Ushbu aksessuar bilan sizning smartfoningiz ham sun'iy yo'ldoshga ulana oladi!

Xoh iOS bo'lsin, xoh Android smartfon, Motorola Defy Satellite Link smartfonga sun'iy yo'ldoshga ulanish imkonini beradi.

Apple tibbiy uskunalardan uzoqroq tutish shart bo‘lgan gadjetlari ro‘yxatini e’lon qildi

Ro‘yxat juda katta: unga smartfon, planshet, noutbuk, kompyuter, smart-soat, quloqchin va hatto ularning g‘iloflari, zaryadchiklariyu boshqa aksessuarlar ham kirgan. Bir tekshirib qo‘yavering – zarar qilmaydi.

Faol shovqin to‘suvchi Beats Studio Buds butkul simsiz quloqchini chiqdi

AirPods Pro’ga nisbatan sezilarli arzon bo‘lgan bu quloqchinda ikkita rejim mavjud — atrof-muhitdagi shovqinlari maksimal bloklovchi va «shaffof» rejim (atrofdagi narsalarni eshitish talab etilganida).

Android-gadjetlar uchun Apple ilova tayyorlayapti – g‘amxo‘rlikning siri nimada?

AirTag yordamida birovlarni yashirin kuzatish ham mumkinligi boshida ko‘pchilikning xayoliga kelmagan edi. Kimdir uni cho‘ntagingizga solib yuboradi va qayerlarga borganingizni o‘z iPhone’i orqali kuzatib yuradi...

Pixel Buds A chiqdi: avtonomligi 24 soatlik, IPX4 himoyali hamyonbop TWS-quloqchin! (+video)

Garchi arzon versiyasi bo‘lsa-da, uning qiyofasi oddiy Pixel Buds bilan bir xil: o‘sha 12 mm.lik drayverlar, korpusi IPX4 standartida himoyaga, o‘zi Fast Pair funksiyasi va Adaptive Sound texnologiyasiga ega.

Meizu Watch chiqdi: flagman Snapdragon chipi, eSIM va NFC (+video)!

eSIM texnologiyasi sharofati bilan Meizu Watch smartfonga bog‘lanmasdan, to‘liq avtonom rejimda ham ishlay oladi – uning o‘zidanoq qo‘ng‘iroq qilish mumkin!

HarmonyOS tizimida ishlayotgan Huawei Watch 3 ilk «jonli» videoda!

Huawei Watch 3 ikki xil versiyada chiqishi ma’lum bo‘lgan, standart talqini Bluetooth interfeysiga ega. Yanada ilg‘or Watch 3 Pro esa eSIM texnologiyasiga hamda to‘laqonli avtonom ishlash imkoniyatiga ega.

HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

31 may kuni namoyish qilinadigan gadjetning tizerida «Hello, HongMeng» yozuvi ham aks ettirilgan. «HongMeng» – bu Harmony OS tizimining xitoycha nomidir.

TOP-5: Dunyo bozorida qaysi aqlli soatlar eng ko‘p sotilyapti? (2021 yil 1-chorak)

Counterpoint Research hisobotiga ko‘ra, mazkur muddatda jahon bo‘yicha sotilgan aqlli soatlar soni 2020 yilning shu davriga nisbatan 35 foizga oshgan.

Simsiz quvvatlanib, 28 soat avtonom ishlovchi Redmi AirDots 3 Pro chiqdi

Shovqinlarni tahlil etish va telefondagi suhbat chog‘ida foydalanuvchining ovozini sifatli yetkazish uchun quloqchinning har bir pallasida uchtadan – jami oltita mikrofon o‘rnatilgan.

Avtonomligi 14 kunga boruvchi, GPS chipli va IP68 himoyali Realme Watch 2 Pro chiqdi (video)

Realme Watch 2 Pro smartvotchi katta – 1,78 dyuymlik, tasvir aniqligi 32x285 piksellik ekranga ega. Displeyning maksimal yorqinligi 600 nit, kadr yangilanish chastotasi esa 30 gersga teng.

Realme to‘rt xil yangi gadjetining namoyish kunini va suratlarini e’lon qildi

Joriy yilning 1-choragida Yevropa bozorida smartfon sotish hajmini eng ko‘p – naq 183 foizga oshirgan brend Realme bo‘ladi. Mazkur kompaniya boshqa devayslar yo‘nalishida ham o‘zini ko‘rsatmoqda...

Bojxonada jami $7 millionlik – salkam 40 ming juft qalbaki AirPods musodara etildi!

Agarda haqiqiy AirPods qulochinining bir jufti 200 dollar turishini hisobga olsak, kontrabandachilar ushbu bir partiya tovardan taxminan 7 million AQSh dollari miqdorida noqonuniy foyda olishlari mumkin edi.

2020 yilgi ikki xil Apple Watch ham 100 dollargacha arzonlashib sotuvga chiqdi

Apple Watch Series 6 smart-soati hamda arzonlashtirilgan smartvoch – Apple Watch SE modeli 2020 yil 15 sentyabrdagi onlayn marosimda namoyish qilingan edi.

Bitta quvvatda 12 kun ishlay oluvchi Realme Watch 2 taqdim etildi

Smartvotch boshida 14 xil sport rejimini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq ishlab chiqaruvchi keyinroq unga yangilanishlar orqali 90 ta rejim yetkazib berishni va’da qilmoqda.

AirTag uchun g‘ilof chiqdi – aksessuarning aksessuari smartfondan ham qimmat!

Sotuv jamlanmasiga AirTag’ning o‘zi ham kirgan, sumkaga ilib qo‘yiluvchi g‘ilof – Hermès’ning bu turkum mahsulotlari orasida eng arzoni bo‘lib, 299 AQSh dollariga baholangan.

Apple bir necha yil kutilgan AirTag trekerini taqdim etdi (+video)

Brelok korpusi zanglamas po‘latdan bo‘lib, IP67 standartiga ko‘ra chang va suvdan himoyalangan. Mazkur gadjet Apple Find My ilovasi yordamida ishlaydi, akkumulyatorining quvvati bir yil ishlashga yetadi.

Google kompaniyasi Mi Band 6’ning «kushanda»sini chiqaryapti

Boshqa fitnes-bilaguzuklardan farqli ravishda, Fitbit Luxe modeli premial tashqi ko‘rinishga ega. Gadjet metall korpusda bo‘lib, uch xil (Black, Soft Gold, Platinum) rangli variantda taklif etiladi.

Quvvati 19 kunga yetuvchi Xiaomi Mi Band 6 chiqdi – videosi, narx va jihatlari

Mi Band 6 diagonaliga 1,56 dyuymlik, ya’ni Mi Band 5 modelidagidan 50 foizga katta AMOLED-displeyga ega. Treker korpusi suvdan himoyalangan – uni taqqan holda 50 metrgacha suv ostiga sho‘ng‘ish mumkin.

NFC, GPS va SpO2 datchikli Xiaomi Mi Band 6 ilk «jonli» rasmda: ekrani Mi Band 5’nikidan o‘zgacha!

Xiaomi Mi Band 6 fitnes-brasletida jami o‘ttiztacha jismoniy mashqlarning yangicha rejimlari, shuningdek, Telegram va WhatsApp bilan integratsiyalashuv funksiyasi ham bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш