Ilon Mask hali chiqmagan Tesla Cybertruck salonini ilk bor ko‘rsatdi: ekran, shturval...

Texasdagi Tesla Gigafactory zavodi qurilishiga milliarder shu pikapda borgan, uni zavod hududida haydab yurgan, ishchilar bilan suhbatlashgan va hatto ularga mashinaning ichlarigacha ko‘rsatgan.

Tesla elektromobiliga so‘kina ko‘rmang – buni buyruq o‘rnida qabul qiladi!

Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, xuddi shu buyruq ba’zida bagaj eshigini ham ochadi, shuning uchun uni yo‘lda sinab ko‘rmagan ma’qul.

Tesla bir kunda naq $50 milliardga qimmatladi!

Kompaniya kapitalizatsiyasi oshuvi ortidan uning rahbari Ilon Mask boyligi ham ko‘payib bormoqda. Umuman olganda, so‘nggi bir yil mobaynida uning sarmoyasi sakkiz baravardan ko‘proqqa oshgan!

«Yo‘lni bo‘shat, Tesla!» – ilk «quyosh» avtomobili ishlab chiqildi

Avtoulovning og‘irligi 1814 kilogrammni tashkil etadi. Quyosh energiyali avtomobil 100 km/soatlik tezlikka juda tez – Tesla Model S Plaid elektromobilidan 1,99 soniyaga tezroq yetadi.

Tesla birorta Model S yoki Model X chiqarmasdan ham savdoda rekord o‘rnatdi!

Hisobot davrida Tesla jami 180 338 ta avtomobil ishlab chiqargan va undan ko‘proq – 184 800 donasini xaridorlarga yetkazib bergan. Bu ko‘rsatkichlar kompaniya uchun chorak bo‘yicha rekord hisoblanadi.

O‘zbekistonda elektromobillarning davlat raqami belgilari boshqacha bo‘ladi

2021 yil 1 iyundan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi belgilangan.

Atigi 4 soniyada tezligi 100 km/soatga yetuvchi BMW i4 elektromobili namoyish qilindi

BMW i4 akkumulyatorining to‘la zaryadi bilan 590 kilometrlik masofagacha yura oladi. Mashina bir nechta variantlarda taklif etiladi, quvvati 390 kilovattni (530 ot kuchini) tashkil etadi.

Tesla harakatlanayotgan Semi elektrokarining ilk videosini chiqardi

Elektrokarlar bozorining lideri uch xil mahsulotini rasman namoyish qilgan, lekin hali sota boshlamagan. Bular – Cybertruck pikapi va Roadster sport elektromobili, shuningdek Semi elektrik yuk mashinasidir.

Tesla hali sotuvga chiqarmagan elektromobil yo‘lda «qo‘lga tushdi» («jonli» video)

Semi modeliga taqdimot kunining o‘zidayoq uch yuzdan ortiq oldindan buyurtma olingan. Unga talabgorlar orasida Walmart, United Parcel Service hamda PepsiCo kabi nufuzli kompaniyalar bor.

Toyota Yaponiyada kelajak shahrini qura boshladi

Shaharda uch turdagi yo‘l bo‘ladi: piyodalar, elektr samokatlar va avtomobillar uchun mo‘ljallangan. Transport vositalarining asosiy qismini Toyota ishlab chiqargan e-Palette elektromobillari tashkil etadi.

Yevropada atigi 4500 dollarlik elektromobil paydo bo‘lishi mumkin

Ushbu modelni odatiy yengil avtomobildan farqli o‘laroq, smart yo kompakt deb atash mumkin. Salonida o‘ta komfort yoki ko‘plab zamonaviy tizimlar ham yo‘q, lekin narxi uni judayam ommabop qilib yubordi.

Tesla bir yillik elektrokar savdosidan ko‘ra bir oyda bitkoinda ko‘proq daromad oldi!

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak, butun boshli 2020 yil mobaynida bu kompaniyaning elektrokar sotishdan topgan daromadi «atigi» 721 million dollarni tashkil etadi.

Xiaomi’ning ilk elektromobili shaxsan kompaniya rahbarining nazoratida!

2013 yiliyoq Ley Szyun yetakchi elektromobilsoz – Tesla bosh direktori Ilon Mask bilan uchrashish uchun ikki marta AQShga borgan.

Bill Geyts endi Ilon Maskni klonlashni taklif etyapti!

Qizig‘i shundaki, suhbatda muxbir undan o‘zi Tesla aksiyalarini sotib olgan yoki yo‘qligi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ragan. Geyts bunga javoban, «o‘zining investitsiya usullarini muhokama qilmasligi»ni aytgan.

Tesla eng xaridorgir ikkita elektrokarini arzonlashtirdi

Elektromobillar olamining yetakchisi o‘zining eng arzon – Model H (yoki Model 2) avtomobilini tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Hozircha esa Tesla ikkita rusumdagi eng xit mahsuloti narxlarini pasaytirdi.

Tesla tayyorlagan eng arzon elektromobilni sifatli suratlarda ko‘ramiz

Weibo ijtimoiy tarmog‘iga insayderlar Shanxaydagi zavod – Tesla Gigafactory 3’ga tegishli ayrim hujjatlarni e’lon qilishdi. Unda amerikalik mashinasozning yangi elektromobili haqida ma’lumotlar mavjud.

«Apple Car’dan qo‘rqadigan joyimiz yo‘q!»: Volkswagen’ning shashti baland

Volkswagen Group bosh direktorining ta’kidlashicha, 2 trillion dollarlik aylanmaga ega bo‘lgan avtomobilsozlik sanoatidan Apple bir harakat bilanoq o‘zib keta olmaydi.

O‘zbekistonga elektromobil importi 2 yilda 10 karra oshdi

2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSh dollari sarflangan.

Nissan avtomobil ishlab chiqarish masalasida Apple bilan hamkorlikka tayyorligini aytdi

Nissan vakillarining jurnalistlardan biriga ma’lum qilishicha, yapon kompaniyasi kupertinoliklar bilan hamkorlikka kirishishga tayyor.

Bitkoin narxi salkam $48 000 ga yetdi – bu rekordga Tesla sababchi!

Tesla bitkoin uchun naq 1,5 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritgan. Shuningdek, u kelajakda o‘z elektrokarlariga kriptovalyuta bilan to‘lov qilish imkoniyatini ham yo‘lga qo‘ymoqchi ekanligini e’lon qilgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш