Hali taqdim etilmagan Google Pixel 3 XL kamerasini iPhone XS Max bilan taqqoslab ko‘rishdi. Natijalar hayratlanarli!

Google Pixel 3 XL hamda iPhone XS Max smartfonlari fotokameralarining imkoniyatlari taqqoslangan birinchi sinov natijalari e’lon qilindi.

iPhone XS Max’da yana ishkal: dinamikda ham dard bor ekan! (+video)

Qurilmani o‘chirib-yoqishda ham dinamik vaqtinchalik tuzalib, so‘ng yana ishkal qilishni boshlayapti ekan. Shunga qaraganda, mazkur muammoning sababi dasturiy ta’minotga borib taqaladi.

iPhone XS va XS Max egalari yana bir muammoga duch kelishdi

Apple rasmiy texnik qo‘llab-quvvatlash forumida yozishlaricha, iPhone XS hamda XS Max smartfonlarining ayrim aksessuarlar bilan Bluetooth-ulanmasida uzilishlar yuz berayotir.

iPhone XS Max kamerasiga DxOMark baho berdi: «Yaxshi, lekin eng zo‘ri baribir boshqa!»

Mutaxassislar iPhone XS Max kamerasining avtofokusini yuksak baholashdi. Ammo keng ko‘lamli suratda detallarning o‘ta aniq chiqmasligini, fotochaqnoq yordamida tushirilgan rasmlar zo‘r emasligini ta’kidlashdi.

Eng kuchli protsessorli eng ilg‘or Android-smartfon ham tezkorlikda iPhone XS’ga bas kelolmadi!

Bu smartfonsoz yaqinda o‘zining yangi protsessori Apple A12 Bionic’dan, flagmani esa iPhone XS’lardan zo‘r ekanligini aytib maqtangan. Ammo Geekbench servisidagi test natijalari buning aksini ko‘rsatmoqda.

iPhone XS/XS Max: xarid qilmaslikning o‘nta sababi bor

Yaqinda iPhone XS/XS Max’ni sotib olishga bo‘lgan o‘nta sabab haqida maqola yozilgandi.

iPhone XS Max yana bir jihatdan rekord o‘rnatdi!

Mutaxassislar iPhone XS Max ekrani boshqa har qanday gadjetnikidan, jumladan – televizorlar, planshetlar, monitorlar va noutbuklarning ekranlaridan ham ancha sifatli, deyishdi.

iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

Ichki xotirasi 256 gigabaytlik iPhone XS Max tannarxi va bozordagi narxi orasidagi farq naq 856 dollarga teng – bu pulga esa boshqa biror kompaniyaning flagman smartfonini olish mumkin, axir!

Apple yana AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi – bu gal iPhone XS Max!

Yaqindagina AnTuTu benchmarkida iPhone XS flagmani 363 525 ball bilan rekord qo‘ygan edi. iPhone XS Max undan ham oshiq natija ko‘rsatdi – naq 372 106 ochko! Ularning raqibini esa 16 oktyabrda ko‘ramiz...

iPhone Xs Max – eng yangi, tezkor, katta va… qimmat ayfon bilan batafsil tanishamiz!

Hozirgacha chiqqan ayfonlar «qiroli» – iPhone Xs Max bo‘ladi: korpusi va ekrani eng katta o‘lchamli, ishlash bo‘yicha eng tezkor, batareyasi eng sig‘imdor va... narxi ham eng qimmat smartfon!

XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

21 sentyabrda sotuvga chiqarilgan iPhone Xs hamda iPhone Xs Max modellarini allaqachon O‘zbekistonga yetib keldi! Ularning va boshqa ayfonlarning Terashop.uz’dagi narxlari bilan tanishing.

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS Max va Galaxy Note 9 tezkorligini taqqoslaymiz!

Benchmarklardagi sintetik testlar o‘z yo‘liga, xo‘sh, amalda iPhone XS Max tezkorroqlimi yoki Galaxy Note 9? Videobloger shunga qiziqib, bu ikki flagmanni ishlash tezligi bo‘yicha solishtirib ko‘rsatdi.

Xushxabar: iPhone Xs va iPhone Xs Max ham «Malika»ga yetib keldi, narxlari bilan tanishing! (2018 yil 22 sentyabr)

21 sentyabrda sotuvga chiqarilgan iPhone Xs hamda iPhone Xs Max modellarini uddaburon tadbirkorlarimiz allaqachon olib kelib, savdoga qo‘yishgan. Ularning narxlari bilan tanishing.

EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS va iPhone XS Max’ning ilk drop-testi!

TechSmartt kanali muallifi iPhone XS va iPhone XS Max’ning mustahkamligini sinab – drop-testdan o‘tkazib ko‘rgan. Sinovlarda mazkur ikki modeldan tashqari iPhone X ham ishtirok etgan.

iPhone XS Max savdosi braklar bilan boshlandi!

Yangi ayfonlar oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha sotib olgan xaridorlar qo‘liga birinchi bo‘lib yetib bordi. Lekin ularning hammasi ham bundan boshi osmonga yetgudek quvongani yo‘q...

Huawei yana Apple’ni kalaka qilyapti: iPhone xaridorlariga 60 dollarlik poverbanklarni tekinga ulashdi!

Apple smartfonlari ixlosmandlariga ulashilgan poverbanklar qutilarida shunday yozuv tushirilgan: «Mana portativ akkumulyator. U sizga kerak bo‘ladi. Huawei’dan hadya».

Eshagidan tushovi qimmat: bu smartfon g‘ilofi naq 3012 dollar turadi!

ALTER EGO deb nomlanuvchi ushbu turkumda to‘rt xil g‘ilof ishlab chiqariladi: Titanium, Stealth, Gold va Aurora. Ularning barchasi aerokosmik titan materialidan ishlangan.

iPhone XS flagmani AnTuTu’da shunchaki mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Oldingi yetakchi – Black Shark geymerofoni AnTuTu’da 293 ming ochko olgandi. iPhone XS esa Xiaomi’ning (umuman, jahondagi barcha smartfonlar orasidagi) eng zo‘r smartfonidan salkam 25 foizga ustun kelgan!

Yo chikka, yo pukka: har bir iPhone taqdimoti Apple aksiyalariga qanday ta’sir ko‘rsatgan?

iPhone XS, XS Max va iPhone Xr taqdimotidan so‘ng Apple aksiyalari deyarli bir yarim foizga arzonlab ketdi. Ammo o‘tmishda bundan battari ham bo‘lgan...

Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Bu qadar ishonch bilan «katta gapirayotgani»ga qaraganda, xitoylik kompaniya chindan ham o‘zining avvalgi ishlanmalarini yanada takomillashtirgan va ularni navbatdagi qurilmasiga tatbiq etyapti.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш