Meizu hayot ekan: uning maxfiy kamerali yangi flagmanini videoda ko‘rsatishdi!

Xiaomi’ning asosiy raqibi – Meizu kompaniyasi bultur 8 mayda Meizu 17 smartfonlarini taqdim qilgandi. Ungacha testda ushbu model Mi 10, Huawei P40 Pro va Oppo Find X2 Pro flagmanlarini ortda qoldirgan.

Eng kutilayotgan Samsung smartfonini ilk rasmiy suratda har tomonidan ko‘ramiz!

Uni taqdim etgan insayder Evan Bless (Evan Blass) ta’kidlashicha, bu – kompaniyaning o‘zi reklama maqsadlarida tayyorlagan rasmiy renderdir.

Redmi Note 10’ning ilk tizeri: «yong‘oqchaqar»ning munosib izdoshi!

«Kichkina King-Kong»ning qaytishi haqidagi poster ushbu turkumdagi yangi smartfonning taqdimoti yaqin ekanligidan dalolat beradi. Demak – RedmI Note 10 modeli ham Redmi Note 7 kabi pishiq bo‘lishi kutilmoqda!

Motorola Edge S taqdim etildi – yap-yangi Snapdragon 870 protsessorli ilk flagman!

Turbo LPDDR 5 hamda Turbo UFS 3.1 toifali tezkor/doimiy xotira chiplari smartfonning tezligini oldingi avlod xotiralariga nisbatan 72 foizga oshirish imkonini bergan.

Xiaomi Mi 11 Pro flagmanining birinchi «jonli» surati chiqdi!

Bosh kameraning to‘rtta modulidan biri periskop bo‘lib, naq 120 karralik optik zumga ega. Uning asosiy moduli sifatida esa hali rasman taqdim etilmagan, 50 megapiksellik Sony IMX782 sensori qo‘llanadi.

Potensial bestsellerlar – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 narxlari chiqdi

Germaniyadagi riteyler – Idealo onlayn do‘koni esa ushbu smartfonlarning narxlarini e’lon qildi. Katalogdagi qaydlarga ko‘ra, Samsung ularni ikki xil xotira konfiguratsiyalarida taklif etadi.

Eng tez va eng sekin arzonlashuvchi smartfonlar: qaysilarining narxi ikki karra tez pasayadi?

BankMyCell resursi smartfonlarning xarid qilinganidan keyingi arzonlashuvi bo‘yicha an’anaviy yillik hisobotini e’lon qildi.

108 MPlik Galaxy S21 Ultra hamda 12 MPlik iPhone 12 Pro Max kamera jangi (video)

Video ancha uzun chiqqan va unda har ikkala telefonning kamera imkoniyatlari batafsil taqqoslangan.

Huawei’dan ajralib chiqqan Honor’ning ilk flagmani taqdimotdan keyinoq sotib tugatildi!

Bu smartfon 8 yadroli Dimensity 1000+ protsessori va 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan jihozlangan. Unda o‘yinlar jarayonida grafikani yaxshilash uchun GPU Turbo X hamda Hunter Boost texnologiyalari qo‘llangan.

Hali chiqmagan Redmi K40’ning ikkita rekordchi jihati

Rekordchi xususiyatlaridan tashqari, Redmi K40 flagmanlari eng zamonaviy – tegishlicha LPDDR5 hamda UFS 3.1 toifali tezkor va doimiy xotira chiplari bilan ta’minlanmoqda.

Samsung’ning navbatdagi bestselleri – Galaxy A52 5G birinchi «jonli» rasmlarda!

Samsung mazkur smartfonini Snapdragon 750G protsessori bazasida tayyorlamoqda. Lekin Galaxy A52 4G versiyasi ham chiqishi ma’lum bo‘lgan – uni allaqachon Geekbench servisida sinab ko‘rishgan.

Zeiss optikali va Snapdragon 888 chipli Vivo X60 Pro+ chiqdi: mobil fotografiya taxtiga yangi da’vogar!

Xitoyda bu fotoflagmanning 8/128 gigabaytligini 774 dollar, 12/256 gigabaytligini esa 928 dollarga baholashgan.

Eng tezkor Android-smartfonlar va eng silliq ishlovchi grafik qobiq (Master Lu reytinglari, 2020 yil)

Reyting adolatli bo‘lishi uchun Master Lu servisida o‘tgan yilning 1 yanvaridan to 31 dekabrigacha, kamida 100 marta tekshirilgan smartfonlarning natijalari olingan.

«Tajovuzkor» narxli Redmi Note 10 hamda Note 10 Pro: taqdimot kuni, ranglari va texnik xususiyatlari

Smartfonlar 700-seriyadagi Qualcomm protsessori bilan chiqariladi; katta ehtimol bilan, bu Snapdragon 750G modelidir. Lekin ularning 5G tarmog‘ini qo‘llamaydigan versiyasi ham bo‘lishi kutilmoqda.

Samsung yangi flagmanlarini uch kunga ijaraga beryapti!

Galaxy To Go nomi ostidagi ushbu ijara-servis muddati tugagach, mijozlar kompaniyadan sovg‘alar olishlari, qimmatbaho yutuqlarga ega bo‘lishlari mumkin.

340 dollarlik Realme 7 5G smartfonini 2 kun davomida atigi 200 dollarga olish mumkin!

Yevropada 279 yevrodan sotilayotgan Realme 7 5G smartfoni uchun AliExpress internet-do‘konida 219 dollar narx belgilangan. Lekin kikki kun davomida uning xaridida 20 dollarlik chegirma kuponi amal qiladi.

TOP-10: Eng ravon ishlovchi smartfonlar (Master Lu reytingi, 2020 yil)

Reyting g‘olibi umuman Android-smartfonlar orasida 200 ballik dovondan oshgan birinchi gadjet bo‘lgan. Ravon ishlashi bo‘yicha u iPhone smartfonlari va iOS tizimi bilan bemalol bellasha oladi.

Kompaniya rahbari allaqachon Redmi K40 ishlatyapti: skrinshot uning zo‘r jihatini ko‘rsatdi!

Redmi brendining lahbari Weibo tarmog‘ida o‘zi ishlatayotgan smartfonning ekranidan skrinshot e’lon qildi. Bu surat ikkita faktni oshkor etgan...

Honor V40 namoyishidan avval «jonli» videolari chiqdi (+narxi)

Huawei korporatsiyasi yaqinda o‘zining Honor subbrendini alohida kompaniya qilib ajratib chiqargan edi. Ushbu yangi kompaniya endi o‘zining Honor V40 rusumli ilk smartfonini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Xiaomi Mi Mix 4’ni kutyapsizmi? Undan ham oldin Xiaomi Mi 11 Ultra chiqadi!

Yaqinda MIUI rasmiy xalqaro saytida Xiaomi Mi Mix 4 hamda Mi Note 11 modellari «qo‘lga tushgan» edi. Bulardan tashqari, korporatsiya yana bitta flagman tayyorlayotgan ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш