Hali taqdim etilmagan Galaxy A6+’ni ilk videoda ko‘ring!

Oxirgi xabarlarga ko‘ra, Galaxy A6 hamda A6+ modellari ayrim mamlakatlar bozorlariga tegishlicha Galaxy J8 va J8+ nomlari bilan taqdim etilishi ham mumkin.

Xushxabar: Meizu’ning nafaqat rasmiy do‘koni, balki servis markazi ham ochilyapti!

Endi xaridorlar uchun original, ishonchli Meizu smartfonlarini bevosita ishlab chiqaruvchining rasmiy do‘konidan xarid qilish, ular uchun rasmiy kafolat xizmatiga ega bo‘lish imkoni tug‘iladi.

TOP-10: AnTuTu talqinida martdagi eng zo‘r Android-smartfonlar

O‘tgan galgi reyting yetakchilari bu oyda yetakchi smartfonsozning flagmanlariga joylarini bo‘shatib berishga majbur bo‘lishdi.

Poytaxtimizda iPhone narxlari (2018 yil 18 aprel)

Apple smartfonlari Android-devayslardan ko‘p farq qiladi – operatsion tizimi, ishlash tamoyili va... narxi borasida ham. Keling, iPhone X va boshqa ayfonlarning Toshkentdagi narxlariga nazar solamiz...

HP, Dell, Acer, Lenovo va boshqa noutbuklar narxlari (2018 yil 18 aprel)

Mazkur noutbuklarning barchasiga bir yillik kafolat muddati beriladi. To‘lovlarni naqd pul vositasida yoki plastik kartochka orqali amalga oshirish imkoni bor.

Toshkentda Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 18 aprel)

Poytaxtimizda «Xitoycha Apple»ning bir yillik kafolatga ega smartfonlariga so‘mda belgilangan narxlar bilan tanishing!

Xiaomi atigi 190 dollarlik televizor taqdim etdi

Xiaomi Mi TV 4S displeyining tasvir aniqligi 1366x768 pikselga teng, ekranning yangilanish chastotasi esa soniyasiga 60 kadrni tashkil etadi. Ish rejimida u atigi 50 Vt/soat elektr energiyasini sarflaydi.

Samsung’ning skanerli displey va 3D-kameraga ega smartfoni haqida xabar qilindi

Bu modellarga Isroilning Mantis Vision startapi bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan 3D-kameralar o‘rnatiladi. Ular yuzni tanish tizimining, yana animatsiyali emodzilarning ishlashini yaxshilash uchun qo‘llanadi.

Aktrisa va xonandalarimiz Instagram’da qanchalik faol?

Bugun biz o‘zbek shou-biznesidagi ayrim xonimlarning Instagram tarmog‘idagi sahifalari bo‘yicha qisqacha kuzatuvlarimizni sizlar bilan bo‘lishishga qaror qildik.

Roskomnadzor blokladi, Telegram esa yangilandi va hamon ishlayapti!

Telegram nafaqat ishlamoqda, balki hatto uning Android-ilovasi 4.8.6 talqinigacha yangilandi ham. Yangi talqinda «ayrim mamlakatlarda» cheklovni aylanib o‘tish uchun bildirishnomalar kelishi yaxshilangan.

iPhone Xs va Xs Plus taqdimotiga tayyorgarlikni Samsung may oyidanoq boshlaydi

Samsung may oyida Apple uchun 2-3 millionta displey tayyorlaydi, iyunga borib esa ularni ishlab chiqarish hajmi ikki karraga oshiriladi – oyiga 4-6 million donaga yetkaziladi.

Arzon Galaxy J6 (2018) smartfoni FCC’da ham «ko‘rindi» – taqdimot sanasi yaqinmi?

Galaxy J6 (2018) yangicha urfga oid – tomonlari o‘zaro 18,5:9 nisbatdagi, 5,6 dyuymlik displey bilan jihozlanadi. Ehtimol, bunda kompaniya flagmanlari singari «nihoyasiz ekran» nazarda tutilgandir.

Ulefone Armor Mini – quvvati 21 kunga yetuvchi, «o‘ldirib bo‘lmas» arzon telefon

Ulefone Armor Mini – uzoq yo‘lda yuruvchilarga, suvli-changli va qorong‘i sharoitlarda, yoki uydan uzoqroqda ishlaydiganlarga mos, suv va changdan himoyalangan, poverbank vazifasini ham bajaruvchi telefon!

OPPO tayyorlagan – displeydagi daktiloskopik datchik dunyoda tengsiz!

Oppo tayyorlagan modulning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, nafaqat o‘chiq ekranda, balki ekran ishlab turgan payti ham daktiloskopik skaner ishlaydi, barmoq teginishlarini sezaveradi.

Telegram’ga qarshi behuda jang: Roskomnadzor adashib, Amazon IP-manzillariga kirishni yopib qo‘ydi

Roskomnadzor Telegram’ni to‘xtatish uchun IP-manzillarni bloklay boshlagani kutilmagan holatlarga olib kelgan. Jumladan, Amazon bilan bog‘langan 655 532 ta IP-manzil bloklangan. Messenjer esa ishlamoqda!

Narkotik sotuvchisi WhatsApp orqali antiqa tarzda qo‘lga tushdi

Sotuvchi shu darajada ehtiyotkorlik bilan harakat qilar ediki, hatto mijozlar ham uning asl shaxsi haqida biror ma’lumotga ega emas edi.

Telegram'ning O‘zbekistonda ma’lum vaqt ishlamay qolishi Rossiyadagi voqealar bilan bog‘liqmi?

Xo‘sh, bizda ushbu messenjer bilan yuz bergan bugungi muammo tarmoqning Rossiyada bloklanishi bilan qanchalik bog‘liq?

Toshkent shahridagi Inha universitetida «Amaliyot va karera yarmarkasi» bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 14 aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)da «Amaliyot va karera yarmarkasi» (Internship & Career Fair IUT 2018) bo‘lib o‘tdi.

EKSKLYuZIV VIDEO: Deputat iPad’ni namoyishkorona tepkiladi va boshqalarni ham shunday qilishga undadi!

Deputat bu jarayonni videoga tushirib, «Sen-chi, o‘z Ayfoningni tepkiladingmi? Yoki Aypadingni?» yozuvi bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z akkauntiga joylagan.

Ayni Telegram bloklanayotganida, Opera VPN – cheklovni «aylanib o‘tish» servisi ham to‘xtatilyapti

Eng qizig‘i – ayni hozirda, Telegram messenjeri Rossiyada bloklanayotgan pallada VPN servislari juda ommalashmoqda. Shunaqa talab kuchaygan payti Opera VPN to‘xtatilayotgani baribir g‘alati.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш