Xiaomi iyulning oxirigacha chiqaradigan 17 ta yangi gadjet bilan tanishing!

Hindistonlik insayder Sudhanshu Ambhore yaqin oylar ichida Xiaomi bozorga taqdim etadigan turli devayslarni e’lon qildi.

Apple flagman smartfon narxida... kompyuter g‘ildiragi chiqardi!

Mac Pro uchun g‘ildirak xromlangan zanglamas po‘latdan va rezinadan ishlangan bo‘lib, alohida ham sotiladi. Lekin uning puliga bitta flagman smartfon, yoki ustiga ozroq qo‘shib, ikkita iPhone SE olish mumkin!

Redmi o‘ta arzon gadjetini yaxshilab, yana o‘sha narxida chiqardi

Bu ikkinchi avlod emas, balki original devaysning yaxshilangan versiyasidir. Uning dizayni, o‘lchami, avtonomlik darajasi singari, narxi ham avvalgidek qolgan – atigi 14 dollar.

Xiaomi va Redmi smartfonlari hamda boshqa gadjetlariga chegirma muddati uzaytirildi!

Mi Fan Festival 2020 doirasida aksiya muddati 19 aprelgacha uzaytirilgan – smartfon, quloqchin, aqlli braslet, aqlli uy qurilmalari, chemodanlar, telepristavkalar va boshqalarni chegirma bilan olish mumkin.

Razer eng antiqa simsiz quloqchinni chiqardi – bitta smartfon narxida!

Ushbu qurilma Bluetooth orqali ishlaydi, batareyasining bitta quvvati 3 soat ishlashga yetadi. G‘ilofining o‘zi quloqchinni yana 5 marta to‘liq zaryadlashga yetarli quvvat saqlaydi.

Sony nihoyat PlayStation 5 uchun DualSense geympadini taqdim etdi

Shuncha takomillashtirishlar bilan birga, Sony mazkur gadjetining og‘ir bo‘lib ketmasligiga hamda yuqori avtonomlikka ham e’tibor qaratgan.

Xiaomi quvvati 30 kunga yetuvchi, himoyalangan smart-soat taqdim etdi

Haylou Solar LS05 korpusi metalldan ishlangan bo‘lib, IP68 standartiga ko‘ra chang va suvdan himoyalangan. Uni taqqan holda nafaqat dushda yuvinaverish, balki hatto suv ostiga ham sho‘ng‘ish mumkin!

Apple yana bitta uzoq kutilgan gadjetini tasdiqladi! (+video)

Apple o‘z YouTube-kanalida «Lokator» imkoniyatlari haqida video chiqargan. Biroq unda hali taqdim etilmagan devays haqida eslatma borligini sezib qolishgach, o‘z xatosini payqagan va rolikni olib tashlagan.

Rangdor ekranli, tag‘in arzon Redmi Band chiqdi: bu sizga Mi Band emas!

Redmi Band to‘rtburchak, 1,08 dyuymlik rangli ekranga ega. Dizayniga ko‘ra u Xiaomi Mi Band turkumidan ancha farq qiladi, bitta quvvat bilan 14 kungacha ishlay oladi.

Panasonic havoni tozalovchi «aqlli» niqob chiqardi (+video)

AiryTail qancha ko‘p havo tozalasa, uning egasi shuncha ko‘p bonuslar oladi. Bonuslarni esa yangi filtrlarga almashtirish yoki ular evaziga hamkorlardan diskontlar olish mumkin bo‘ladi.

Apple uzoq kutilgan devaysini «qabrdan qaytaryapti»!

Jon Prosser yana bitta sirni ochgan – ushbu loyihaning muzlatilish sababini ham oshkor etgan: dastlabki prototiplar Apple Watch smart-soatlari bilan kelisha olmagan ekan.

«Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

Oppo korporatsiyasi aynan Xiaomi’ning Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Chindan ham, uning shiddatidan «Xitoycha Apple» cho‘chisa arziydi.

Apple mart oyidayoq bitta emas, kamida ikkita mobil gadjet taqdim etadi!

Apple mart oyida bo‘lib o‘tadigan taqdimot tadbirida bu ikkita asosiy devaysdan tashqari yana simsiz quvvatlash adapteri, shuningdek, AirTag nomli geo-brelok va boshqa qurilmalarini ham namoyish etishi mumkin.

Butkul simsiz Galaxy Buds+ quloqchini namoyish qilindi (+videotavsif)

Samsung’ning bu quloqchinlari maxsus ilova orqali endi iOS tizimi bilan ham ishlay oladi. Galaxy Buds+ quloqchini yana Spotify musiqa servisi bilan ham integratsiya qilingan/

Apple’ning eng xaridorgir gadjetlari ham koronavirusdan jabr ko‘ryapti

Ishlab chiqaruvchilarning qo‘lida hozirda ularni terish uchun nari borsa ikki haftaga yetgulik materiallar bor. Butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi Xitoydagi zavodlarning esa hali-veri ochilishini kutish qiyin.

67 655 dollarlik quloqchin qimmatmi? 750 000 dollarligi chiqdi!

Diamond & Ruby Beats Pro korpusi platinadan ishlangan va unga jami naq 126,76 qirotlik brilliant va yoqut (rubin) qadalgan.

Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

Galaxy S20 uchun avvaldan buyurtma qilganlarga Galaxy Buds+ sovg‘a qilinadi. iPhone 9 uchun oldindan buyurtma bergan xaridorlar esa hadya sifatida AirPods quloqchini olishadi.

2020-yilning birinchi yarmidayoq Apple chiqaradigan 6 gadjet

Min-Chi Kuo bu yil Apple jami besh xil yangi ayfon, so‘ng «metall sovun» va iPhone SE 2 Plus ham taqdim etishini aytgan. Kuni kecha u Apple yil yarmigacha chiqaradigan gadjetlar bo‘yicha prognozini e’lon qildi.

Rossiyada «Marusya»ni «Kapsula»ga solib sota boshlashdi!

«Kapsula» deb nomlangan mazkur gadjetga «Marusya» ovozli yordamchisi ham joriy etilgan. Ushbu juftlik raqobatchi kompaniyaning «Alisa» yordamchisiga ega bo‘lgan «Yandeks.Stansiya» kolonkalariga javobdir.

Xiaomi ommabop devaysini yanada arzon – Lite-versiyada chiqaryapti

Uning mavjudligini Bluetooth standartlari ustida ishlovchi hamda mazkur texnologiya bilan jihozlangan devayslarga sertifikat beruvchi Bluetooth Special Interest Group tashkiloti ham tasdiqlagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш