Real testda eng tezkor TOP-10 smartfonni aniqlashdi!

Eng so‘nggi va kuchli flagman smartfonlarni real hayotda, jonli tarzda tekshirib ko‘rishdi. Ularning barchasi Snapdragon 865 chipseti bazasiga qurilgan, lekin yakuniy natijalar kutilganidan boshqacharoq!

OnePlus 8 Pro tezkormi yoki bir yarim baravar qimmat Galaxy S20 Ultra? «Jonli» testda ko‘ramiz!

Robotlashtirilgan manipulyatorlar yordamida qiyosiy testlar o‘tkazib kelayotgan PhoneBuff kanali yilning eng shov-shuvli flagmanlari tezkorligini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi va videosini e’lon qildi.

Ikkita benchmark kelisha olmayapti: qaysi protsessor «eng sun’iy ongli»?

Samaradorlik bo‘yicha yetakchi Android-protsessor – Qualcomm Snapdragon 865 sun’iy ong imkoniyatlari bo‘yicha bitta reytingda atigi yettinchi o‘rindan joy olgan!

1200 dollarlik Samsung flagmani bu reytingda zo‘rg‘a 10-o‘rinni oldi!

Narxi 1400 dollarlik bo‘lishiga va kompaniya kamerasini maqtaganiga qaramasdan, kamerofonlar reytingida u atigi 122 ball olgan.

Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Ushbu reytingida u o‘zidan ancha qimmat bo‘lgan Honor V30 Pro, iPhone XS Max, Galaxy S9+ hamda Xiaomi Mi CC9 Pro Premium Edition kabi nomdor flagmanlardan yuqorida turibdi.

iPhone SE 2020 kuchliroqmi yoki 2018 yilgi iPhone XS? «Jonli» testda taqqoslaymiz!

Tim Kuk da’vosicha, iPhone SE 2 modeliga birorta ham Android-smartfon bas kela olmaydi. Xo‘sh, boshqa ayfonlarga solishtirganda, ikkinchi avlod iPhone SE qanaqa ko‘rsatkichlar namoyon etadi?

1000 dollarlik Galaxy S20+’ni mag‘lub etgan, o‘zi atigi 200 dollarlik smartfonni bilasizmi? («Jonli» test videosi)

Ushbu modelida Qualcomm emas, balki MediaTek protsessori qo‘llangani uchun Xiaomi tanqidlarga uchragan edi. Ammo baribir uning «elektron yuragi» Samsung o‘z flagmanida qo‘llagan chipsetdan ham zo‘r ekan!

Smartfonga o‘rnatiluvchi yangi ko‘chma test koronavirusni yarim soatdayoq aniqlaydi!

Test davomida patogen ko‘payadi, yorug‘lik-diodli chiroqda esa virus RNKlari yashil rangda ajralib ko‘rinadi. Shuning evaziga ularni smartfon kamerasida oddiy ko‘z bilan ko‘rsa bo‘ladi.

iPhone 11 Pro Max va Galaxy S20 Ultra’dan zo‘r chiqqan xitoycha flagmanni qarshi oling!

Unga yengilgan modellar orasida yana iPhone 11 Pro Max, ASUS Rog Phone 2, Galaxy S20 Ultra, Google Pixel 4, Galaxy Note 10+ 5G hamda Galaxy Note 10+ kabi nomdor flagmanlar bor.

iPhone SE 2020 sotuvga chiqiboq AnTuTu’da hafsalani pir qildi: Apple’ning eski kasali qo‘zidimi!?

Eng qimmat – iPhone 11 Pro Max flagmanidagi A13 Bionic protsessori bilan iPhone SE 2020 eng yuqori samaradorlikka ega bo‘lishi kerak edi. Ammo uning AnTuTu’dagi natijasi hammaning hafsalasini pir qildi.

Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)

1400 dollarlik bu flagmanning kvadrokamerasi naq 100 karralik zumga, 108 MPlik sensorga ega. Xo‘sh, bunchalik kuchli kamerofon professional baholash testida qanday natija ko‘rsatishi kerak, sizningcha?

Bu smartfon DxOMark reytingida Xiaomi va OPPO’ning eng zo‘r flagmanlarini ortda qoldirdi!

Uning foto suratga olish imkoniyatlari 136 ball, video olish sifati esa 125 ballga baholandi. Shu tariqa, mazkur qurilma umumiy 125 ballik natija ko‘rsatib, ikkita zo‘r flagmanini ortda qoldirdi.

Galaxy Note 20 ilk bor Geekbench’da kuchini ko‘rsatdi!

Galaxy Note 20+ 5G fabletining Geekbench servisidagi tekshiruvi natijasini e’lon qilgan edik. Endi esa unda kutilayotgan Samsung planshetlarining standart modeli – Galaxy Note 20 ham imtihon topshiribdi.

Meizu 17 yangi testda Xiaomi Mi 10, Oppo Find X2 Pro hamda Huawei P40 Pro’larni mahv etdi

Qizig‘i shundaki, mazkur tajriba qatnashchilari orasida Xiaomi Mi 10 eng sig‘imdor – 4780 mA/soatlik akkumulyatorga ega. Lekin uning bitta to‘la quvvat bilan ishlash vaqti atigi 8,16 soatga borgan.

«Jonli» test videosi: qaysi iPhone quvvati eng ko‘pga yetadi?

O‘zaro taqqoslash uchun iPhone SE, iPhone 6s, iPhone 7, iPhone 8, iPhone XR hamda iPhone 11 smartfonlari olingan. Ularning barchasi iOS 13.4.1 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Dunyodagi eng kuchli smartfon, protsessor va proshivkalar TOP-o‘ntaliklari (Master Lu reytinglari, 2020 yil 1-chorak)

Master Lu servisi 2020 yil uch oyidagi testlar natijalariga ko‘ra uchta reytingni e’lon qildi. Undagi eng qudratli smartfonlar o‘ntaligida aksariyat o‘rinlarni xitoyliklarning turli flagmanlari egallagan.

AnTuTu’da barcha flagmanlarni «yer tishlatgan» yangi rekordchi chiqyapti!

Flagman ushbu testda dastlab 615 984 ball olgan – shuning o‘ziyoq rekord. Keyin esa smartfonni muzlatgich ichiga joylab, qaytadan AnTuTu’da tekshirishganida, u yanada yuksak – 627 553 ballik natija ko‘rsatgan!

Bu hamyonbop smartfon DxOMark testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Undan ancha arzon bo‘lgan Redmi Note 8 Pro, Nokia 7.2 va hattoki Samsung’ning undan past narxli Galaxy A50 smartfonlari ham kamera sifatiga ko‘ra reytingda shu darajada joylashgan.

Eng qimmat Huawei hamda Xiaomi flagmanlarining kamera jangi! («jonli» video)

Xiaomi bu yil yarim narxida flagmanlar chiqarishni to‘xtatdi. Mi 10 Pro modeli Yevropada 1000 yevro turadi; ya’ni u endi Huawei P40 Pro smartfoniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibdir. Xo‘sh, uning kamerasi shunga yarashami?

O‘rta narxli eng zo‘r smartfonlar (AnTuTu global reytingi, 2020 yil mart)

Reying yetakchisi MediaTek kompaniyasining o‘yinbop smartfonlarga moslangan Helio G90T protsessori, qolgan to‘qqizta kuchli smartfon esa turli rusumlardagi Qualcomm chipsetlari bazasida ishlaydi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш