«Yilning asosiy arzonlatib sotuvi»: 13 iyungacha Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslariga chegirmalar bor!

Unda smartfonlar, televizorlar, aksessuarlar va Xiaomi ekotizimiga kiruvchi boshqa mahsulotlarga chegirmalar belgilangan.

AliExpress: Rossiyaliklar eng ko‘p olayotgan o‘nta smartfonning dastlabki beshtasi bitta kompaniyaga tegishli

TOP-o‘ntalikka jami beshta brend mahsulotlari kirgan. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ular orasida dunyo bo‘yicha yetakchi smartfonsoz – Samsung kompaniyasining birorta ham telefoni yo‘q!

realme 8 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 8 5G'ni nomidan realme 7 5G'ning davomchisi deb o‘ylarsiz, ammo realme 8 5G ba’zi jihatlari bilan oldingi avlod smartfonidan ortda qoladi.

24–25 may kunlari Xiaomi, Redmi hamda Poco smartfonlari va boshqa devayslarini 40% gacha chegirma bilan olish mumkin!

Bunda eng katta arzonlashuv yap-yangi Redmi Note 10 smartfoni xaridida amal qiladi – barcha chegirmalar va kuponlardan foydalangan holda, uni naq 40 foizga arzon olsa bo‘ladi.

Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

Realme Watch 2 Pro smartvotchi katta – 1,78 dyuymlik, tasvir aniqligi 32x285 piksellik ekranga ega. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nit, kadr yangilanish chastotasi esa 30 gersga teng.

Global versiyali ommabop Redmi smartfoni 144 dollargacha arzonlashdi!

Rasmiy namoyishidan bir yil o‘tgach, Xiaomi ushbu modelini arzonlashtirib, AliExpress onlayn savdo maydonchasida atigi 144 dollardan sota boshlashdi.

Harbiy himoya va NFC modulli «o‘lmas» smartfon atigi 170 dollardan sotuvga chiqdi (video)

Korpusi IP69K darajasida va AQShning MIL-STD-810G harbiy standartiga ko‘ra himoyalangan smartfon suv, chang va zarbaga chidamli. U na qattiq yerga tushib ketishdan, na suv, na muz va na loydan qo‘rqmaydi.

realme 8 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

realme 8 Pro modeli 7 Pro yoki 6 Pro'larning takomillashgan talqini emas, balkim hamyonbop narx evaziga taqdim qilingan qator yaxshi funksiyalar to‘plamidir.

400 dollargacha bo‘lgan smartfonlar: qaysi birini sotib olgan yaxshi?

Galaxy A52, Redmi Note 10 Pro, realme 8 Pro va Poco X3 Pro smartfonlarini taqqoslab chiqamiz.

Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlarini 3 martgacha 40% chegirma bilan olish mumkin!

Shuningdek, Xiaomi Mi Band 4 NFC aqlli bilaguzugi va Xiaomi Mi AirDots Pro simsiz quloqchini uchun 40 foiz, Xiaomi Mi Band 5 hamda Mi True Wireless Earbuds 2 uchun esa 30% chegirmalar belgilangan.

200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Blackview BV6600 korpusi AQShning MIL-STD-810G harbiy standarti, shuningdek, IP69K darajasidagi himoyaga ham ega. Kutish rejimida uning avtonomligi salkam 800 soatga (ya’ni – 33 kunga!) boradi.

Xitoyni tanqid qilib, uch oy «yo‘qolib ketgan» AliExpress rahbari yetakchi tadbirkorlar ro‘yxatiga kiritilmadi

Jek Ma o‘rniga gazetaning bosh sahifasidan uning «asosiy raqibi», Tencent rahbari Ma Xuaten joy oldi. Ro‘yxatga Huawei asoschisi Jen Chjenfey, Xiaomi rahbari Ley Szyun va BYD lideri Van Chuanfu kiritilgan.

Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

Bu telefonda bittagina – qurilmani o‘chirib-yoqish tugmachasi bor, u korpusning tepa qirrasida joylashgan. Hattoki smartfonlarda ham mavjud bo‘lgan ovozni sozlash tugmachasiniyam unda topa olmaysiz!

AliExpress asoschisi topildi: Jek Ma uch oy davomida qayerda edi?

$50,9 mlrd.lik sarmoyaga ega bo‘lgan eng boy xitoylik 2020 yil 24 oktyabrdagi mojaroli nutqidan so‘ng jamoatchilik ko‘z o‘ngidan yo‘qolib qolgandi.

340 dollarlik Realme 7 5G smartfonini 2 kun davomida atigi 200 dollarga olish mumkin!

Yevropada 279 yevrodan sotilayotgan Realme 7 5G smartfoni uchun AliExpress internet-do‘konida 219 dollar narx belgilangan. Lekin kikki kun davomida uning xaridida 20 dollarlik chegirma kuponi amal qiladi.

OUKITEL F150 chiqdi: 8000 mAs batareyali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon – atigi 110 dollar! (+video)

Bu gadjet sozlanuvchi tugmacha va NFC moduli bilan jihozlangan, daktiloskopi esa korpusning yon qirrasiga o‘rnatilgan. Zarbaga chidamli plastik korpusi IP68/69K standartiga ko‘ra suvdan ham himoyalangan.

AliExpress’dan tovar sotib olishni hukumat taqiqlamoqda

Taqiq 45 kundan so‘ng kuchga kiradi, ungacha Savdo vazirligi sanab o‘tilgan dasturlarni qo‘llagan holda aynan qanday tranzaksiyalarni amalga oshirish cheklanishiga aniqlik kiritishi kerak.

Hukumat bilan ziddiyatga borgan AliExpress rahbari g‘oyib bo‘ldi!

24 oktyabr kuni Shanxaydagi chiqishida mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sohasini tartibga soluvchi qoidalarni tanqid qilgan Jek Ma o‘shandan keyinoq hech qayerda ommaviy ko‘rinish bermay qo‘ygan.

Poco M3'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

iPhone, Galaxy, Redmi va boshqa smartfonlarni unuting. Qarshi oling: mavsumning eng qaynoq smartfoni — Poco M3.

Quvvati 32 kunga yetuvchi, kvadrokamerali va «o‘ldirib bo‘lmas» bu smartfonni tekinga ham olish mumkin!

Naq 10 050 mA/soatlik batareyaga ega Doogee S59 Pro smartfonini Aliexpress orqali 199 dollarga olish mumkin, lekin kompaniyaning rasmiy saytida undan uchtasi yutuqli o‘yinga ham qo‘yilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш