RASMAN: 11 avgustda Redmi eng zo‘r flagmanini taqdim etadi!

  •   DiMaX
  •  4407
  •  06.08.2020 15:18

RASMAN: 11 avgustda Redmi eng zo‘r flagmanini taqdim etadi!

«Xitoycha Apple» joriy yilning 11 avgustida o‘zining Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition flagmanini namoyish qiladi. Bu – shu paytgacha turli xabarlarda Xiaomi Mi 10 Pro Plus yoki Xiaomi Mi 10s nomlari bilan atab kelinayotgan, kodli nomi esa Mi 10 Pro Super Cup bo‘lgan yubiley smartfonidir.

O‘QING: Xitoyliklarning bu smartfoni AnTuTu reytingini «portlatdi»!

Ma’lum bo‘lishicha, ayni shu onlayn marosimda Redmi brendining ham flagman smartfoni taqdim etiladi. Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi Xiaomi rasmiy sahifasida e’lon qilingan mana bu rasmiy poster shundan darak beryapti:

Redmi K30 Extreme Commemorative Edition modeli sifatida chiqadigan bu yubiley modeli hozirgacha Redmi K30 Ultra deb atalib kelayotgan edi. Uning allaqachon ishlab chiqarila boshlagani haqida yozganmiz, yaqinda esa uning «jonli» rasmlari va xususiyatlari Xitoyning TENAA agentligi ma’lumotlar bazasida paydo bo‘lgan.

O‘QING: Hali chiqmagan iOS 14 hamda Android 11’dagi zo‘r funksiya Xiaomi smartfonlariga allaqachon qo‘shilyapti!

Hali taqdimoti bo‘lib o‘tmasidan turib, Redmi K30 Extreme Commemorative Edition allaqachon JD.com onlayn savdo maydonchasiga chiqishga ham ulgurgan:

Kuni kecha – 4 avgustda mazkur brend Redmi 9 Prime modelini taqdim qilgan edi. Kompaniyaning Redmi K30 Pro modeli esa AnTuTu benchmarkining iyul oyidagi eng zo‘r flagmanlar reytingida hattoki eng qimmat Xiaomi Mi 10 Pro flagmanini ham quvib o‘tib, kuchli uchlikka kirgan.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlarining global proshivka, global versiya va xitoycha versiyalari, ularning o‘zaro farqi haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olasiz.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!