Steam Awards 2020: Yilning eng zo‘r o‘yinlarini o‘zingiz tanlang!

Nominantlarni Valve emas, balki geymerlarning o‘zlari taklif etishgan va ular orasida tanlash uchun ham sizu biz kabi foydalanuvchilar ixtiyoriga havola etilgan.

Amir Temur sharafiga yaratilgan ilk videoo‘yin – «Mangu Sarkarda»ni qarshi oling! (+video)

Eng kichik detallarigacha aniqlikda ishlab chiqilgan muhit, reallikka asoslangan, moziyni aks ettirgan raqamli texnologiyalar mahsuloti – «Mangu Sarkarda» o‘zida jamlagan sifatlardir.

Retro uslubidagi to‘rtta mini-o‘yinni faqat bugun bepul olish mumkin!

Ushbu mini-o‘yinlarning bepul berilishi bugun tunda tugaydi, demak – shungacha olib qo‘yishga ulguring va do‘stlaringizga ham bu haqda xabar bering.

Apple'ni yana sudga berishdi

Apple'ni yana sudga berishdi

Epic Games avjiga chiqdi: Yangi yil arafasida u naq 15 ta o‘yinni bepul beryapti!

Aksiya boshlanadigan 17 dekabrgacha esa Epic Games Store do‘konida ikkita RPG-o‘yinni teppa-tekinga va butunlay tarqatishyapti. Ya’ni, istalgan birini olib qo‘yib, keyin ham uni bir umr bepul o‘ynay olasiz.

Bir umr bepul o‘ynash uchun bu ikki o‘yinni 26 noyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

Epic Games Store hafta oxirida ikkita pulli o‘yinni bepul va butunlay bermoqda. Ularni 26 noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00 gacha olib qo‘yib, keyin istalgan paytda tekinga o‘ynayverish mumkin.

Jinquvar haqidagi jangovar o‘yinni bepul o‘ynash uchun olib qo‘yishga ulguring!

Mazkur ekshen o‘yin ekzorsist (jinlarni haydaydigan mutaxassis) sarguzashtlariga bag‘ishlangan. U iblislarning g‘alayonini bostirishga va o‘z o‘tmishining qorong‘u sirlarini ochishga harakat qiladi.

Apple bloklagan Fortnite o‘yinini iPhone va iPad’larga qaytarish yo‘li topildi!

Epic Games bilan oradagi mojarolar tufayli Apple o‘ta ommabop Fortnite o‘yinini App Store do‘konidan olib tashlagan. Lekin dasturchilar ayfon va aypadlar egalariga uni qaytarib berishning ilojini topishdi.

Xellouin arafasida yana ikkita o‘yinni teppa-tekinga tarqatishyapti!

Bu gal ham Epic Games aksiyasi Xellouinga bag‘ishlangan – kompaniya yana ikkita qo‘rqinchli o‘yinin tekinga taqdim etmoqda.

Xellouin yaqin: Ikkita qo‘rqinchli o‘yinni butkul bepul olib qo‘yishga ulguring!

G‘arbda ommalashgan Xellouin yaqinlashayotgani munosabati bilan, Epic Games bu gal xorror janriga mansub ikkita o‘yinni 29 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 gacha tekinga tarqatyapti.

Global strategiya o‘yinini 24 oktyabrgacha bepul olib ulguring!

Jahon tarixi asosida ishlab chiqilgan Europa Universalis II strategiyasining tekinga tarqatilishi 24 oktyabr kuni, Toshkent vaqti bilan 18:00 da tugaydi.

22 oktyabrgacha bu ikki o‘yinni butkul olib qo‘yib, bir umr bepul o‘ynang!

Bulardan biri qo‘rqinchli o‘yin bo‘lsa, ikkinchisi o‘rta asrlardagi monarx haqidagi strategik 2D-simulyator hisoblanadi.

Vetnam urushi va dayverlar haqidagi o‘yinlarni bepul va butkul olib qo‘yishga ulguring!

Ularni 15 oktyabrgacha olib qo‘yib, keyin istalgan payt o‘ynash mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, Vetnam urushi haqidagisi juda qizg‘in kechadi – uni birga o‘ynash uchun mazkur xabarni geymer do‘stlaringizga ham yetkazing.

Call of Duty turkumidagi eng yangi o‘yinni taqdimotdan avval sinab ko‘ring! (BEPUL o‘ynash grafigi va treyleri)

Demak, hali rasman taqdim etilmagan o‘yinni hammadan oldin, ushbu grafik bo‘yicha tegishli kunlarda BEPUL o‘ynab ko‘rishingiz mumkin. Mazkur xushxabarni boshqa geymer do‘stlaringizga ham ulashishni unutmang.

Epic Games uchta o‘yinni 24 sentyabrgacha bepul beryapti: xaker, futbol menejeri...

Uchta o‘yinning ham bepul tarqatilish muddati 24 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da tugaydi. Ammo shungacha ularni ko‘chirib olib qo‘ysangiz, so‘ng xohlagan paytingiz tekinga o‘ynayverasiz.

Epic Games’ning saxiyligi tutdi: 17 sentyabrgacha bir nechta o‘yinni bepul va umrbod olib qo‘ying!

Tegishli davrda olib qo‘yilgan o‘yin geymerning kutubxonasida butkul qoladi va uni istalgan payt bepul o‘ynash mumkin bo‘ladi.

10 sentyabrgacha ushbu strategiya o‘yinini bepul olib ulguring (+video)

Bu – qadam-baqadam strategiya turiga mansub o‘yin bo‘lib, geymer unda ulkan jangovar mashinalar otryadini boshqarishi va ular vositasida Yerni gigant maxluqlardan himoya qilishi kerak bo‘ladi.

The Division o‘yinini 8 sentyabrgacha olib qo‘ying va bir umr bepul o‘ynang!

Bu o‘yin syujeti qiziq: epidemiya oqibatida hamma yoq ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketgan, ko‘chalarda jinoyatchilar bilganini qilib yuribdi. Siz esa maxsus agent rolida o‘ynab, ularga qarshi jang olib borasiz.

Ikkita jangovar o‘yinni bir umr bepul o‘ynash uchun 3 sentyabrgacha olib qo‘yishga ulguring!

O‘yinlarning tekin tarqatilish vaqti 3 sentyabr kuni, kechki soat 20:00 da tugaydi. Lekin shungacha ularni kompyuteringizga yuklab olishga ulgursangiz, keyin istagan paytingiz o‘ynayverishingiz mumkin.

«Chirigan olma»: Apple’ga qarshi Fortnite turnirida sovrinlar yutib oling! (+video)

Epic Games eng ko‘p «olma yegan» geymerlarga jami 1200 ta o‘yin qurilmalari sovg‘a qiladi. Ular orasida Alienware, Samsung, OnePlus, Sony, Microsoft va Nintendo kabilarning konsol va smartfonlari bor.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш