochaqnoqni o‘zida birlashtiradi.

2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

6,1 dyuymlik iPhone 11R modeli esa, original iPhone XR kabi bitta modulli emas, balki qo‘shaloq kameraga ega bo‘lishi mumkin. Ularning ikkalasi ham 12 megapiksellik optik datchiklar bo‘ladi.

«Yelena» – «sun’iy ong»li virtual teleboshlovchini qarshi oling! (+video)

«Sofiya» kabilardan farqli ravishda, «Yelena» – hayotda mavjud odamsimon robot emas, balki «sun’iy idrok» tizimini qo‘llagan holda faqat kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan virtual personajdir.

Xiaomi periskop kamerali «Rafael» va «da Vinchi» smartfonlarini tayyorlayapti

Bularning ikkalasi ham Snapdragon 855 chipli flagman modellar bo‘lib, selfi-kamerasi korpus ichidan chiqadi. Tasvir aniqligi kamida Full HD+ formatli displeyga daktiloskop ham integratsiya qilinadi.

Yana bir institutimiz Jahon banki grantiga sazovor bo‘ldi – 80 ming dollar!

Namangan muhandislik-texnologiya institutining «To‘qimachilik sanoatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun innovatsion o‘quv markazini yaratish» loyihasi 80 ming dollarlik mablag‘ bilan moliyalashtirildi.

TOP-15: Eng ommabop o‘yin pristavkalari – PlayStation 4 atigi 6-o‘rinda!

Juda muvaffaqiyatli chiqqaniga qaramasdan, PlayStation 4 konsoli besh yillik sotuvlardan so‘ng ham eng ommabopi emas ekan. Birinchi o‘rinni esa uning 2000 yili taqdim etilgan «ajdod»i egallab turibdi.

Google Chrome’ga endi qo‘shiladigan reklamasiz mutolaa rejimini hoziroq sinab ko‘rish mumkin!

Yangi funksiya veb-vahifadagi reklama, izohlar va boshqa chalg‘ituvchi elementlarni yashiradi. Foydalanuvchi bunda faqat eng kerakli ma’lumotlar: sarlavhalar, maqola matni va undagi suratlarnigina ko‘radi.

Koreya bilan hamkorlikda Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi ochildi

Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi (UZNEL) loyihasi respublikamizda ilk joriy etilgan elektron kutubxona sifatida faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda.

DxOMark reytingida Galaxy S10 5G kameralari birinchi o‘rinlarni olib, video bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

Selfi-kameralar reytingida eng yuqori – 97 ballik natija ko‘rsatgan Galaxy S10 5G videoga olish sifati bo‘yicha rekord qo‘ydi – u videos’yomka bo‘yicha DxOMark reytingida 100 ball ola bilgan yagona smartfondir!

Axborot va kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekistonda saytlar bloklanayotgani haqidagi YeXHT tanqidiga munosabat bildirdi

YeXHTning OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir O‘zbekiston hukumatini saytlarni bloklamaslikka va OAV haqidagi qonunchilikni xalqaro normalarga muvofiqlashtirishga chaqirgan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш