Eski modellardagi 14 xil Xiaomi va Redmi smartfonlariga barqaror MIUI 12 kela boshladi

MIUI 12 bazasidagi barqaror proshivkalarni tarqatishning ikkinchi to‘lqini boshlandi. Buni MIUI grafik qobig‘i dasturchilari jamoasi Weibo tarmog‘ida rasman e’lon qildi.

POCO X3 NFC namoyish qilindi: 120 Gs displeyli, IP54 himoyali, 5160 mAh batareyali va stereodinamikli hamyonbop smartfon

Kompaniyaning keyingi qurilmalaridan farqli ravishda, bu – Xiaomi yoki Redmi brendi ostida oldin chiqqan biror modelning kloni emas, balki chindan ham yap-yangi rusumdagi smartfondir.

Ushbu 63 xil Samsung smartfon va planshetlari Android 11’gacha yangilanadi!

Mazkur smartfonlar va planshetlarga Android 11 operatsion tizimi kompaniyaning yangi – One UI 3.0 grafik qobig‘i bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda.

Xiaomi va Redmi smartfonlariga uzoq kutilgan funksiya kela boshladi!

Shu paytgacha faqat Xitoy, Hindiston va Indoneziya uchun ishlab chiqilgan proshivkali Xiaomi smartfonlarida bu imkoniyat bor edi. Endi esa u yevropacha va global proshivkali qurilmalariga ham tarqatilmoqda.

Redmi’ning ommabop smartfoniga MIUI 12 muammolar olib keldi

Hozir ushbu model uchun global, yevropacha va hindcha versiyalarda MIUI 12 proshivkalari chiqqan. Lekin ularning barchasida qanaqadir nuqsonlar kuzatilmoqda.

AnTuTu: eng qudratli flagmanlar reytingida tub burilish! (2020 yil avgust)

Oppo Find X2 Pro mart oyidan beri xitoycha reytinglarda yetakchi bo‘lib, iyun va iyulda esa global miqyosda ham liderlikka erishgan edi. Nihoyat, uni taxtdan ag‘darishdi – bu gal unga atigi oltinchi o‘rin tekkan!

Ikkinchi to‘lqinda 13 xil smartfonga global MIUI 12 tarqatila boshladi

Agar mazkur ro‘yxatda siz ishlatayotgan smartfon ham mavjud bo‘lsa, sozlamalarda yangilanishlarni tekshirib turing. Odatdagidek, yangi proshivka hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich tarqatiladi.

Redmi o‘ninchi avlod eng arzon smartfonini biryo‘la MIUI 12 bilan chiqardi!

Kompaniya uni tezkor/ichki xotirasiga ko‘ra ikki xil variantda taklif etyapti: 4/64 gigabaytligi taxminan 145 dollardan, 6/128 gigabaytligi esa 175 dollardan sotiladi.

Xiaomi flagmanlarida yashirin bir funksiya bor...

Ushbu texnologiyani hozir ilg‘or televizorlardan tashqari, ayrim smartfonlar – Black Shark 3, Oppo Find X2 va OnePlus 8 flagmanlari, shuningdek, ularning Pro-versiyalari ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Android 11’dan mahrum etilgan Xiaomi va Redmi smartfonlari ro‘yxati chiqdi

Smartfoningiz ushbu 12 ta modeldan biriga mansub bo‘lsa, Android 11 talqinidagi operatsion tizimdan umidingizni uzavering!

Xiaomi smartfonlariga Android 11 yangi muammolar olib keldi

Beta-testerlar sinab ko‘rayotgan Android 11 bazasidagi MIUI 12 apdeyti hali yakuniy versiyadagi proshivka emas. Uni o‘rnatishdan avval ma’lumotlarni zaxiralab qo‘yish tavsiya etilayotgani bejiz emas ekan...

Uchinchi bosqichda MIUI 12’ga yangilanuvchi Xiaomi va Redmi smartfonlari

Yangilanishning uchinchi to‘lqinida MIUI 12 asosidagi barqaror proshivkalar 17 xil rusumdagi smartfonlarga yetib keladi.

Beshta narx toifasidagi eng zo‘r Android-smartfonlar (AnTuTu reytinglari, 2020 yil iyul)

Beshta reytingdan naq to‘rttasida bitta kompaniya smaartfonlari yetakchi, lekin hali bular holva! Chunki u AnTuTu reytingini «portlatgan» flagmanini endi namoyish qiladi.

Eng ommabop 10 smartfon (32-hafta)

O‘tgan haftadagi texno-voqealar natijasi reytingimizda o‘z aksin topdi.

Yubiley flagmani chiqishi oldidan Redmi K30 5G rekord darajada arzonlashdi!

Redmi K30 modelining tezkor/ichki xotirasi 6/64 gigabaytlik varianti dastlab 349 dollardan sotilgan bo‘lsa, uni endi atigi 216 dollarga olish mumkin!

RASMAN: 11 avgustda Redmi eng zo‘r flagmanini taqdim etadi!

«Xitoycha Apple» joriy yilning 11 avgustida o‘zining yubiley flagmanini namoyish qiladi. Ayni shu onlayn marosimda Redmi brendining ham eng zo‘r smartfoni taqdim etiladi.

AnTuTu reytingini «portlatgan» flagmanning nomi va taqdimot sanasini Xiaomi rasman e’lon qildi

Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition tezkor xotirasi 12 gigabaytlik hajmga ega. Uning bosh kamerasida asosiy sensor 48 megapiksellik, undan tashqari yana periskop kamera moduli ham bo‘ladi.

Qarshi oling: Redmi 9 Prime ham namoyish qilindi! Lekin...

Korpus o‘lchamlari 163,3x77x9,1 millimetrga, vazni esa 198 grammga teng bo‘lgan Redmi 9 Prime uchun ichki xotira hajmiga qarab 133 va 160 dollarga teng narx belgilangan.

Xiaomi, Redmi, Poco va Black Shark smartfonlaridan qaysilari va qachon barqaror Android 11’gacha yangilanadi?

Mazkur ro‘yxatda ham jami 43 ta rusumdagi telefon sanab o‘tilgan – ushbu modellardagi smartfonlar egalari xursand bo‘lsalar arziydi.

Eng ommabop 10 smartfon (31-hafta)

O‘tgan galgi chartimizdan o‘rin olgan smartfonlarning deyarli yarmi bilan xayrlashdik.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш