Atigi 140 dollarlik birinchi 5G-smartfonni kim tayyorlayotganini bilasizmi?

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 600-turkumida 5G-modemli yangi protsessor tayyorlamoqda. Uning bazasidagi – ilk eng arzon 5G-smartfon haqida birinchi ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

«Qualcomm, nariroq suril!» – Samsung ham arzon 5G-smartfonlar uchun protsessor tayyorlayapti

Exynos 880 5G natijalari Snapdragon 765G ko‘rsatkichlariga juda yaqin; demak, yangi chipset aynan shu protsessor raqibidir. Uning bazasidagi smartfonlar Qualcomm chipli modellardan arzon bo‘lishi kutilmoqda.

Kelajak flagmanlarining protsessori – Qualcomm Snapdragon 875 haqida ilk ma’lumotlar chiqdi!

Amerikalik chipsoz uni SM8350 kodli nomi ostida tayyorlamoqda. 5 nanometrlik texnologik jarayon bo‘yicha ishlab chiqilayotgan mazkur chipsetning asosini Kryo 685 yadrolari tashkil etadi.

Dimensity 1000 protsessorli ilk 5G-smartfon – Oppo Reno 3 taqdim etildi

Chipset jamlanmasida 5G-modem ham mavjud. Smartfon taqdimot tadbirida uning qudratini ko‘rsatish uchun beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida o‘yin o‘ynab hamda Full HD formatida videoqo‘ng‘iroq qilib ko‘rsatishdi.

«Qualcomm, nariroq suril!» – MediaTek ikkinchi 5G-protsessorini taqdim etdi

Xususiyatlariga qaraganda, Dimensity 800 amerikalik chipsozning Snapdragon 765/765G protsessorlari bilan bellasha oladi; ammo hali uni benchmarklarda tekshirib, imkoniyatlarini baholab ko‘rsatishmagan.

Redmi K30 – ikkita jihatdan dunyoda birinchi smartfon! (+«jonli» surat)

10 dekabrdagi marosimda mazkur 5G-flagmandan tashqari, Redmi brendining ilk smart-kolonkasi hamda routeri, shuningdek, Mi Mix 4 hamda Pocophone F2 flagmanlarining ham namoyish qilinishi kutilmoqda.

Samsung W20 5G – kompaniyaning ikkinchi buklamafoni namoyish etildi

Ikkinchi buklamafon Snapdragon X50 modemli Snapdragon 855 Plus protsessori bazasida ishlaydi. Shuningdek, tashqi elementlarida ham farqlar bor – ular Galaxy Fold’ga nisbatan takomillashtirilgan.

«Bozorni portlatuvchi» 5G-smartfon va uning protsessori taqdimot kuni aytildi

MediaTek MT6885 protsessorli birinchi flagman Redmi K30 bo‘lishi ma’lum. Shundan kelib chiqsak, 26 noyabr kuni Xiaomi hamda MediaTek kompaniyalari qo‘shma anons o‘tkazishlari ehtimoli yuqori.

Samsung yo‘l berdi: Exynos 980 protsessorli ilk 5G-smartfonni xitoyliklar chiqarishyapti! (+video)

Maxfiy tadbirdan olingan «jonli» suratlar ushbu 5G-smartfon xususiyatlari haqida ham ma’lumot beradi. Ularga ko‘ra, gadjetning bosh kamerasi uch modulli, old kamerasi esa korpus ichidan chiqadigan bo‘ladi.

Redmi K30 hamyonbop flagmani – Xiaomi’ning qo‘sh kamerasi ekranga o‘yilgan ilk 5G-smartfoni!

Galaxy S10+ smartfoni selfi-kamerasi kabi, Redmi K30 displeyidagi old kamera tirqishi ham yuqori o‘ng burchakda ochilgan. Bu bilan arzonchi brend uning Samsung flagmaniga raqobatchi bo‘lishiga ishora qilayotir.

Xiaomi Mi 9 Pro 5G – dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni qarshi oling!

Yangi flagman ham Mi 9 dizaynida, ammo texnik xususiyatlarida farqlar mavjud. Avvalo, u eng kuchli Android-protsessor – Snapdragon 855 Plus chipseti bazasiga qurilgan.

IFA 2019'da Huawei Kirin 990 chipi taqdim qilinadi

Chip haqidagi mish-mishlar tasdiqlandi.

Snapdragon 855 Plus protsessori va Snapdragon X50 modemiga ega Mi 9 Pro taqdim qilinishi kutilmoqda!

Bugun Xiaomi’ning yangi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Van Ten Tomas ushbu smartfon haqida gapirib o‘tdi. U Weibo ijtimoiy tarmog‘ida barcha “xiaomichilar”dan “ozgina sabr qilishni” so‘radi va xozircha 5G smartfonlar narxi qimmatligicha qolishini aytib

RASMAN: Intel’ning modem biznesini Apple naq milliard dollarga sotib oldi

Mazkur xarid doirasida 2200 nafar xodim, mobil modemlar ishlab chiqarish jihozlari, patentlari va texnologiyalari ham Apple tasarrufiga o‘tdi.

Qualcomm ham «damini olsin»: hamyonbop MediaTek Helio M70 5G protsessori taqdim etildi!

MediaTek Helio M70 5G yetakchi chipsoz – Qualcomm’ning ayni damdagi barcha protsessorlaridan ham kuchlidir! Uning tarkibiga kirgan 5G-modem 6 GGs.dan past diapazonlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Lenovo tarixdagi eng qudratli protsessorga ega ilk 5G-noutbukni tayyorladi!

Narxi 1000 dollardan oshadigan ushbu premial noutbukini Lenovo bir necha kundan keyin ochiladigan Computex 2019 ko‘rgazmasida rasman namoyish etadi.

Apple bilan Qualcomm o‘zaro yarashib, Intel va Huawei’ni «o‘yindan chiqarishdi»

2020 yildan boshlab chiqariladigan ayfonlar Qualcomm kompaniyasining 5G-chiplari bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Apple kelajak iPhone’lari uchun 5G-modemlarni AQShning dushmanidan olmoqchi!

Apple bilan sudlashib yurgan Qualcomm unga Snapdragon X55 chipini sotmasligi ma’lum, Samsung esa modemlarini o‘zining Galaxy S10 5G superflagmanidan orttira olmasligini aytgan.

Qualcomm ikkinchi avlod 5G-modemi – soniyasiga 7 gigabit ma’lumot almashuvchi Snapdragon X55’ni taqdim etdi!

Snapdragon X55 modemini smartfonlar va Wi-Fi ulanish nuqtalaridan tashqari yana oddiy kompyuterlar, noutbuklar, planshetlar, to‘ldirilgan reallik qurilmalari va avtomobil tizimlarida ham ishlatish mumkin.

Huawei rekord darajada tezkor 5G-modem hamda 5G-router namoyish etdi

Balong 5000 rusumli 5G-modem va Kirin 980 protsessori bazasidagi smartfon MWC 2019 ko‘rgazmasida taqdim qilinadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш