Xiaomi yana bitta yangi brend ostida selfi-smartfonlar chiqaradi

Smartfonsozlik biznesini Xiaomi’ga sotayotgan kompaniyaning o‘zi bu brendga shuhrat keltirgan asosiy omil – fotosuratlarni qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha hamkor bo‘lib qoladi.

Snapdragon 8150 protsessorli Meizu 16s flagmani ilk suratda!

Meizu 16s romsiz ekranli dizaynga ega; unda ham daktiloskopik datchik displeyning o‘ziga joriy etiladi. Shuningdek, an’anaviy 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi ham saqlanib qoladi.

Besh modulli inqilobiy kamerali Nokia 9 g‘ilofining suratlari chiqdi!

Orqa panelda doirasimon shaklda joylashgan yettita teshik bor: bulardan biri fotochaqnoq uchun, yana biri PDAF-lazer uchun, qolgan beshtasi esa bosh kameraning beshta sensori uchun ochilgan.

Xiaomi smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 20 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

2018 yilning aprelidan oktyabrigacha benchmarklarda birinchi o‘rinni qo‘lan bermay kelgan Xiaomi Black Shark geymerofoni hamda «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmani ham Terashop.uz’da bor!

RASMAN: Geekbench’da 9000 ball to‘plab, Xiaomi va Huawei flagmanlaridan o‘zib ketgan smartfonni keyingi haftadayoq ko‘ramiz!

AnTuTu’da salkam 320 000 ball olgan bu geymerofon Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rildi. Yakka yadroli testda u 2375 ball, barcha yadrolarini ishga solganida esa 9000 balldan oshiq natija ko‘rsatdi!

Eng kuchli protsessorli eng arzon Huawei smartfonini taqdimotdan avval «jonli» ko‘ramiz!

Mate 20 flagmanlarining hamyonbop muqobili bo‘luvchi Honor View 20 uch modulli kameraga, Android 9.0 Pie operatsion tizim talqiniga asoslangan EMUI 9.0 proshivkasiga ega.

Galaxy A8s’ning teshik ekranini ilk bor «jonli» tomosha qilamiz!

Avvalroq Galaxy A8s ekraniga o‘rnatiluvchi himoya oynasining rasmi e’lon qilingan bo‘lsa, endi insayderlar displeyning ham «jonli» suratini tarqatib yuborishdi.

Xiaomi shu oydayoq barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanuvchi smartfonlarini ma’lum qildi

Odatda, xitoycha proshivka tarqatilganidan so‘ng uning global talqini ham taqdim etiladi. Shunday ekan, nisbatan eski rusumlardagi Xiaomi smartfonlari egalari ham yangilanishlarni kuzatib borishlari lozim.

Google tayyorlagan «kambag‘albop» Pixel 3 Lite taqdimotdan avval fosh etildi

Google kompaniyasi ushbu turkumda yana bitta smartfon tayyorlagani shu kunlarda ma’lum bo‘lib qoldi – uning suratlarigacha e’lon qilishdi.

Benchmarkda Xiaomi Black Shark Helo hamda Huawei Mate 20’lardan ustun kelgan flagman bilan tanishing!

AnTuTu servisida u salkam 320 000 ball olgan. Bu esa Xiaomi kompaniyasining yangi geymerofoni – Black Shark Helo (309 000 ballga yaqin) hamda Huawei Mate 20 turkumi flagmanlaridan yuqori natijadir!

Huawei Mate 20 ikkita ko‘rsatkichda rekord o‘rnatdi!

Garchi boshqa smartfonsozlar o‘z flagmanlari ham Huawei Mate 20 bilan tenglashishini aytsalar-da, aslida vaziyat boshqacharoq...

Meizu 16 flagmani va bu brendning boshqa smartfonlarini Terashop.uz’dan oling (2018 yil 16 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Buyurtma Toshkent shahri bo‘yicha 12 ish soati, viloyatlarga esa ikki ish kunida yetib boradi! Terashop.uz’da qulay to‘lov shakllari (naqd pul, terminal va Payme tizimi orqali elektron to‘lovlar) joriy etilgan.

Xiaomi’ning keyingi slayderi – Mi Mix 3S haqidagi ilk ma’lumotlar bilan tanishamiz!

Mi Mix 3S flagmani hali taqdim etilmagan Snapdragon 8150 chipiga va uch modulli kameraga ega. Uning tezkor xotirasi 4, 6 yoki 8 gigabaytlik, doimiy xotirasi esa 128 yoki 256 gigabaytlik qilib chiqariladi.

Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Ayni damda bunaqa kamerofon yagona – Samsung Galaxy A9 hisoblanadi. Meizu Note 8 Plus fabletida bo‘lsa asosiy kamera optik datchiklari Huawei P20 turkumi flagmanlaridagi kabi joylashgan.

Xiaomi yana ikkita hamyonbop smartfoniga barqaror global MIUI 10 proshivkasini tarqatmoqda

Ularda yangi dasturiy ta’minotning asosiy afzalliklari tatbiq etilgan. Jumladan, bu smartfonlar egalari Android Pie dizaynida yangilangan interfeys hamda «sun’iy ong» imkoniyatlaridan foydalana oladilar.

Dubay, 5 dekabr: Nokia biryo‘la uchta smartfon taqdim etadi!

Ushbu marosimda Nokia 8.1, Nokia 7.1 Plus hamda Nokia 2.1 Plus modellari ko‘rsatilishi kutilmoqda.

Sharp Aquos R2 Compact – ekrani ikkita «kemtik»li ilk smartfon! (+video)

Ixcham flagman 5.2 dyuymlik IGZO-displey bilan jihozlangan bo‘lib, u xuddi iPhone XR singari 120 Gs chastotaga ega. Yuqoridagi «kemtik» old kamera uchun, pastkisi esa – barmoq izi skaneri uchun «o‘yilgan».

285 dollarlik Xiaomi Mi Note 4 namoyishiga ham oz vaqt qoldi!

Snapdragon 710 chipli va 6 GB “operativka”li Mi Note 4 doimiy xotirasi 64 yoki 128 GBlik. 12 + 8 MPlik asosiy va 20 MPlik selfi-kamerasi bilan u yoshlarga juda ma’qul keladi.

Meizu 16s ham Galaxy S10 va Mi 9 darajasida kuchli bo‘lyapti!

Ushbu kompaniya barchani lol qoldirishga yanada qattiqroq bel bog‘lagan ko‘rinadi: u navbatdagi flagmaniga hali rasman taqdim etilmagan, eng ilg‘or Qualcomm Snapdragon 8150 protsessorini o‘rnatyapti.

Yana to‘rtta ommabop Xiaomi smartfoniga «sun’iy ong»li barqaror global MIUI 10 chiqdi!

Bu smartfonlar egalari MIUI 10 afzalliklaridan bahra olishadi: Android Pie dizaynida yangilangan interfeys, smartfonni boshqarish uchun ekranda qo‘l ishoralaridan foydalanish, tizimning yangi tovushlari kabi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш