«Jonli» video: «to‘rtko‘z» Huawei Nova 5 Pro’ni taqdimotdan avval qadog‘idan olib, ishlatib ko‘ramiz!

Huawei Nova 5 Pro bosh kamerasi naq to‘rtta modulni o‘z ichiga olishi tasdiqlangan: ularning aniqligi 48, 16, 2 va 2 megapiksellikdir. Old kamera 32 megapiksellik optik sensorga ega.

Galaxy A turkumi raqibi – 64 MPlik kameraga ega Redmi A Series smartfonlari chiqadi!

Redmi K20 hamda Redmi K20 Pro modellarini shunday nomlashdan Xiaomi ko‘zlagan maqsad ham ularning Huawei kompaniyasining Honor 20 va Honor 20 Pro flagmanlariga raqobatchi ekanini ta’kidlash bo‘lgan.

Besh kamerali Nokia 9 nima bo‘pti – Sony sakkizta kamerali smartfon tayyorlayapti!

Ularning yarmi an’anaviy tarzda asosiy modul, keng burchakli kamera va telefotoob’yektivli datchik, to‘rtinchisi uch o‘lchamli skanerlovchi ToF-sensor bo‘lishi mumkin, boshqa modullari sirligicha qolayotir.

«Giperkamerali» Lenovo Z6 Pro taqdim etilyapti: barcha xususiyatlari va «jonli» videosi

Lenovo Z6 Pro’ning naq 100 MPlik aniqlikda surat olishini ta’kidlashmoqda. Kamera fotochaqnog‘i yonida yangi texnologiyaning nomi – «HyperVideo» yozuvi mavjud.

DxOMark reytingida Galaxy S10 5G kameralari birinchi o‘rinlarni olib, video bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

Selfi-kameralar reytingida eng yuqori – 97 ballik natija ko‘rsatgan Galaxy S10 5G videoga olish sifati bo‘yicha rekord qo‘ydi – u videos’yomka bo‘yicha DxOMark reytingida 100 ball ola bilgan yagona smartfondir!

Huawei P30 va P30 Pro savdoga chiqishi bilan rekord o‘rnatdi: 10 soniyadayoq 200 million!

Gap faqatgina kompaniyaning rasmiy onlayn-do‘konidagi savdo haqida ketyapti. Korporatsiyaning yangi flagmanlardan umidi katta – yilning oxirigacha u 20 milliontadan oshiq Huawei P30 va P30 Pro sotmoqchi.

Galaxy A80 taqdim etildi: aylanuvchi kamera, yangi Snapdragon 730 chipi va... yuqori narx! (+video)

«Jonli efirlar erasi» yetakchisi – Samsung’ning eng romsiz modeli, uch modulli (bittasi 48 MPlik, biri 3D ToF) aylanma kamerali hamda Snapdragon 730 chipli birinchi smartfon!

Oppo Reno hamda Reno 10x Zoom taqdim etildi: Huawei P30 Pro kushandalari uning yarim narxida!

Xitoylik texnogigant mobil fotografiya qiroli bo‘lmish Huawei P30 hamda P30 Pro kamerofonlarini taqdim etgandi. Oppo esa kecha yangi – Reno turkumida ularga raqobatchi ikkita smartfon namoyish qildi.

Huawei P30 hamda P30 Pro taqdim etildi: 10 karralik zum, tunda ham kunduzgidek surat!

Huawei P30 Pro modeli kameralarni baholovchi DxOMark professional servisida maksimal darajada – 112 ball olib, kamerofonlarning qiroliga aylangan.

Hali taqdim etilmagan Huawei P30 Pro’ni qadog‘idan olib tomosha qilamiz! («jonli» video va suratlar)

Slashleaks resursi Huawei P30 Pro kamerofonining yangi «jonli» rasmlarini e’lon qildi – ularda flagmanning qadog‘idagi muhim ma’lumotlar ham aks etgan.

Huawei P30 va P30 Pro misli ko‘rilmagan funksiyalarga ega! (+«jonli» suratlar)

Smartfonning ikkita kamerasi, bir vaqtning o‘zida, bitta manzaradan ikki xil video suratga olishini tasavvur etib ko‘ring-da...

DxOMark zamonamizning eng zo‘r kamerofonini e’lon qildi

Xiaomi provokatsiyasiga javoban Huawei: «Bizdan faqat o‘zimizgina o‘zib keta olamiz!» degan edi. Navbatdagi flagmani uning shu so‘zlari haqiqat ekanini isbotladi!

DxOMark selfi-kameralarni tekshira boshladi: eng zo‘r 12 ta selfifon bilan tanishing!

Turli qurilmalarning kamera imkoniyatlarini xolis tekshirib baholovchi DxOMark servisi yangi ishga qo‘l urdi. Uning mutaxassislari smartfonlarning aynan old kamera sifati bo‘yicha reytingini tuzishdi.

DxOMark reytingi: 2018 yilning eng zo‘r kamerofonlari!

DxOMark professional servisi ham 2018 yildagi tekshiruvlarning umumiy natijasini e’lon qildi. Ushbu kompaniya mutaxassislari bultur har xil narx toifalaridagi jami 31 ta smartfon kamerasini baholashgan.

DxOMark: iPhone XR’ni yakka kamerali smartfonlar «taxtidan tushirgan» yangi kamerofonni qarshi oling!

«Bu – universal kamera, kishilar uni «qo‘lda» sozlab o‘tirmasdan bemalol ishlatishlari mumkin», – deya ta’kidlashdi DxOMark mutaxassislari.

290 dollarlik Redmi Pro 2 flagmani chiqyapti: 48 MPlik kamera va Snapdragon 675 chipli!

Kuni kecha Xiaomi prezidenti ko‘rsatgan – naq 48 MPlik datchikka ega kamerali smartfon aynan shu Redmi Pro 2 ekan! Foto va video suratga olishda u hatto Huawei P20 Pro flagmani bilan bellashishi mumkin!

DxOMark yakka kamerali smartfonlarning yangi «qirol»ini aniqladi

Yakka kameralilar «qirol»i Google Pixel 2’ni «taxtdan ag‘dargan» bu smartfon bahosi 101 ballga teng bo‘lib, bu hatto «qo‘shko‘z» Samsung Galaxy S9+ Plus va Xiaomi Mi 8 ko‘rsatkichlaridan (99 ball) ham yuqori!

Xiaomi prezidenti yangi rekordchi – 48 MPlik kamerali smartfonini ko‘rsatib, taqdimot vaqtini ham aytdi!

Aftidan, «xitoycha Apple» ushbu kamerofoni bilan Nokia brendining bu boradagi rekordini «sindirish»ni niyat qilgan: uning 808 PureView smartfoni eng yuqori aniqlikda – 41 megapiksellik kameraga ega.

«Pentakamerali» Nokia 9 «damini olsin» – LG kamerasi naq 16 modulli smartfon chiqaradi!

Kameraning 16 moduli bitta qabariq taglikka o‘rnatiladi. Bu esa tasvirni turli burchaklardan qamrab olish imkonini beradi. Shuningdek, kamera ostiga o‘rnatilgan ko‘zgu ham g‘ayrioddiy ko‘rinadi.

Meizu Note 8 Plus – to‘rt modulli kameraga ega ikkinchi smartfon!

Ayni damda bunaqa kamerofon yagona – Samsung Galaxy A9 hisoblanadi. Meizu Note 8 Plus fabletida bo‘lsa asosiy kamera optik datchiklari Huawei P20 turkumi flagmanlaridagi kabi joylashgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш