O‘zbekiston muzeylariga endi dunyoning istalgan nuqtasidan onlayn sayohat qilish mumkin!

Google Arts & Culture servisi dunyo ko‘rgazmalariga tashrif buyurish va san’at asarlarini kichik detallarda o‘rganish imkonini beradi.

Mail.ru pochtangiz bormi? Paroldan umidni uzavering!

Kelajakda kompaniya parolsiz elektron pochta qutilarini yaratishni yoki avvaldan mavjudlarida parolni qo‘llashdan voz kechishni ko‘zlamoqda.

RASMAN: Ta’limga oid ikkita onlayn xizmat vaqtincha to‘xtatildi

Ushbu ishlar tizimli muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish, shuningdek, mazkur xizmatni ko‘rsatishda inson omilini butunlay yo‘q qilish va to‘liq avtomatlashtirish uchun amalga oshirilmoqda.

Naq yuz million obunachiga ega birinchi va yagona YouTube-kanal sizga ham yoqadi!

Qizig‘i shundaki, T-Series kanali YouTube videoxostingida 2006 yiliyoq ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-da, oradan to‘rt yil o‘tibgina unda roliklar e’lon qilina boshlagan.

Prezident maktablarining rasmiy veb-sayti ishga tushdi

Saytda Prezident maktablarining Call center (ishonch telefoni), qabul jarayoni haqidagi va boshqa ma’lumotlar ham o‘rin olgan.

Qo‘shni mamlakatda barcha yirik qidiruv saytlari bloklandi

Prezident matbuot xizmatida hukumat tomonidan bunday qaror yoki farmoyish qabul qilinmagani aytilgan. Vakolatli bo‘lgan idora – Aloqa xizmati esa bu borada biror izoh bermagan.

Endi Telegram’ni o‘rnatmasdan turib ham undagi kanallarni o‘qish mumkin!

Telegram-kanal veb-prevyusining tashqi ko‘rinishi Twitter interfeysini eslatadi, o‘ng blokda kanal haqidagi ma’lumotlar, chapda esa kanalning postlar tasmasi aks etadi.

Sayohatlar uchun Google yangi servisni yo‘lga qo‘ydi – endi hammasi bittada!

Yangi sayt Google’ning avvaldan mavjud bo‘lgan barcha sayohat servislarini o‘zida birlashtirgan. Ular servisning kompyuter versiyasida ham, smartfonlarda ham ishlashi esa yanada qulaylik tug‘diradi.

Xitoy barcha tillardagi Wikipedia’ni bloklab qo‘ydi

Xitoyda umuman ishlamaydigan (ular orasida Google, Facebook va LinkedIn ham bor) saytlardan tashqari, hukumat har yili qonli voqealar sanasi arafasida minglab saytlarni vaqtincha bloklab turadi.

RASMAN: O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik profil, kanal va sahifalar ro‘yxati e’lon qilindi!

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, ba’zi saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim profil, kanal va sahifalar ekstremistik va terroristik deb topildi.

Portalga kirish endi barcha uchun bepul bo‘lishi mumkin

2019 yili Samarqand, Buxoro va Xiva ob’yektlarida davlat va xususiy sektor hamkorligi asosida ommaviy Wi-Fi nuqtalarining bosqichma-bosqich tashkil etilishi ham rejalashtirilgan.

«Yandeks Xarita» endi Toshkentdagi jamoat transporti yo‘nalishlarini ko‘rsatmoqda!

«Yandeks Xarita» xizmatida Toshkentdagi jamoat transporti yo‘nalishlari paydo bo‘ldi. Uning yordamida kerakli joyga avtobus, metro yoki yo‘nalishli taksi bilan qanday borishni bilish mumkin.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi ishga tushirildi

Ushbu tizim project.gov.uz manzilida joylashgan bo‘lib, uning vositasida davlat organlari normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini idoralararo kelishilishini amalga oshirishlari mumkin.

Doktoranturaga hujjatlar endi elektron tarzda topshiriladi

TATUdagi tadbirda bu yilgi tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarini shaklantirishni avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minot namoyish etilib, undan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Davlat xizmatlari agentligi innovatsiyalari – «Tashkent Law Spring»da!

O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan «Tashkent Law Spring» forumida ishtirok etgan Davlat xizmatlari agentligi o‘zining innovatsiyalari haqida videolavhalar ham namoyish etdi.

Beeline cheksiz trafik bilan TV tomosha qilish mumkin bo‘lgan yangi avlod onlayn-kinoteatrini ishga tushirmoqda

Beeline TV orqali video-kontent ko‘rilgan chog‘ida, Beeline abonentlarning internet-paketlaridan trafik sarflanmaydi va mobil internet uchun balansdan mablag‘ yechilmaydi.

O‘zbekiston davlat idoralari saytlarida pornografik ma’lumotlar borligi aniqlandi

Nazoratsiz qoldirilgan forumlarda foydalanuvchilar istagan ma’lumotlarini joylashtirmoqdalar. 178 davlat idorasi, 81 tashkilotning rasmiy Telegram-kanali yo‘q, borlarining ham faoliyati qoniqarli emas...

Payme nazorat paketini 5,5 million dollarga Gruziyaning TBC Bank’i xarid qildi

Aksiyalarning 51 foizi 5,5 million AQSh dollariga xarid qilinganiga ko‘ra, Payme kompaniyasi jami 10,8 million dollarga baholangan. TBC Bank ushbu xarid to‘lovini aprelning oxirigacha, naqd pulda to‘laydi.

Portalda endi davlat byudjetining ijrosini ham kuzata olasiz!

Davlat byudjeti va maqsadli jamg‘armalari ijrosi, vazirlik, idoralar byudjeti, hududlar kesimidagi byudjetlar, davlat organlarining barcha tanlov va tenderlari haqidagi ma’lumotlar Portalda e’lon qilinadi.

INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Zamonaviy texnologiyalar fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida yaratilgan va bundan barchamiz unumli foydalanishimiz kerak. Bularni ishlarini Telegram’dagi bot orqali ham amalga oshirish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш