Galaxy Watch 3 xususiyatlari va ilk «jonli» suratlari tarqaldi

Har ikki xil soatda 8 GB ichki xotira, LTE, NFC, GPS, EKG datchigi, qon bosimini o‘lchash funksiyasi, IP68 standartida suvdan himoya hamda MIL-STD-810G harbiy standartiga mos zarbadan muhofaza mavjud.

Mi Band 4 arzonlashdi, Mi Band 5 esa endi global versiyada chiqadi!

Mi Band 4 fitnes-brasleti global bozorga Mi Smart Band 4 nomi bilan chiqqan. Xiaomi yangi avlod aqlli bilaguzugining global talqinini ham Mi Smart Band 5 nomi ostida chiqarishini rasman e’lon qildi.

Mi Band 5 namoyish etildi: Xiaomi’ning ideal smart-brasletini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Boshqa turdoshlarida mavjud bo‘lgan noqulaylik va kamchiliklar bunisida bartaraf etilgan va natijada Xiaomi Mi Band 5 ideal fitnes-brasletga aylangan.

Samsung loviyasimon simsiz quloqchini va yana bir devaysini Galaxy Note 20’lardan oldin chiqaradi (+video)

Quloqchin avgust boshida 150 dollardan pastroq narxda sotuvga chiqishini aytishyapti. Ehtimol, Galaxy Note 20 yoki Samsung buklamafonlaridan biriga oldindan buyurtma beruvchilarga undan qo‘shib ham berishar.

Mi Band 5’ning boshqalardan farqli 7 jihati va yangi rasmlari

Zamonaviy smartfonlardagi simsiz quvvatlash texnologiyasi kabi, Xiaomi Mi Band 5 ham kontaktsiz – magnitli zaryadlash uskunasidan quvvat oladi.

Mi Band 5 ilk rasmiy suratda: Xiaomi uning namoyish sanasini e’lon qildi

Fitnes-treker 1,2 dyuymlik ekran, butun dunyo bo‘yicha ishlovchi NFC moduli bilan ta’minlangan. Aqlli bilaguzuk jismoniy mashqlarning 11 xil rejimiga, qondagi kislorod miqdorini o‘lchovchi datchikka ega.

Navbatdagi Galaxy Watch: harbiy himoya, mexanik gardish, EKG va qon bosimi datchigi...

Samsung uni 8 gigabaytlik ichki xotira, 330 mA/soatlik akkumulyator, Wi-Fi, Bluetooth hamda NFC modullari bilan ta’minlagan. AMOLED-ekran ustiga Gorilla Glass DX shishasi yotqizilgan.

Aslidan farqlab bo‘lmaydigan AirPods Pro klonini atigi 16 dollarga oling!

iOS-qurilmalarga ulanganida, maxsus oyna qalqib chiqadi. Yanayam qizig‘i – soxta AirPods Pro sensor boshqaruvga hamda suvdan himoyaga ega! Quvvatlash uchun unda Lightning porti ham borligini aytmaysizmi!?.

Apple янги авлод AirPods’ларга ғайриоддий датчик ҳам қўшяпти

Янги сенсорнинг вазифалари ҳақидаги тафсилотлар маълум қилинмаяпти, бироқ у фойдаланувчи пульсини, қадам ўлчагич ишини назорат қилиш, шунингдек, бош ҳаракатини кузатиб бориш учун хизмат қилса керак.

Apple kutilmaganda Stiv Jobs xotirasiga bag‘ishlab innovatsion devays taqdim etyapti

Bloomberg muharriri buni «butkul uydirma» deb atagan. Prosser esa unga popkornli va ko‘z qisayotgan smaylik bilan javob bergan. Demak, popkornni g‘amlab, Terabayt.uz bilan birga kuzatishda davom eting.

Apple’нинг зиқналиги авжига чиқди: у iPhone қадоғидан муҳим аксессуарни олиб ташлаяпти!

«Тишланган олмали» корпорациянинг бундай йўл тутишдан кўзлаган мақсади эса сизга ҳам ёқмаслиги аниқ. Шу йўл билан у бошқа гаджетларини алоҳида ҳолида кўпроқ сотишни кўзлаган.

Huawei hamyonbop smartfon taqdim etdi, sovg‘asiga – Huawei Band 4 Pro!

Huawei Y8p diagonaliga 6,3 dyuymlik, aniqligi 2400x1080 piksellik OLED-displeyga ega. Barmoq izi datchigi ham ekranga integratsiya qilingan, uning tepa qismida esa 16 MPlik old kamera uchun kemtik mavjud.

Xiaomi biryo‘la ikkita – Mi Band 5 hamda Mi Band 4C fitnes-bilaguzuklarini chiqaryapti

Mi Band 5 oldingisiga nisbatan kattaroq – 1,2 dyuymlik ekranga hamda butun dunyo bo‘ylab ishlovchi NFC chipiga ega. Mi Band 4C esa aprelda chiqqan rangdor displeyli Redmi Band modelining global versiyasidir.

Realme ikkita yangi turdagi gadjetining taqdimot kunini e’lon qildi

25 may kuni bu kompaniya yangi smartfoni, poverbank va butkul simsiz quloqchin taqdim etayotgani ma’lum. Realme India ijrochi direktori yana bitta rasmiy posterni Twitter tarmog‘iga chiqardi.

Realme avjiga chiqyapti: birdaniga sakkizta yangi gadjet!

Rasmiy posterdaa smartfon, portativ akkumulyator – poverbank hamda simsiz quloqchin tasvirlangan. Qolgan beshta yangi mahsulotning aynan qaysi turga mansub ekani hozircha noma’lum.

Abituriyentlar uchun maxsus: kalkulyatorga Wi-Fi va OLED-displey qo‘shib, undan internetga kirish va xabar almashish mumkin! («jonli» video)

Unda matematika yoki fizika bo‘yicha istalgan formulani yoki boshqa shpargalkalarni yozish mumkin. Shuningdek, kalkulyatorni internetga ulab, uning ixchamgina ekrani orqali xabar jo‘natish imkoni ham bor.

Internet orqali AirPods buyurtma qilgan qizga o‘z boshi kattaligidagi quloqchin yetib keldi!

Amazon orqali u atigi 50 yevroga qalbaki AirPods quloqchinini buyurtma qilgan. Uning haqiqiysi ancha qimmat – 180 yevro atrofida turadi, ya’ni qiz o‘zi buyurtma qilgan tovarning soxta ekanini oldindan bilgan. Lekin...

Lenovo afsonaviy ThinkPad klaviaturasini endi desktop versiyada chiqardi (+video)

Lenovo’ning ta’kidlashicha, USB-C porti orqali zaryadlanuvchi akkumulyatorining to‘liq quvvati naq ikki oy ishlashga yetadi! Klaviaturaning 15 daqiqa davomida olgan quvvati esa bir hafta ishlash imkonini beradi.

Bu yil Apple chiqaradigan 15 xil yangi devays bilan tanishamiz!

Ular orasida ekraniga Touch ID skaneri o‘rnatilgan iPad Air 4 hamda kompaniyaning o‘z o‘yin kontrolleri ham bor.

Tonometrning keragi yo‘q – qon bosimingizni smart-soat kuzatib boradi! (+video)

Mazkur funksiya Galaxy Watch Active 2 «aqlli» soatlarida 2020 yilning uchinchi choragida paydo bo‘ladi. Keyinchalik esa navbatdagi Galaxy Watch’lar qon bosimini nazorat qilish opsiyasi bilan birga chiqariladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш