Galaxy Watch Active, Galaxy Fit va Galaxy Buds’ni Samsung taqdimotdan avval «sotib» qo‘ydi

Kompaniya ushbu mahsulotlari Galaxy Watch Active smart-soati, Galaxy Fit fitnes-brasleti va Galaxy Buds simsiz quloqchinining tez orada taqdim etilishini g‘alati usulda tasdiqladi.

Sony taqdim etgan «aqlli» tasmacha hatto Apple Watch’dan ham qimmat!

Unga juda ko‘plab funksiyalar joriy etilgan: NFC, yurak chastotasini o‘lchash, GPS... Umuman olganda, bu to‘laqonli fitnes-treker vazifalariga ega, ekranli tasmachadir.

Galaxy S10 xaridorlariga – hali taqdim etilmagan Galaxy Buds simsiz quloqchini sovg‘a!

Yangi flagmanlar uchun oldindan buyurtma olish ular rasman namoyish etilgan kuniyoq ochiladi. Shuningdek, avvaldan buyurtma beruvchilar uchun sirli sovg‘a ham bor ekan!

Galaxy Note 10 old kamerasi... S Pen stilusiga ko‘chiriladi!

Samsung’ning yangi patentiga ko‘ra, stilusning keyingi avlodiga kamera ham ko‘chirib o‘tkaziladi! Bu esa smartfonning ekranini butkul «tirqish»siz va «kemtik»siz qilishga imkon yaratadi.

Futbol fanatlari va Neymar muxlislari uchun Apple maxsus simsiz quloqchin taqdim etdi!

korpusiga maxsus rasm-naqsh tushirilgan. Uni yaratishda dizaynerlar Braziliyadagi San-Paulu shahri ko‘chalaridagi graffiti rasmlardan ilhomlanishgan.

Nubia qayishqoq displeyli ilk «aqlli» soat-smartfonni tayyorladi

Nubia buklama smartfonini MWC 2019 tadbirida ko‘rsatishini ma’lum qildi. O‘z yechimi Royole va Xiaomi qurilmalaridan farq qilishini u «Nubia boshqacha fikrlaydi» shiori bilan ta’kidlagan.

Vladimir Putin atigi 10 dollarlik VR-shlem yordamida virtual olamga sayohat qildi (+video)

Moskva davlat universiteti talabalari ushbu o‘quv dargohining muzeyidagi eksponatlarning uch o‘lchamli modellarini yaratishgan va ularni VR – virtual reallik (virtual borliq) formatida tomosha qilish mumkin.

Faqat boylar uchun: Louis Vuitton High Snobiety – naq ming dollarlik quloqchin!

Tabiiyki, bu yerda Louis Vuitton faqat brendni bozorda ilgari suruvchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Quloqchinning ishlab chiqaruvchisi esa Master & Dynamic kompaniyasidir.

Microsoft nihoyat MWC ko‘rgazmasida qatnashib, inqilobiy gadjetini ko‘rsatmoqchi!

Windows Phone yopilganidan so‘ng Microsoft yillik MWC ko‘rgazmalarida qatnashmayotgandi. HoloLens loyihasi ustida bir necha yildan beri ishlab kelishmoqda, demak – inqilobiy biror nima kutish mumkin.

«Homilador» g‘iloflar: Apple ayfonlar uchun Smart Battery Case – g‘ilof-batareya sota boshladi!

Apple avval iPhone 7 va iPhone 6/6s uchun ham «ikkiqat» g‘iloflar chiqargan edi. Yangilari 2018 yilgi modellarga mos, Qi simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lib, ikki xil: oq va qora ranglarda.

CES 2019 ko‘rgazmasida SanDisk naq 4 terabaytlik USB-fleshka taqdim etdi!

Fleshka bozorga qachon chiqarilishi hozircha ma’lum emas, ammo u o‘ta qimmat bo‘lishi aniq. Avvalroq ayni shu SanDisk brendi ostida chiqarilgan 2 terabaytlik USB-fleshkalarning narxi 1000 dollardan ham oshiq.

CES 2019: Padrone EasySMX Ring Mouse – innovatsion uzuk-sichqoncha! (+video)

Uzuk tegishli sensorlar yordamida ko‘rsatkich va o‘rta barmoq harakatlarini, stol yuzasiga chertishlarini seza oladi. Ularni Bluetooth orqali kompyuterga uzatib, sichqonchaning o‘rnini bemalol bosadi.

Egasini avariyadan saqlovchi Sgnl V70 quloqchini taqdim etildi! (+video)

Har yili atrofidagi ovozlarni eshitmagani uchungina xavfli vaziyatni payqamay qolgan 130 ming kishi halok bo‘ladi. Sgnl V70 quloqchini esa musiqa shaydolarini shunday holatlardan himoyalaydi.

Apple’ning 2018 yilgi eng ommabop mahsuloti e’lon qilindi – bu smartfon, planshet yo kompyuter emas...

Bu yil kupertinolik texnogigant o‘zining deyarli barcha turkumlardagi gadjetlarini yangiladi. Biroq eng ommalashgan Apple qurilmasi 2016 yilda taqdim etilgan mitti mahsuloti bo‘lib chiqdi.

Apple gadjetining «kushanda»si taqdimotidan avval Huawei uning ilovasini tarqatmoqda!

Ushbu innovatsion gadjetni xitoylik texnogigant kelasi yil boshida, Huawei P30 smartfoni bilan birga taqdim etishi kutilmoqda.

Namanganda uyali telefonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Namangan viloyatiga tashrif buyurgan Xitoyning “LLT TechnoLogy Limited” hamda “Beijing Janus Greending WheeL Co.LTD” kompaniyasi boshqaruvi kengashi a’zolari shahar hokimligida muzokaralar olib borishdi.

Apple sir tutayotgan yangi gadjetni taqdimotdan avval «jonli» tomosha qiling!

Garchi kompaniya o‘zining yangi iPad’ida allaqachon USB-C portiga o‘tgan bo‘lsa-da, ushbu yangi devaysi negadir Lightning porti bilan jihozlangan.

Edge – kishini aqlliroq qiluvchi peshonabog‘ yaratildi! (+video)

Edge xuddi sportchilar peshonabog‘i ko‘rinishida ishlangan bo‘lib, unga o‘rnatilgan datchiklar miyaning tegishli qismlariga elektr signallarini uzatadi.

«Bo‘ydoqlar kuni»da AliExpress’dan katta chegirma bilan poverbank va quloqchinlar xarid qiling!

«Butunjahon shoping kuni»da – Xitoy an’anasiga ko‘ra «Bo‘ydoqlar kuni» deb ataluvchi 11 noyabrda AliExpress’da bir kunlik yirik chegirma bo‘ladi. Shu aksiya mobaynida ayrim tovarlarni judayam arzon olish mumkin.

Xiaomi eng arzon noutbuki va Apple AirPods «kushanda»sini taqdim etdi

8- avlod Core i3 protsessorli Mi Notebook 15.6 ushbu turkumdagi eng arzon modeldir. Mi AirDots Youth Edition simsiz quloqchini Bluetooth 5.0 standartiga ega, korpusiga tegish orqali boshqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш