Xiaomi smartfoni cho‘ntakdayoq o‘z-o‘zidan yonib ketdi

U uyidan chiqishga tayyorlanayotganida, jinsi shimining cho‘ntagida xuddi kalit shodasi soniga tiralgandek bo‘lgan. Cho‘ntagida kalit yo‘qligini eslagunicha o‘sha joyi birdaniga kuchli qizib ketganini payqagan.

5 million dollarlik Xiaomi smartfonlari bojxonada ushlandi – ular «Inoi niqobida» ekan!

Bojxonachilarga ko‘ra, bu tashkilot xorijiy mahsulotlarga solinadigan bojdan tejash uchun 2018 yildan buyon bir necha bor xorijiy qurilmalarni mahalliy brendlar niqobi ostida olib kirishi hollari uchragan.

Xiaomi ham umuman tugmachasiz, tag‘in ekranining to‘rt qirrasiyam qayrilma smartfon tayyorlayapti! (+suratlar)

«Sovun-smartfon»da old kamera ko‘rinmayotganiga qaraganda, yo uni «tirqish»siz ekran ostiga joylashadi, yoki korpusining o‘zi Mi Mix 3 kabi slayder tarzida bo‘ladi.

Eng zararli smartfonlar o‘ntaligi (2019 yil fevral): birinchi o‘rinda – Xiaomi’ning ommabop modeli!

Statista tahlil kompaniyasi maxsus tadqiqot o‘tkazib, eng ko‘p nurlanish tarqatuvchi smartfonlar o‘ntaligini e’lon qildi. Unda smartfonlarning SAR ko‘rsatkichlari aks ettirilgan.

Mi 9 dizayni Xiaomi’ning ikki yil avvalgi flagmaniga o‘xshashi mumkin

O‘sha flagman shisha va metalldan ishlangan korpusga ega, yana «ko‘zgusimon» – Silver Edition versiyasi ham mavjud. Aftidan, Mi 9 modelida ham shunga o‘xshashroq dizaynni ko‘ramiz.

MIUI 11 tizimli Mi Max 4 fableti atigi 250 dollardan sotuvga chiqadi!

Xiaomi Mi Max 4 qo‘shaloq bosh kamerasining bitta datchigi 48 MPlik, smartfonga Snapdragon 720 protsessori va 5800 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatiladi.

Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

AnTuTu benchmarkida Snapdragon 660 chipli Redmi Note 7 modeli 143 ming ball olgan bo‘lsa, Exynos 7904 protsessorli Galaxy M20 ko‘rsatkichi atigi 123 ming ochkodan oshgan, xolos.

Xiaomi’ga qarshi kurash: Samsung endi 118 dollardan boshlanuvchi Galaxy A smartfonlarini chiqaryapti!

Exynos 7885 chipi, kamida 4000 mA/soatlik batareya va Android 9 Pie tizimli Galaxy A10, A20 hamda A30 modellari Xiaomi va boshqa xitoyliklarning hamyonbop smartfonlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqib bo‘ladi.

Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 reklamasida Galaxy M10 va M20’ni masxara qildi

To‘nkarilgan rasmda biz, Xiaomi fikricha, Galaxy M hamda Redmi Note 7 ekranlaridagi farqni ko‘ramiz – unda Samsung smartfonining ekrani tasvirni xiraroq aks ettirgan.

BUNAQASI BO‘LMAGAN: Xiaomi ekrani bir necha «tirqish»li smartfonlar tayyorlayapti! (+foto)

LetGoDigital nashri Xiaomi’ning bir nechta patent suratlarini e’lon qildi. Ularda ekranida bir nechta «tirqish»lar bo‘lgan turli smartfonlarning naq 24 ta surati aks etgan!

Xiaomi Mi 9 prototipi «jonli» suratda!

Biroq bu qurilma birmuncha farqli – uch modulli kamera tuzilishi sal boshqacharoq, fotochaqnoq ham ko‘rinmaydi. Eng asosiysi – orqa panelda barmoq izi skaneri bor!

Xiaomi’ning Snapdragon 855 chipli yana bir 5G-smartfoni – Black Shark Skywalker benchmarkda «qo‘lga tushdi»!

Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan Black Shark Skywalker modeli 8 GB tezkor xotiraga ega. Ammo Xiaomi uning 10 va hatto 12 GBlik «operativka»ga ega variantlarini ham taqdim etishi kutilmoqda.

Nihoyat, Xiaomi Mi 9 flagmanining birinchi «jonli» surati e’lon qilindi!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan «jonli» rasmda hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 9 flagmanini ushlab olgan kishi unda berilib video ko‘ryapti yoki o‘yin o‘ynayapti.

Mi 8 flagmaniga «sig‘may qolgan» muhim bir jihat Mi 9’da bo‘ladi!

Xiaomi yangi flagmanining dasturchilar jamoasi rahbari Van Ten Tomas kuni kecha Weibo ijtimoiy tarmog‘ida kompaniya fanatlari bilan yozishayotib, qiziq ma’lumotni aytib qo‘ygan.

«Kichkina King-Kong» laqabli Redmi Note 7 bugun yangi rekord o‘rnatdi

Redmi Note 7 modelining navbatdagi partiyasini 12 fevralda sotuvga qo‘yishadi. Ungacha mazkur smartfonning Hindistonda ham rasman taqdim etilishi hamda global versiyada chiqish vaqti aytilishi kutilmoqda.

Xiaomi allaqachon Nokia 9 PureView kabi pentakamerali smartfon tayyorlabdi – unda olingan suratni ko‘ring!

Kompaniyaning top-menejerlaridan biri – Van Ten Tomas ushbu smartfon kamerasida olingan rasmni Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan, lekin tezda xatosini anglab, o‘chirib tashlagan.

Yashiradigan joyi qolmadi: Xiaomi Mi 9’ning barcha xususiyatlari bilan to‘liq tanishamiz!

Smartfon bosh kamerasi 48 va 12 MPlik datchiklardan tashqari, uch o‘lchamli skanerlovchi 3D ToF modulini ham o‘z ichiga oladi. Old kamera displey «kemtigi»da joylashgan 24 megapiksellik sensordan iborat.

Eng arzon Xiaomi smartfoni – Redmi Go suratlari va narxi e’lon qilindi

Android Go tizimli ilk Xiaomi smartfonining rasmiy taqdimoti, Xitoyda sotila boshlashi va Yevropa bozoriga yetib borishi oralig‘i uncha uzoq bo‘lmaydi.

Xiaomi ekrani daktiloskopli Redmi X flagmanining taqdimot kunini rasman e’lon qildi!

Xiaomi rahbari Redmi turkumida ham Snapdragon 855 chipli flagman taqdim etishini aytgan. Bu ham ayni mana shu model bo‘lib, u 4000 mA/soatlik akkumulyator va uch modulli kamera bilan jihozlanishi mumkin.

Xiaomi Mi 9’ning ilk rasmiy tizeri e’lon qilindi – u fevraldayoq taqdim etilishi mumkin!

Tizerga ko‘ra, Mi 9 ekraniga barmoq izi skaneri integratsiya qilingan. Balki Xiaomi prezidenti Lin Bin «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatgan – displeyining hamma joyi daktiloskopikdan iborat model shu bo‘lar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш