O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

  •   DiMaX
  •  1035
  •  10.04.2021 11:03

O‘z narxi doirasida eng kuchli smartfonlar (AnTuTu’ning beshta reytingi, 2021 yil mart)

Keyingi kunlarda biz mart oyidagi testlar natijalariga ko‘ra AnTuTu benchmarkining bir nechta reytinglarini e’lon qildik. Bular: Xitoy bozoridagi eng kuchli Android-flagmanlar va o‘rta narxli smartfonlar, jahon miqyosidagi eng zo‘r flagmanlar va eng kuchli hamyonbop smartfonlar, shuningdek, o‘z egalarini rozi qilgan smartfonlar kabilardir. Bu ro‘yxatlardan tashqari...

O‘QING: AnTuTu’ning yangi reytingi: eng qimmat iPhone 12 Pro Max atigi 6-o‘rinda! (2021 yil mart)

Mazkur servis jamoasi, bulardan tashqari, beshta narx toifasida Android-smartfonlarning reytinglarini ham taqdim etgan. Unda qurilmalar Xitoydagi, shu mamlakat valyutasidagi narxi bo‘yicha beshta guruhga ajratilgan va shu kategoriyalarning har biridagi eng zo‘rlari alohida ro‘yxatlarda berilgan. Tushunish qulay bo‘lishi uchun biz ularning narxlarini AQSh dollarida ham ko‘rsatmoqdamiz.

Demak, eng arzon – 1999 yuan (305 dollar)gacha bo‘lgan smartfonlar orasida eng kuchlisi – tezkor/ichki xotirasi 6/128 GBlik Redmi K40 ekan. Eslatib o‘tamiz, garchi arzon qurilmalar bo‘lsa-da, mana shu hamda Redmi K40 Pro modellari ushbu benchmarkning fevraldagi eng zo‘r Android-flagmanlar reytingiga ham kirgan edi.

O‘QING: Xiaomi besh daqiqada 300,000 dona Redmi K40 sotdi

Ikkinchi narx toifasi – 2000 dan to 2999 yuangacha (306 –456 dollarlik) smartfonlar orasida lider esa 8/128 gigabaytlik Redmi K30S Extreme Commemorative Edition flagmani bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kategoriya g‘olibining yana bir nomi – Redmi K30 5G Racing Edition bo‘lib, uning standart Redmi K30 5G modelidan farqlarini mana bu xabarimizda ko‘rsatganmiz.

O‘QING: Atigi 150 dollarlik 5G-smartfon – Redmi 20X surati, xususiyat va ranglari rasmiy posterda!

Uchinchi kategoriyaga esa 3000–3999 yuanlik (458–610 dollarlik) smartfonlar kiritilgan bo‘lib, ular orasida eng zo‘ri – 8/128 gigabaytlik Xiaomi Mi 10S bo‘lib chiqqan:

Dizayniga ko‘ra Xiaomi Mi 10 Ultra yubiley superflagmaniga ko‘proq o‘xshaydigan mazkur gadjet birdaniga DxOMark audioreytingida yetakchiga aylanib ham ulgurgan. Bunisiyam mayli...

O‘QING: Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

To‘rtinchi guruhdagi, ya’ni narxi 4000–4999 yuan (611–763 dollar) orasida bo‘lgan smartfonlar orasida ham Xiaomi korporatsiyasining vakili – o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan Black Shark brendi yaqindagina taqdim etgan flagman birinchilikni qo‘lga kiritgan. Bu – tezkor/doimiy xotirasi 12/256 gigabaytlik Black Shark 4 Pro geymerofonidir.

E’tibor bergan bergan bo‘lsangiz, yuqoridagi to‘rtta narx toifasiga mansub smartfonlar reytinglarida faqatgina «Xitoycha Apple» vakillari lider bo‘lib kelgan.

O‘QING: MIUI 12.5 relizi rasman e’lon qilindi: aprel-may oylarida yangilanuvchi 25 xil Xiaomi va Redmi smartfonlari

Va nihoyat, beshinchi kategoriya – 5000 yuandan (774 dollardan) qimmat bo‘lgan smartfonlar reytingida boshqa kompaniya vakili yetakchi bo‘lgan. Bu – Vivo kompaniyasining iQOO brendi tayyorlagan iQOO 5 Pro flagmanining 12/256 gigabaytlik variantidir.

Eslatib o‘tamiz, Qualcomm Snapdragon 865 protsessorli iQOO 5 Pro hamda iQOO 5 geymerofonlari o‘tgan yilning 17 avgust kuni taqdim etilgan bo‘lib, sentyabrdayoq AnTuTu reytingini ostin-ustun qilib yuborgan edi.

O‘QING: Xitoyning bu flagmanlari iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilyapti!